FreshForex haqida sharh 2024
Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
- $1
- MT4
- MT5
- 2010
Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
- $1
- MT4
- MT5
- 2010
Bizning FreshForexga bergan bahomiz
Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
FreshForex TU umumiy bahosi 10 dan 9.57 ball boʻlgan moliyaviy bozordagi eng yaxshi brokerlardan biri. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan treyding imkoniyatlari va FreshForex mijozlari veb-saytimizda qoldirgan sharhlarni oʻrganib chiqqan mutaxassisimiz Anton Xaritonov ushbu kompaniyani tavsiya qilishi mumkin, deb hisoblaydi, chunki sharhlarning aksariyati broker mijozlari kompaniyadan toʻlaqonli qoniqishini isbotlaydi. FreshForex 100 dan ortiq mezonlar boʻyicha baholash va qanday hisob ochish boʻyicha sinovga asoslangan TU reytingiga kiritilgan 20 kompaniya orasida 10-oʻrinni egallaydi.
FreshForex – bu savdo vositalarining standart toʻplamini taqdim etadigan ishonchli Foreks brokeri. Kompaniya andigina ish boshlaganlardan tortib professionallargacha barcha darajadagi treyderlar uchun yaxshi variant hisoblanadi. Roʻyxatdan oʻtgan treyderlarning hajmi va soni boʻyicha u oʻrta dajaraga mos keladi va u tadqiqotimiz va tahlillarimiz koʻra ishonchli sanaladi.
FreshForex haqida qisqacha sharh
FreshForex 2004-yildan beri faoliyat yuritadi. Broker Kingstaun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari hududida roʻyxatdan oʻtgan. FreshForex 20 dan ortiq xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritgan va bu yutuqlar 2016-yilda FXDailyInfo boʻyicha eng yaxshi savdo shartlari va 2017-yilda eng yaxshi bonus dasturini oʻz ichiga oladi.
- maqbul treyding shartlari;
- Yevropa litsenziyasiga ega likvidlik provayderlari bilan ishlaydi;
- Savdo uchun 130 ta vosita: Foresk vositalari, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va indekslari boʻyicha CFDlar, shuningdek korporativ aksiyalar;
- 0 punktdan boshlanuvchi spredlar;
- hisobni toʻldirish va pul mablagʻlarini yechib olishning tezkor usuli;
- bonuslar va takliflar;
- kompyuter, noutbuk, planshet yoki smartfonda foydalanish oson mumkin boʻlgan dasturiy taʼminot.
- mijozlarga yordam xizmati 24 soat ishlaydi, lekin dam olish kunlari xizmat koʻrsatmaydi;
- savdo qilish uchun kripto valyuta yoʻq;
- investitsiya dasturi yoʻq;
- Traders Union orqali hamkorlik guruhiga kirish imkoni yoʻq.
TU mutaxassis maslahati
Traders Unionda moliyaviy ekspert va tahlilchi
Ushbu kompaniya Traders Unionning tasdiqlangan hamkori boʻlib, broker treyderlarimiz oldidagi majburiyatlarini qatʼiy bajaradi va yillar davomida izchil faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Kompaniyaga hech qanday yashirin toʻlovlar yoʻq, foydali takliflar, turli bonus dasturlari taqdim etiladi. Biroq, ayrim hollarda savdo platformasi va shaxsiy hisobda nosozliklar yuzaga keladi, ammo bu muhim omil emas.
Mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati yuqori standartlarga ega, bozor tahlili boʻyicha yaxshi materiallar va savdo maʼlumotlari va treninglar taqdim etilgan, qulay savdo sharoitlari – bularning barchasi FreshForex brokerini tavsiflashi mumkin. Bu yangi ish boshlagan bozorni oʻzganishi va karyera qurishi uchun, tajribali treyderlar esa karyera zinapoyasidan ishonchli tarzda yuqoriga koʻtarilishi uchun foydali hisoblanadi. Biroq, FreshForex yirik investorlar orasida mashhur emas, uni boshlangʻich treyderlar koʻproq afzal koʻradi.
Ular yuzdan ortiq vositalarni taklif qiladi. Biroq, FreshForex kriptovalyuta muxlislariga mos kelmaydi, chunki u ushbu savdo vositalarini taqdim etmaydi. Siz FreshForexda o‘z kuchli tomonlaringizni minimal zatar bilan nafaqat demo hisobda, balki real bozorda ham 1 AQSH dollaridan boshlanuvchi depozit bilan sinab ko‘rishingiz mumkin. Brokerda minimal miqdor cheklovlari yoʻq, shuningdek, siz strategiyaning samaradorligini oldindan sinab koʻrishingiz va demo yoki sent hisobdan holda dasturiy taʼminotni oʻrganishingiz mumkin.
FreshForex rasmiy veb-saytida juda koʻp oʻquv materiallari oʻziga oʻzi yordam berish boʻyicha koʻrsatmalardan video darslargacha mavjud. Ushbu Foreks brokeri saytning tegishli boʻlimida samarali bozor tahlili vositalari toʻplamini joylashtirish orqali treyderlarni analitik maʼlumotlar bilan taʼminlaydi.
FreshForex kotirovkalarni tez yangilaydi, faqat Yevropa standartidagi litsenziyaga ega boʻlgan likvidlik provayderlari bilan ishlaydi – bu brokerning yana bir ijobiy xususiyatidir.
FreshForex haqida xulosa
Your capital is at risk. Kapitalingiz xavf ostida. CFDlar murakkab vositalar boʻlib, kredit yelkasi tufayli pulni tezda yoʻqotish xavfi yuqori. Chakana investor hisoblarining aksariyati CFD treydingida pul yoʻqotadi. Siz CFD qanday ishlashini tushunishingiz va pul boy berish xavfini oʻz zimmangizga olish imkoniyatingizni hisobga olishingiz kerak.
💻 Treyding platformasi: | МТ4, МТ5 |
---|---|
📊 Hisoblar: | Demo, Sent, Klassic, Pro, ECN |
💰 Hisob valyutasi: | AQSH dollari (USD), yevro (EUR) |
💵 Hisobni toʻldirish/yechib olish: | Bank kartalari, elektron toʻlov tizimi, Internet-banking, mobil SMS toʻlovlari |
🚀 Minimal depozit: | 0 AQSH dollari |
⚖️ Kredit yelkasi: | 1:2000 gacha |
💼 PAMM-hisoblar: | Yoʻq |
📈️ Minimal buyurtmar: | 0,01 |
💱 Spred: | Oʻzgarmas (2 punktdan), oʻzgaruvchan (0,9 punkt), maksuma darajada past (from 0 pip) |
🔧 Vositalar: | Foreks valyutasi, qimmatbaho metallar, aksiyalar, energiya mahsulotlari boʻyicha CFD |
💹 Margin-koll/Stop-aut: | 100% / 20%; 100% / 40%; 100% / 60% |
🏛 Likvidlik provayderi: | MarketPlace |
📱 Mobil treyding: | Ha |
➕ Hamkorlik dasturi: | Ha |
📋 Buyurtmalar ijrosi: | Bozor ijrosi (NDD), bozor ijrosi — kotirovkalar yoʻq |
⭐ Treyding funksiyalari: | Maslahatchilar bilan avtomatlashtirilgan savdo; Bepul tahliliy sharhlar; Hech qanday komissiya olinmaydi; Telegram orqali savdo qilish. |
🎁 Musobaqalar va bonuslar: | Hisobni har toʻldirganda 200%. Stop-autdan sugʻurta, keshbekk – 101% chegirma ostida |
FreshForex brokeridagi savdo shartlari ham yangi, ham tajribali treyderlar uchun juda qulay. Treyder hisob turidan qatʼi nazar, minimal depozit miqdorini mustaqil ravishda belgilashi mumkin. Kredit yelkasi 1:25 – 1: 2000 nisbatda.
FreshForexning asosiy parametrlarini baholash
Tajribangizni ulashing
- Eng yaxshisi
- Oxirgisi
- Eng eskisi
Savdo hisobi ochish
FreshForex bilan ishlashni boshlash uchun quyidagilar zarur:
Traders Union saytida roʻyxatdan oʻting va hamkorlik havolasidan foydalanib broker saytiga oʻting. Asosiy sahifadagi Hisobni ochish tugmasini bosing.
Broker veb-saytida quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻting: login sifatida foydalaniladigan telefon raqami, familiyasi va ismi, elektron pochta manzili. Tasdiqlash raqami koʻrsatilgan telefon raqamiga yoki elektron pochtaga yuboriladi (treyderning ixtiyoriga koʻra), ushbu tasdiqlash raqami kiritilgandan soʻng roʻyxatdan oʻtish tugallanadi.
FreshForex shaxsiy hisobida quyidagi funksiyalar mavjud:
Muhim eslatma: Hisobni toʻldirishdan oldin tasdiqlashdan oʻtish zarur.
Bundan tashqari, bu yerda boshqa koʻplab foydali funksiyalar va imkoniyatlar mavjud:
-
tahlillar, har 1-3 daqiqada yangilanadi. Boʻlimda arxivdagi yangiliklarni topishga yordam beruvchi taqvim mavjud;
-
infografikaga ega hamkorlik dasturlari uchun samaradorlik va daromadlilik statistikasi;
-
mijozlarga yordam xizmati.
FreshForex shaxsiy hisobi interfeysi foydalanuvchilarga qulayroq boʻlishi uchun takomillashtirishni talab qiladi. Shaxsiy hisobdagi maʼlumotlar strukturaga solinmagan, bu baʼzi treyderlarning umidsizligiga sabab boʻldi.
Nizom
FreshForex faoliyati ikkita regulyator – Tovar fyucherslari savdo komissiyasi (CFTC) va oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilot Milliy fyuchers assotsiatsiyasi (NFA) tomonidan tartibga solinadi.
Birja dilerlari CFTC litsenziyasiga ega va NFA oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotda roʻyxatdan oʻtgan.
Afzalliklar
- Birjadan tashqari bozor shaffofligi
- Ishtirokchilar oʻrtasidagi munosabatlarni kuzatish va tartibga solish
- Firibgarlik xavfini kamaytirish: vijdonsiz brokerlik kompaniyalarining “qora roʻyxati” mavjud
Kamchiliklar
- Maʼnaviy zararni qoplash boʻyicha daʼvolar koʻrib chiqilmaydi.
- Kichik investitsiya summalari bilan ishlovchi mijozlarning daʼvolari hisobga olinmaydi
- Regulyatorlar xalqaro tan olinmagan
Komissiya va toʻlovlar
Hisob turi | Spred (minimal qiymat) | Yechib olish komissiyasi |
---|---|---|
ECN | $0 dan | Ha |
Klassik | $20 dan | Ha |
Pro | $9 dan | Ha |
Kompaniya Svopsiz turdagi hisob ochishga ham imkon beradi. Bunday hisoblarda svoplar hisoblanmaydi: pozitsiya oʻtkazilganda, treyder faqat valyutalar boʻyicha foiz stavkalariga bogʻliq boʻlmagan komissiyani toʻlaydi. Bu “islomiy savdo” uchun ham, uzoq muddatli savdo uchun ham qulay hisoblanadi. Sizga batafsil maʼlumot berish uchun biz FreshForex brokeridagi savdo komissiyalarini raqobatchilarning oʻxshash komissiyalari bilan taqqosladik. Taqqoslash asosida ushbu mezon boʻyicha har bir brokerga pastdan yuqorigacha daraja belgilandi.
Broker | Oʻrtacha komissiya | Daraja |
---|---|---|
|
$15 | |
|
$1 | |
|
$2.5 |
Hisoblar
Qulay ishlash uchun treyderga bir necha turdagi savdo hisoblari taqdim etiladi:
Treyderlar tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tranzaksiyalar foizini oshirish uchun FreshForex rasmiy veb-saytidagi Tahlillar boʻlimida eng soʻnggi tahliliy maʼlumotlarni taqdim etadi. Unda bozor holatini tushunishga yordam beradigan koʻplab vositalar mavjud.
FreshForex boʻyicha qaror qabul qilishni osonlashtirish uchun biz sizga nafaqat ushbu brokerning savdo shartlarini, balki quyidagi sahifada berilgan mijozlar sharhlarini ham oʻrganishni tavsiya qilamiz.
Depozit kiritish va yechib olish
Pul mablagʻlarini yechib olish toʻgʻrisidagi soʻrov kompaniyaning ish vaqtida (dam olish va bayram kunlaridan tashqari 06:00 dan 15:00 gacha) kelib tushgan paytdan eʼtiboran 10 daqiqa ichida koʻrib chiqiladi.
Soʻrovni tasdiqlaganingizdan soʻng, mablagʻlar tanlangan toʻlov tizimining qoidalari boʻyicha koʻrsatilgan rekvizitlarga oʻtkaziladi.
Yechib olish uchun buyurtma qilingan mablagʻlar soʻrov berilgangan soʻng darhol balansdan chiqariladi.
Pul mablagʻlarini yechib olish soʻrovi hisobingiz orqali bekor qilinishi mumkin, lekin buning uchun u hali koʻrib chiqilmagan boʻlishi kerak.
ePayService, shuningdek, Bitcoinda mablagʻlarni cheklovsiz olishingiz mumkin. Boshqa toʻlov tizimlari, jumladan, hamyonlar va bank kartalari, yechib olish summasi va kuniga yechib olish soni boʻyicha cheklovga ega.
Investitsiya imkoniyatlari
Investitsion dasturlarning yoʻqligi FreshForex kompaniyasining zaif tomoni hisoblanadi. Fresh Forex 2016-yilgacha passiv investitsiya imkoniyatini taqdim etgan, ammo keyinchalik uni yopib yuborgan. Ayni paytda ushbu broker bilan passiv savdo faqat avtomatik maslahatchilar yordamida amalga oshiriladi.
Flagman Invest FreshForex brokerining hozirda yopilgan investitsiya platformasidir
Flagman Invest platformasining yopilishining asosiy sababi kompaniya tomonidan PAMM xizmatlarining ishlashini chuqur tahlil qilish bo‘lib, bu ko‘p hollarda investorlar zarar ko‘rishini ko‘rsatdi.
Investitsiya platformasidan voz kechish FreshForex kompaniyasiga mijozlar xatarlarini sezilarli darajada kamaytirish va narx belgilash jarayonini iloji boricha shaffof qilish imkonini berdi. Shuningdek, savdo operatsiyalarining xavfsizlik darajasi sezilarli darajada oshdi.
Platformaning ishlashi davomida yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda va kompaniya u yopilgandan keyin erishgan natijalarni hisobga olgan holda, ushbu qaror treyderlar uchun ijobiy qadam boʻlib, kompaniya masʼuliyatning yuqori darajasini koʻrsatadi.
Agar siz yirik investor boʻlsangiz va $10 000 dan ortiq investitsiya kiritishni rejalashtirgan boʻlsangiz, vip-invest@tradersunion.com manzili yoki veb-saytimizdagi fikr-mulohaza shakli orqali bizga murojaat qiling. Professional jamoamiz sizni kelishuvcning barcha nozik tomonlari haqida maʼlumot beradi va roʻyxatdan oʻtishdan tortib to foydani yechib olishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda yordam koʻrsatadi.
FreshForex hamkorlik dasturi
FreshForex bilan pul ishlash uchun treyder boʻlishingiz shart emas. Kompaniya har bir internet foydalanuvchisi uchun passiv daromad olishga yordam beradigan qulay hamkorlik shartlarini taklif etadi. FreshForex bir nechta hamkorlik dasturlarini taklif qiladi:
mijozlarni jalb qilish uchun mukofot sifatida siz brokerga toʻlangan spredning bir qismini, baʼzan esa butun spredni olishingiz mumkin;
Veb-hamkorlik - bloglar, saytlar egalari va turli forumlarning faol ishtirokchilari uchun xatarsiz foydali variant. Sizga kerak boʻlgan narsa – kompaniyani kerakli vaqtda tavsiya qilish, banner joylashtirish yoki potensial mijozga havola berish;
CPS – foydali hamkorlik dasturi taklifi. Tasdiqlashdan oʻtadigan va 50 ta tranzaktsiyani amalga oshiradigan har bir jalb qilingan mijoz uchun hamkor 50 AQSH dollari oladi;
CPM – FreshForex katta resurslarga ega har 1000 ta foydalanuvchi uchun toʻlaydi. Sayt egasi 10 AQSH dollarigacha pul olish uchun brokerning reklama materialini o‘z veb-sayti yoki YouTube kanaliga joylashtirishi kifoya;
bozorda shaxsiy brendni yoʻlga qoʻymoqchi boʻlganlar uchun “White Label” ajoyib imkoniyat boʻladi. Ushbu dastur doirasida FreshForex onlayn savdo xizmatlarini hamda dasturiy taʼminotni taqdim etadi. Shu sababli, savdo narxi sezilarli darajada kamayadi. Bundan tashqari, individual bonuslar taqdim etiladi.
Yordam xizmati
Brokerning mijozlarga xizmat koʻrsatish xizmati haftasiga 5 kun tunu-kun treyderlarga maslahat va yordam berishga tayyor.
Afzalliklar
- Onlayn chat va telefon orqali yordam mavjud
- Koʻp tilli yordam
Kamchiliklar
- Hafta oxirida ishlamaydi
- Chatda operatorni kutib turishingiz kerak
Mijozlarga yordam xizmatiga bir nechta usul orqali murojaat qilishingiz mumkin:
saytda koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali;
broker saytidagi onlayn chat orqali;
murojaat shakli yordamida.
Kontaktlar
Tashkil etilgan sana | 2010 |
---|---|
Roʻyxatdan oʻtgan manzili | St. Vincent and the Grenadines, Kingstown, Beachmont, P.O. Box 1510, Suite 305, Griffith Corporate Centre |
Rasmiy sayt | freshforex.com |
Kontaktlar |
+442070992124
|
Taʼlim
Rasmiy veb-saytda treyderlar oʻzlarining bilim darajasini oshirish uchun foydali materiallarni, shuningdek, koʻplab vositalarga ega Tahlillar boʻlimini topishlari mumkin boʻlgan alohida Trening boʻlimi yaratilgan.
FreshForex brokerini boshqa brokerlar bilan taqqoslash
FreshForex | RoboForex | AMarkets | Exness | Gerchik&Co | |
Treyding platformasi | MT4, MobileTrading | MT4, MT5, R MobileTrader, R StocksTrader, R WebTrader | MT4, MT5, AMarkets App | Exness Trade App (mobile), Exness Terminal (web), MetaTrader5, MetaTrader4 | MetaTrader4, MetaTrader5 |
Minimal depozit | Yoʻq | $10 | $100 | $10 | $100 |
Kredit yelkasi |
1:1 dan 1:2000 gacha |
1:1 dan 1:2000 gacha |
1:1 dan 1:3000 gacha |
1:1 dan 1:2000 gacha |
1:1 dan 1:100 gacha |
Ishonchli boshqaruv | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Ha |
Balansda % toʻplanishi | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
Spred | dan 0 balldan | dan 0 balldan | dan 0 balldan | dan 1 balldan | dan 0 balldan |
Margin-koll/Stop-aut darajasi | 40% / 20% | 60% / 40% | 50% / 20% | Yoʻq / 60% | 100% / 50% |
Buyurtmalar ijrosi | Market Execution, Instant Execution | Market Execution, Instant Execution | Market Execution, Instant Execution | Market Execution, Instant Execution | Market Execution |
Depozitsiz bonus | $30 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
Sent hisoblari | Ha | Ha | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
FreshForex haqida batafsil sharh
FreshForex MDH hududidagi eng mashhur Foreks brokerlaridan biri hisoblanadi. FreshForex 2004-yildan beri treyderlarga xizmat koʻrsatadi. Bu vaqt mobaynida kompaniya oʻzining xavfsiz valyutasi va qimmatli qogʻozlari va oʻn yildan ortiq faoliyat yuritishi tufayli Foreks bozoridagi treyderlar orasida ajoyib obroʻga ega boʻldi. Savdo shartlarining shaffofligi, bepul demo hisob va minimal depozit boʻyicha cheklovlar yoʻqligi tufayli (siz istalgan hisobda hatto 1 AQSH dollari bilan ham savdoni boshlashingiz mumkin), yagni ish boshlagan treyderlar FreshForexda past xavf bilan savdo qilish va oʻz karyerasini tezlashtirishi mumkin. Ajoyib sharoitlarga ega FreshForex haqidagi koʻpchilik sharhlar ijobiy va kompaniya koʻplab nufuzli mukofotlarga sazovor boʻlgan.
FreshForex yangi ish boshlagan treyderlar uchun mos keladi
FreshForex professional yirik investorlarga qaraganda yangi ish boshlagan treyderlarga katta eʼtibor qaratadi. Ushbu kompaniya boʻyicha mijozlar sharhlari shuni koʻrsatadiki, ular yaxshi savdo shartlari, nafaqat bepul demo hisobini ochish, balki sent savdo hisobini ochish orqali real bozorda minimal xatar bilan savdo qilish imkoniyati tufayli ushbu brokerni tanlashadi. Shuningdek, yangi ish boshlaganlar FreshForex veb-saytida treyderlarning oʻrganishi va tayyorlanishiga moʻljallangan katta oʻquv boʻlimi borligini taʼkidlaydi.
Kompaniya, shuningdek, bonus dasturlari va bepul tahlillarni taqdim etadi. Orderlarning tez bajarilishi ushbu brokerning asosiy afzalliklaridan biridir.
FreshForex savdo terminallari va xizmatlari:
MetaTrader 4/5 – foydalanish qulayligi va funksionalligi uchun qadrlanadigan eng mashhur savdo terminallaridan biri. Bu sizga moliyaviy bozorlarda, shuningdek, CFD va fyucherslar bilan ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, platforma avtomatlashtirilgan savdo uchun dasturlardan foydalanish va hatto uni oʻzingiz yaratish imkonini beradi. Platforma barcha keng tarqalgan operatsion tizimlarda: Android, iOS, MacOs, Windows, and Linuxda ishlaydi;
Veb-terminal – broker MetaTrader 4 savdo terminalining veb-versiyasidan foydalanishni taklif qiladi, u katta funksiyalar toʻplami bilan jihozlangan va yuqori darajadagi xavfsizlikka ega. Platformaning afzalliklari – uni shaxsiy kompyuter yoki smartfon/planshetga oʻrnatish zarurati yoʻqligi, istalgan turdagi hisobdan savdo qilish imkoniyati, shuningdek, koʻplab savdo vositalarining mavjudligi;
FreshForex brokeridan VPS-server – uzluksiz ishlash uchun. Ajratilgan virtual serverni ijaraga olish orqali avtomatlashtirilgan savdo tizimlari bilan yanada samarali ishlashingiz mumkin. U kechayu kunduz yuqori tezlikdagi internet ulanishini taʼminlaydi va istalgan qurilmadan terminalning barcha funksiyalariga kirish imkonini beradi. Treyderlar ushbu xizmat oʻzlari uchun kerak yoki kerakmasligi aniqlashi uchun broker uni bir kunga bepul ijaraga olish imkonini beradi;
FreshForex Easy boti – oson Foreks savdosi uchun. Bu grafiklarni tahlil qilish uchun vaqtni behuda sarf qilmaslikka imkon beradigan virtual yordamchi: u faqat tegishli maʼlumotlarni toʻplaydi va koʻrsatadi. Biroq, siz avtomatlashtirilgan dasturlarga toʻliq ishonmasligingiz va ularning tavsiyalariga toʻliq tayanmasligingiz kerak, chunki bot tomonidan toʻplangan va taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri boʻlib chiqishi mumkin.
Afzalliklari:
hisobni toʻldirishda komissiya olinmaydi;
Telegram orqali savdo qilish imkoniyati mavjud;
0 punktdan boshlanuvchi oʻzgarmas va oʻzgaruvchi spredlar;
platformaning funksionalligini tekshirish uchun virtual savdoga cheksiz va bepul kirish;
130 dan ortiq treyding vositalari;
mavjud treyderlar va yangi ish boshlaganlar uchun noyob bonus dasturlari;
bepul tahliliy sharhlar;
likvidlik provayderlari haqida ochiq maʼlumot;
1 milliarddan ortiq tugallangan tranzaksiyalar;
MDH bozorida 12 yildan ortiq tajriba;
istalgan turdagi hisobni ochishda minimal depozit boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq: broker faqat toʻldirilishi kerak boʻlgan miqdor boʻyicha tavsiyalar beradi.
FreshForex, shuningdek, baʼzi boshqa brokerlar, daromadni yechib olish soʻrovi tezkor qayta ishlashni taʼminlaydi. Bu 10 daqiqa vaqt oladi. Baʼzida texnik nosozlik tufayli kechikishlar yuz berishi mumkin.
Kompaniya mijoziga aylangan treyderlarga savdo uchun vositalarning keng tanlovi taqdim etiladi:
-
valyuta juftliklari;
-
qimmatbaho metallar uchun fyuchers shartnomalari;
-
fond indekslari;
-
qimmatli qogʻozlar boʻyicha CFD;
-
neft va tabiiy gaz uchun fyucherslar.
FreshForex kriptovalyutalar bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etmaydi. Hozircha kompaniya ushbu vositalarni savdo uchun tatbiq etmadi, shuning uchun raqobatchilarga yutqazmoqda.
Foydalanuvchi qoniqishlari