Brokerlarni baholash uchun bizning metodologiyamiz: Traders Union

Buni ulashing:

Traders Union Foreks borkerlari faoliyatini baholashdan asosiy maqsadi a’zo treyderlarni Foreks bozorida faol harakat qilayotgan har bir broker haqida mustaqil va xolis ma’lumot bilan ta’minlashdir. Ular barcha brokerlarni haqiqiy taqqoslanishini ta’minlash uchun yagona baholash mezonlarini qoʻllaydilar. Bu esa brokerlarni qatʼiy baholash usullari orqali saralashga yordam beradi.

Traders Union Forex bozorida brokerlarni tahlil qilish boʻyicha birinchi raqamli mustaqil ekspert hisoblanadi, chunki bizda eng yaxshi ma’lumotlar jamlanmasi, ya’ni treyderlarimizning tajribasi mavjud. Bizning tahlilchi ekpsertlar jamoamizga qoʻshimcha tarzda, Traders Unionga qoʻshilgan minglab savdogarlar orqali brokerlarning ichki ma’lumotlariga yoʻl topganmiz. Treyderlarimizni tinglash va ularning tajribasiga asoslangan holda, xaridorlarning chiqib ketishi, brokerlar oʻrtasida ma’lum geografik bozorlarda ulushlarning taqsimlanishi kabi maʼlumotlar tahlilini taqdim etamiz. Boshqa hech qaysi baholash tizimini Traders Union tahlili bilan qiyoslab boʻlmaydi, shuning uchun bizning Foreks brokerlari reytingimiz bozorda eng ishonchlisi sanaladi.

Baholash metodologiyasi

Bizning brokerlarni baholashimizda qanday mezonlar qoʻllaniladi?

10 yildan ortiq vaqt davomida Traders Union muntazam ravishda baholash metodologiyasini yaxshilash ustida ishlamoqda chunki biz takomillashish talab etiladigan nuqtalarni aniqlab kelishda davom etyapmiz. Bizning baholashimiz Foreks bozorining doimiy oʻzgaruvchan koʻrinishiga, shuningdek, biz baholaydigan brokerlar soniga moslasha oladigan noyob algoritmga asoslanadi. Quyidagi tartib-qoidalar bizning baholash jarayonimizni tashkil qiladi:
  1. 1
    Har bir brokerni beshta asosiy toifa boʻyicha100 dan ortiq standart baholash mezonlari asosida tahlil qilish (quyida batafsil keltirilgan).
  2. 2
    Treyderlar tajribasidan olingan maʼlumotlarga tayangan holda 30 ta qoʻshimcha ichki parametrlarni tekshirish.
  3. 3
    Haqiqiy savdodan foydalangan holda savdo platformasida ekspertlarimiz tomonidan muntazam audit oʻtkazish.
  4. 4
    Brokerlarni sinovdan oʻtkazish – shaxsiy hisob registratsiyasidan ishlab topilngan foydani yechib olishgacha.
  5. 5
    Brokerlar haqida xaridorlarning sharhlari va tahlillarining toʻplami.

Foreks brokerlarini tekshirishning asosiy toifalari

Har bir broker quyidagi toifalarga boʻlingan majburiy auditdan oʻtkaziladi:
Toifa Mezonlar soni Toifa nimani koʻrsatadi
Moliyaviy 38 Brokerning toʻlov qobiliyati, savdoning oʻsishi yoki pasayishi, kompaniyaning iqtisodiy holati
Ishonchlilik 27 Brokerga boʻlgan ishonch darajasi, kompaniyaning obroʻsi, mijozlarning qoniqishi
Xafvsizlik 18 Broker hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlarining xafvsizlik darajasi, litsenziya va reglamentning mavjudligi
Savdo sharoitlari 15 Broker tomonidan eʼlon qilingan savdo shartlarining haqiqatga muvofiqligi
Xizmat koʻrsatish 9 Kompaniyadagi texnik va mijozlarni qoʻllab-quvvatlash sifati darajasi

Baholash uchun qoʻshimcha toifalar

Bu toifalar Foreks brokerlarining faoliyatini baholash uchun qoʻllaniladi va ularni tekshirishning soʻnggi natijalariga ta’sir qiladi:

Brokerlar bilan ishlashning qulaylik darajasi

Mezon: saytning tezligi, interfeysning qulayligi, ochiq manbalarda broker haqidagi asosiy maʼlumotlarning mavjudligi, saytda roʻyxatdan oʻtish tezligi, hisob ochish tezligi, savdo platformasini yuklab olishning ochiqligi, hisob turlarining xususiyatlarini batafsil koʻrsatish, shartnomalar spetsifikatsiyasi va boshqalar.

Foreks bozori asoslarini oʻrganish uchun imkoniyat

Mezon: maxsus ta’lim boʻlimlarining mavjudligi, veb-seminarlar, oʻquv videolari, koʻrsatmalar, hisoblar roʻyxatida demo hisoblarning mavjudligi, savdoda yangi foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash.
Ushbu mezonlarni har tomonlama tahlil qilish sizga dallollarning boshlangʻich Foreks savdogarlarini oʻqitishga, ularning professional darajasini oshirishga va dallollarning haqiqiy niyatlarini aniqlashga qiziqishini aniqlash imkonini beradi.

Minimal depozit bilan yoki investitsiyasiz savdoni boshlash imkoniyati.

Mezon: depozitsiz bonuslarning mavjudligi, hisobning birinchi bor va keyingi safarlarda toʻldirilishi, treyderlar bilan pul mukofotli musobaqa va tanlovlarini oʻtkazish, doimiy va vaqtinchalik aksiyalarni oʻtkazish, maxsus takliflar va VIP dasturlarning mavjudligi.
Ushbu mezonlar brokerning kichik va yirik investorlarga sodiqligini ko'rsatadi, shuningdek, brokerning umumiy mijozlarga eʼtiborini koʻrsatadi.

Mijozlarga maʼlumotlarni taqdim etish darajasi.

Mezon: kompaniyada tahlilchi xodimlarining mavjudligi, mualliflik tahlillarini nashr etish chastotasi, muhim iqtisodiy va brokerlik yangiliklarini nashr qilish chastotasi, alohida YouTube kanalining mavjudligi: kanaldagi nashrlarning chastotasi va bozor video sharhlarining mavjudligi, muhim bozor voqealari yoki brokerning savdo jadvalidagi o‘zgarishlar haqidagi maʼlumotni mijozlarga pochta orqali jo‘natish.
Ushbu mezonlarning umumiy bahosi hambrokerning mijozlarga eʼtiborini va raqobatchilar bilan solishtirganda xizmat koʻrsatish sifati darajasini koʻrsatadi.

Olingan natijalar qanday tahlil qilinadi

Har bir brokerning umumiy baholash natijasini olish uchun Traders Union tahliliy bo‘limidagi ekspertlarimiz noyob avtomatik skriptni (dastur) yaratdilar, unda ular barcha to‘plangan ma’lumotlarni toifalarga ajratadilar va u brokerning oʻziga xos reyting tizimimizdagi oʻrnini koʻrsatib beradigan xolis yakuniy bahoni ishlab chiqadi.
Olingan natijalar qanday tahlil qilinadi
Joriy tizimni optimallashtirish boʻyicha har qanday savol yoki takliflarni kutib qolamiz, agar shunday taklif yoki savollar boʻlsa quyidagi elektron pochta manziliga xat yuboring: support@tradersunion.com.

Savol-javoblar

Brokerlik kompaniyalari faoliyatini tekshirish va Foreks brokerlari reytingini shakllantirish ustida ishlaydigan odamlarning soni nechta?

Traders Union tahlil boshqarmasida 15 nafar xodim mavjud bo‘lib, ular har bir hisobot davri natijalariga ko‘ra korxonalarni tekshiradi va joriy hisobotni tuzadi.

Bitta broker uchun natijalarni hisoblash qancha vaqt oladi?

Bitta broker uchun barcha toifadagi mezonlarni batafsil tahlil qilish uchun uch soat vaqt talab etiladi. Biz ushbu tekshiruvni 200 dan ortiq kompaniyalarda muntazam ravishda amalga oshiramiz - bu sizning qimmatli vaqtingizni tejashimizga astoydil harakat qilayotganimizdan darak beradi.

Brokerlar Traders Union reytingini qanchalik koʻp tekshiradi va yangilaydi?

Bu jarayon muntazam ravishda har oyda bajariladi. Reyting har oyning 15-sanasidan keyin yangilanadi va Traders Union vebsayti va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Traders Unionga toʻlov qilish yoki qilmasligi brokerning oʻrniga qanday taʼsir qiladi?

Brokerning Traders Unionga qiladigan hamkor toʻlovlar miqdori baholash mezoniga hech qanday ta’sir koʻrsatmaydi, shuning uchun har bir natija xolis va mustaqil boʻlib qoladi. Biroq, odatda, bu har bir brokerning mijozlari sonida aks etadi hamda bu baholashda muhim koʻrsatkich hisoblanadi.