TU umumiy bahosi

Updated: May 17, 2023

Buni ulashing:

TU umumiy bahosi yaratish orqali biz oʻz oldimizga saytimizga tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va ishonchli brokerlarni qidirish jarayoni soddalashtirishni maqsad qilib oldik. Biz bu juda muhim vazifa ekaniga ishonamiz, chunki moliyaviy sohadagi hamma kompaniya ham ishonchli boʻlavermaydi. Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak.

TU umumiy bahosi – bu mutaxassislar jamoasi tomonidan yaratilgan noyob algoritm boʻlib, treyderlarga bir zumda istalgan brokerning toʻliq bahosi bilan tanishib chiqishga imkon beradi. Biz xususiy metodologiyamizga asoslanib, har bir kompaniyaga individual raqamli reyting belgilaymiz. Reyting 0,01 dan 10,0 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi).

Oxir-oqibat, olingan baho asosida asosiy kompaniyalar boʻyicha reytingimiz tuziladi.Unda birinchi oʻrinlarni eng yuqori ball olgan kompaniyalar egallaydi.

Tanishib chiqishingizga yordam berish uchun reytingni shartli qismlarga ajratdik.

10,0 dan 8,0 gacha ball olgan brokerlar:

Ushbu kompaniyalar sohada eng ishonchli hisoblanadi. Oddiy qilib aytganda, biz hech ikkilanmay bunday brokerda hisob ochishimiz va hisobni toʻldirishimiz mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, brokerning YUQORIdan joy olishi u har qanday muammolardan sugʻurtalanganini anglatmaydi va biz tomondan risklarga qoʻyilgan baho hech qanday holatda brokerning nomaʼlum muddatga toʻlov qobiliyatining kafolati boʻla olmaydi. Ayrim tarixiy voqealar, masalan, 2015-yil Shvetsariya Milliy bankida yevro valyutasi kursining keskin pasayishi kabi holatlarni shunchaki oldindan aytib boʻlmaydi va bunday bozor anomaliyalari brokerlar uchun jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

7,99 dan 7,0 gacha ball olgan brokerlar:

Biz bu diapazonda yetarli darajada ishonchli va ishonch bildirish mumkin boʻlgan brokerlar joylashgan deb hisoblaymiz. Bizning “yuqori ishonch darajasiga ega” reytingimizdan bir pogʻona uzoqda joylashgan “ishonchli” firmalar ham yaxshi tanlov hisoblanadi va ular eng yuqori ishonch reytingini olgan brokerlarga qaraganda kamroq tartibga soluvchi litsenziyalarga yoki boshqa korporativ tuzilishga ega boʻlishi mumkin.

6,99 dan 5,0 gacha ball olgan brokerlar:

Biz bu diapazondagi kompaniyalarni oʻrta darajadagi kompaniyalar deb tasniflaymiz. Biz ularni odatda xavfsiz deb hisoblaymiz, ammo haqiqiy hisob ochish va hisobni toʻldirishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirish orqali yondashishingizni maslahat beramiz. Hech boʻlmaganda, treyderlarga muayyan diapazondagi kompaniya mijozning yashash joyida faoliyat koʻrsatish huquqiga ega yoki ega emasligini tekshirishni tavsiya qilamiz.

4,99 dan 3,00 gacha ball olgan brokerlar:

Ushbu diapazondagi kompaniyalarda, fikrimizcha, hisob ochishdan oldin diqqat bilan oʻrganilishi kerak. Ularning reytingdagi bunday quyi oʻrni brokerlar ishonchli tartibga soluvchi litsenziyasiz ishlayotganini va muammolar mavjudligini anglatmaydi, ammo, biz sizga ular nima uchun boshqa kompaniyalarga qaraganda pastroq TU umumiy bahosi olgani bilan batafsil tanishishni maslahat beramiz va siz yanada jozibador parametrlarga ega ishonchliroq brokerni topasiz, deb hisoblaymiz.

2,99 va undan past ball olgan brokerlar:

Mutaxassislarimiz bunday kompaniyalar bilan ishlashni tavsiya etmaydi. Ehtimol, ushbu brokerlar orasida normal tartibga soluvchi tizimga ega brokerlarni topishingiz mumkin, ammo, ular, albatta, ayrim parametrlar boʻyicha yetakchilarga yutqazadi, bu brend mashhurligi, yuqori komissiyalar, mijozlarning salbiy sharhlari boʻlishi mumkin. Agar siz bunday kompaniyada hisob ochish haqida oʻylayotgan boʻlsangiz, bularni hisobga olishingiz kerak.

Baholash metodologiyamiz haqida batafsil maʼlumot oling