2024-yilgi eng yaxshi Foreks brokerlari – Eng yaxshi, ishonchli va litsenziyalangan
Tahririyat eslatmasi:
Biz tahririyatning yaxlitligiga qatʼiy rioya qilsak ham, bu postda hamkorlarimiz mahsulotlariga havolalar boʻlishi mumkin. Quyida qanday qilib pul ishlashimiz haqida tushuntirish berilgan. Ushbu veb-sahifadagi axborot va maʼlumotlarning hech biri Ogohlantirishimga muvofiq investitsiya boʻyicha maslahat emas.
Foreks bozorida muvaffaqiyat qozonishingizga yordam beradigan eng yaxshi Foreks brokerini tanlash mashaqqatli ish hisoblanadi.
Ishonchli Foreks brokerini tanlash uchun bir nechta kompaniyalarni tahlil qilish va ularning ishi haqida sharhlarni oʻqishga soatlab va hatto kunlab vaqtingizni sarflashingiz kerak. Lekin siz uchun syurprizimiz bor! Biz, Traders Union jamoasi bularning barchasini siz uchun amalga oshirdik.
Saytimiz broker tanlash jarayonini soddalashtiradigan xizmat boʻlib, u vaqtingiz va asabingizni tejaydi hamda maxsus reytinglar roʻyxatimizni oʻrganib chiqish orqali Foreks bozori tahlili uchun ajratadigan vaqtingizni bir necha daqiqagacha qisqartiradi.
2024-yilda eng yaxshi foreks brokerlari
Sizning joytashuvingiz Qo'shma Shtatlar
Agar hududingizdagi eng yaxshi brokerlar haqida bilishni istasangiz, “Brokerimni top” xizmatidan foydalaning.
Ogohlantirish:
Foreks/CFD kabi kredit yelkali mahsulotlar treydingida yuqori darajadagi xavf mavjud. Chakana investor hisoblarining 65% dan 82% gacha boʻlgan qismi CFD treydingida pul yo'qotadi. Siz CFD qanday ishlashini tushunishingiz va pul boy berish xavfini oʻz zimmangizga olish imkoniyatingizni hisobga olishingiz kerak.
Eng yaxshi foreks brokerlar haqida umumiy maʼlumot
Ushbu jadval brokerlik kompaniyalari maʼlumotlarini bir joyda yonma-yon joylashtirish orqali ularni taqqoslashni osonlashtiradi. Jadval ishlash uchun brokerni tanlash qarorini qabul qilishda eng muhim boʻlgan toifalarni oʻz ichiga oladi.
aprel 2024 da eng yaxshi foreks brokerlarining asosiy funksiyalari
OANDA | IG Markets | RoboForex | Pocket Option | Exness | |
---|---|---|---|---|---|
Treyding platformasi | WebTrader, MetaTrader4, Mobile platforms, MetaTrader5 | MetaTrader4, API, ProRealTime, IG Trading Platform | MT4, MT5, R MobileTrader, R StocksTrader, R WebTrader | Pocket Option, MT5, MT4 | Exness Trade App (mobile), Exness Terminal (web), MetaTrader5, MetaTrader4 |
Minimal depozit | Yoʻq | $1 | $10 | $5 | $10 |
Kredit yelkasi |
1:1 dan 1:200 gacha |
1:1 dan 1:200 gacha |
1:1 dan 1:2000 gacha |
1:1 dan 1:1000 gacha |
1:1 dan 1:2000 gacha |
Ishonchli boshqaruv | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
Balansda % toʻplanishi |
Yoʻq |
Yoʻq |
Yoʻq |
Yoʻq |
Yoʻq |
Spred | dan 0 balldan | dan 0.4 balldan | dan 0 balldan | dan 1.2 balldan | dan 1 balldan |
Margin-koll/Stop-aut darajasi | Yoʻq | Yoʻq | 60% / 40% | 30% / 50% | Yoʻq |
Buyurtmalar ijrosi | Market Execution | Market Execution | Market Execution, Instant Execution | Market Execution | Market Execution, Instant Execution |
Depozitsiz bonus | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
Agar juda nozik talablar sohibi boʻlmasangiz, unda darhol eng yaxshi gʻoliblarimiz orasidan oʻzingizga mosini tanlang.
Traders Union roʻyxatidagi eng yaxshi brokerlar mijozlari bilan yaxshi munosabatda boʻlishadi va oʻz treyding majburiyatlarini bajarish uchun qatʼiy standartlarga rioya qilishadi. Roʻyxatimizdagi istalgan brokerning “Profil” tugmasini bosing va u haqida batafsil maʼlumot oling. Bu maʼlumotlar xolis, chunki biz hamma narsani 100 ta mezonga muvofiq tekshiramiz. Siz ushbu broker treyderlari taqdim etgan oʻnlab sharhlarii oʻqib chiqishingiz mumkin.
2024-yilda foreks brokerlari reytingi
Foreks brokerlari reytingi Traders Union aʼzolarining savdo xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tuzilgan, chunki Traders Union ularga kirish huquqiga ega. Foreks bozorida boshqa hech kim bir vaqtning oʻzida yuz minglab treyderlar maʼlumotlarini tahlil qilish imkoniyatiga ega emas. Aynan shuning uchun ham Foreks brokerlarining Traders Union tomonidan tuzilgan reytinglari bugungi kunda Foreks brokerlari boʻyicha eng yaxshi va xolis reyting tizimi hisoblanadi.
Oʻzingiz uchun eng yaxshi broker qanday tanlanadi? Eng yaxshi brokerlar roʻyxati
Ehtiyojlaringizga mos keluvchi eng yaxshi brokerni tanlash uchun quyidagi kompaniya parametrlariga eʼtibor qarating:
-
Brokerning Foreks bozoridagi izi.
Brokerlik kompaniyasi bozorda qanchalik uzoq faoliyat yuritgan boʻlsa, mijozlar tomonidan shunchalik koʻp sharh bildiriladi. Bundan tashqari, kompaniya qanchalik eski boʻlsa (yaʼni, oldinroq tashkil etilgan boʻlsa), u oʻz nufuziniqadrlashga moyil boʻladi, yaʼni majburiyatlarini bajarish ehtimoli yuqoriroq boʻladi.
-
Litsenziyalar.
Faqat ishonchli brokerlar litsenziyaga ega boʻladi va ularning faoliyati treyderlar va ularning investitsiyalarini himoya qilish uchun mustaqil hukumat kuzatuvchilari tomonidan qatʼiy tartibga solinadi. Litsenziyaga egalik qilish qimmatga tushadi, shuning uchun hamma kompaniyalar ham bunga qurbi yetmaydi.
-
Broker roʻyxatdan oʻtgan mamlakat; vakolatxonalar va jismoniy ofislar.
Vakolatxonalar va broker ofislari ishonchli broker tanlash jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Garchi aksariyat brokerlar oʻz mijozlari bilan onlayn aloqalarni afzal koʻrsa-da, vakolatxonalarning filial tarmogʻi kompaniya tezligi va brokerlik kasbiga sodiqligini tavsiflaydi.
-
Foreks brokerining treyding shartlari.
Har bir brokerlik kompaniyasi mijozlariga treyding qilish uchun masalan, minimal spredlar, koʻplab treyding vositalari, qoʻshimcha xizmatlar va bonuslar kabi turli raqobatbardosh shartlarni taklif qiladi. Taklif etilayotgan imtiyozlar kombinatsiyasi tanlov jarayonida muhim omil hisoblanadi.
-
Mijozlarga yordam va xizmat sifati.
Brokerning mijozlarga yordam xizmati mijozga qanchalik tez javob berishi broker ishonchliligini baholashda muhim ahamiyatga ega. Eng yaxshi kompaniyalar har doim har bir mijozning soʻroviga tez javob beradi va muammoni imkon qadar qisqa vaqt ichida hal qilishga harakat qiladi.
-
Foreks brokeri haqida treyderlar sharhlari.
Allaqachon bir yoki bir nechta Foreks brokerlari bilan ishlaydigan mijozlar broker ishonchliligi va professionalligi haqida koʻp narsalarni ochiqlashi mumkin. Biz reytinglarni joylashtirishdan oldin har bir kompaniya haqidagi sharhlarni oʻrganamiz va tekshiramiz.
-
Kompaniyaning Traders Union reytinglaridagi oʻrni.
Tanlovni amalga oshirishda ushbu mezon muhim ahamiyatga ega, chunki Traders Union jamoasining Foreks brokerlari reytingidagi broker oʻrni raqobatchilarga nisbatan 100 dan ortiq xolis xususiyatlarga asoslangan yakuniy auditini aks ettiradi.
TU mutaxassisi fikri
Traders Union tahlilchisi
Bizning bosh tahlilchimiz va treyding boʻyicha mutaxassisimiz sifatida u muntazam ravishda barcha Foreks brokerlari ustida keng qamrovli tadqiqotlar olib boradi va har bir kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan maʼlumotlarni kuzatib boradi. Maʼlumotlar diqqat bilan tahlil qilinadi va maʼlumotlar bazamizga kiritiladi. Shundan keyin qiyosiy tahlil oʻtkazilib, reytinglarimiz har oy yangilanadi va oxirgi oʻzgarishlar haqida hisobot taqdim etiladi.
Foreks brokerlari reytingini tuzish metodologiyasi
Biz har bir brokerni 100 dan ortiq xolis mezonlardan foydalangan holda tekshiramiz va baholaymiz. Buning natijasida har bir Foreks brokeri uchun uning barcha jihatlarini tavsiflaydigan oʻrtacha baho yuzaga chiqadi. Biz, shuningdek, uning treyding hajmini ham hisobga olamiz, buni ittifoqimizning yuz minglab treyderlari maʼlumotlariga kirish imkonyatimiz orqali amalga oshiramiz. Bundan tashqari, brokerlar haqida veb-saytimizda treyderlar bildirgan sharhlarni ham hisobga olamiz. Natijada, barcha kompaniyalar uchun qoʻllanadigan noyob algoritmik matritsamizga koʻra, dasturimiz har bir kompaniya boʻyicha umumiy oʻrtacha koʻrsatkichni va uning reytingdagi oʻrnini xolis ravishda hisoblab chiqadi. Bu reytingimiz Foreks bozorida eng xolis va mustaqil boʻlishini taʼminlaydi.
Foreks brokerlarini baholash mezonlari toifalari jadvali
Mezon toifasi nomi | Toifadagi mezon raqami |
---|---|
Moliyaviy | 38 |
Ishonchlilik | 27 |
Xavfsizlik | 18 |
Treyding shartlari | 15 |
Mijozlarga yordam xizmati | 9 |
Traders Union mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan noyob brokerni baholash metodologiyasi bilan batafsil tanishib chiqing.
-
Reytingda Foreks brokeri qanday tanlanadi?
Reyting jadvalidagi eng yuqori oʻrin broker treyderlar orasida eng yuqori ishonch va mashhurlikka egalini koʻrsatadi. Bu baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi.
-
Reytingdagi Foreks brokerlari haqida sharhlarni qayerda oʻqishim mumkin?
Treyderlar ishi haqidagi oxirgi sharhlarni Profil sahifasida topishingiz mumkin.