HISOB OCHISH
Kapitalingiz xavf ostida.

Exness ‌haqida sharh 2024

9.43/10
Umumiy reytingi
TU umumiy bahosi yaratish orqali biz oʻz oldimizga saytimizga tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va ishonchli brokerlarni qidirish jarayoni soddalashtirishni maqsad qilib oldik. Biz bu juda muhim vazifa ekaniga ishonamiz, chunki moliyaviy sohadagi hamma kompaniya ham ishonchli boʻlavermaydi.

Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
Minimal depozit:
  • $1
Treyding platformasi:
  • MT4
  • MT5
  • Mobile platforms
  • WebTerminal MT4
  • Exness Terminal (web)
Regulyator:
  • CySEC
  • FCA
Tashkil etilgan sana:
  • 2008
Yangilangan sana:
9.43/10
Umumiy reytingi
TU umumiy bahosi yaratish orqali biz oʻz oldimizga saytimizga tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va ishonchli brokerlarni qidirish jarayoni soddalashtirishni maqsad qilib oldik. Biz bu juda muhim vazifa ekaniga ishonamiz, chunki moliyaviy sohadagi hamma kompaniya ham ishonchli boʻlavermaydi.

Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
Minimal depozit:
  • $1
Treyding platformasi:
  • MT4
  • MT5
  • Mobile platforms
  • WebTerminal MT4
  • Exness Terminal (web)
Regulyator:
  • CySEC
  • FCA
Tashkil etilgan sana:
  • 2008
2 832*
broker-profile.blocks.picked
flag
Exness Qo'shma Shtatlar hududida ishlamaydi

Bizning Exnessga bergan bahomiz

9.43/10
Umumiy reytingi
TU umumiy bahosi yaratish orqali biz oʻz oldimizga saytimizga tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz va ishonchli brokerlarni qidirish jarayoni soddalashtirishni maqsad qilib oldik. Biz bu juda muhim vazifa ekaniga ishonamiz, chunki moliyaviy sohadagi hamma kompaniya ham ishonchli boʻlavermaydi.

Fikrimizga koʻra, TU umumiy baho koʻrsatkichi “Brokerga pulimni ishonishim mumkinmi?” degan asosiy savolga javob berishi kerak. Reyting 0,01 dan 9,99 gacha baholanadi (ball qancha baland boʻlsa, ishonchlilik darajasi shuncha yuqori boʻladi). Koʻproq
Traders Union icon

Exness TU umumiy bahosi 10 dan 9.43 ball boʻlgan moliyaviy bozordagi eng yaxshi brokerlardan biri. Kompaniya tomonidan taklif etilayotgan treyding imkoniyatlari va Exness mijozlari veb-saytimizda qoldirgan sharhlarni oʻrganib chiqqan mutaxassisimiz Anton Xaritonov ushbu kompaniyani tavsiya qilishi mumkin, deb hisoblaydi, chunki sharhlarning aksariyati broker mijozlari kompaniyadan toʻlaqonli qoniqishini isbotlaydi. Exness 100 dan ortiq mezonlar boʻyicha baholash va qanday hisob ochish boʻyicha sinovga asoslangan TU reytingiga kiritilgan 20 kompaniya orasida 3-oʻrinni egallaydi.

Exness brokeri barcha tegishli shartlarga mos keladigan ishonchli broker hamkor. Exness barcha toʻlov majburiyatlarini bajaradi va ishlab topilgan pullarni toʻlaydi.

Exness haqida qisqacha sharh

Exness treyding kompaniyasi Foreks bozorida 2008-yildan beri ishlaydi. Broker 130 dan ortiq mamlakatda qonuniy faoliyat yuritadi va barcha yurisdiksiyalardagi mahalliy qonunlarga toʻliq rioya qiladi. Exness kompaniyalar guruhi quyidagi regulyator organlar tomonidan berilgan litsenziyalarga ega: FCA 730729 (Birlashgan Qirollik), CySEC 178/12 (Kipr), FSA SD025 (Seyshel orollari), CBCS 0003LSI (Kyurasao van Sen Marten) FSC SIBA/L/20/1133 (Britaniya Virgin orollari), FSC GB20025294 (Mavrikiy), FSCA 51024 (Janubiy Afrika) , CMA 162 (Keniya). Bulardan tashqari, broker Moliyaviy komissiya a’zosi ham bo‘lib, fors-major holatlarida har bir mijozga 20000 yevrogacha sug‘urta qoplamasini taqdim etadi. Xizmat CySEC (Qimmatli qogʻozlar komissiyas), FCA (Birlashgan Qirollik Moliyaviy tartibga solish va nazorat boshqarmasi) va FSA (Seyshel Orollari Respublikasining Moliyaviy tartibga solish va nazorat boshqarmasi) litseniyalari tomonidan tartibga solinadi. Broker Foreks reytingida yetakchi oʻrinni egallaydi. Kompaniyaning oylik treyding aylanmasi 325,8 milliard AQSj dollarini tashkil etadi. Hozirgi kunda broker kriptovalyutalar, aksiyalar, 120 dan ortiq valyuta juftlligi, energiya va metallar uchun CFDlarga ega. Exness xizmati treyderlar uchun qulay ish sharoitlarini taʼminlaydi: past komissiya, buyruqlarning bir zumda bajarilishi va pul mablagʻlarini yechib olish. Treyderalr ehtiyojlariga qarab hisob ochishning bir necha variantlari mavjud. Boshlangʻich darajadagi treyderlar va professional treyderlar uchun foydali boʻlgan oʻquv hisobi – demo hisob ham mavjud.

Exness bilan savdo qilish afzalliklari:
  • Bepul VPS hosting; foydalanish uchun kamida 14 kun treyding bilan shugʻullanishingiz va $500 dollarlik doimiy depozitga ega boʻlishingiz kerak;
  • 24/7 vaqt rejimida mablagʻlarni darhol yechib olish;
  • Ajratilgan hisoblar;
  • Tor spredlar;
  • Treyding platformalari: MT4, MT5 (kompyuter va mobil versiyalar), Exness treyding terminali (brauzer va mobil versiyalar).
Exness brokerinign kamchiliklari:
  • 24/7 mobaynida yordam taklif qilish uchun mijozlarga yordam xizmatini kengaytirish kerak;
  • Exness oʻquv resurslari boʻlimi hozirda faqat ingliz tilida faoliyat yuritadi. Bir nechta tillarda taklif qilish foydali boʻlishi mumkin.

TU mutaxassis maslahati

Anton Xaritonov

Traders Unionda moliyaviy ekspert va tahlilchi

Exness Foreks brokerlari (Exness.com) yuqori sifatli xizmatlari bilan mashhur. Broker bilan ishlaydigan treyderlar ularning ishida yaxshi natijalarga erishishga yordam beradigan yuqori darajadagi texnik yordamni qayd etishadi. Zamonaviy vositalar va xizmatlar investitsiyalarning foydali boʻlishiga yordam beradi.

Mijozlar fikriga koʻra Exness (Exness.com) treyderlar uchun biznes yuritishga qulay shart-sharoitlarni taʼminlaydi. Past spred treyderlarni oʻziga jalb qiladi, chunki ular katta miqdorda pul sarflashlari shart boʻlmaydi. Rasmiy veb-saytda ishlash uchun vositalarning toʻliq toʻplamini topishingiz mumkin. Bu hisobni toʻldirish va yechib olish uchun toʻlov tizimlarining keng doirasi, istalgan valyutadagi depozitlar, tahliliy maʼlumotlar, treyding platformalari, shu jumladan, mobil versiyadab iborat. Foydalanuvchi hisobi aniq interfeysga, juda koʻp foydali maʼlumotlarga va oʻquv materiallariga ega.

Qoʻshimcha afzallik barqaror daromad manbasi boʻlishi mumkin boʻlgan sheriklik dasturi hisoblanadi. Treyderlar oʻrtasidagi ishonchning yuqori darajasi ishning ishonchliligi va barqarorligi bilan toʻliq taʼminlanadi.

Exness haqida xulosa

Your capital is at risk.  Kapitalingiz xavf ostida.  CFDlar murakkab vositalar boʻlib, kredit yelkasi tufayli pulni tezda yoʻqotish xavfi yuqori. Chakana investor hisoblarining aksariyati CFD treydingida pul yoʻqotadi. Siz CFD qanday ishlashini tushunishingiz va pul boy berish xavfini oʻz zimmangizga olish imkoniyatingizni hisobga olishingiz kerak.

💻 Treyding platformasi: MT4, MT5, Exness savdo terminali, MT4 veb terminali, mobil platformalar
📊 Hisoblar: Standart, Standart Sent, Standart Plyus, Raw Spread, Zero, Pro
💰 Hisob valyutasi: 35 dan ortiq valyuta, shu jumladan, Yevro, Shvetsariya franki, Janubiy Afrika rendi, Hindiston rupisi va boshqalar
💵 Hisobni toʻldirish/yechib olish: Bank kartalari (depozit), Neteller, Skrill, Perfect Money, Webmoney, Tether, USD Coin, ichki oʻtkazmalar
🚀 Minimal depozit: Standart, Standart Sent, Standart Plyus – $1, Raw Spread, Zero, Pro – $200
⚖️ Kredit yelkasi: Boshlanishida 1: 2000, 1:Cheklanmagan –10 ta pozitsiya ochish va kamida 5 ta lot (sent hisobi uchun 500 lot) treydingi sharti bilan
💼 PAMM-hisoblar: Yoʻq
📈️ Minimal buyurtmar: 0,01 lot
💱 Spred: Standart, Standart Sent – 0,3 punktdan, Pro – 0,1 punktdan, Raw Spread, Zero – 0 punktdan, Standart Plus – 1 punktdan
🔧 Vositalar: Valyutalar, fond va tovar birjasi aktivlari, kriptovalyutalar
💹 Margin-koll/Stop-aut: Standart: 60/0%, Standart Sent: 60/0%, Standart Plyus: 60/0%, Pro: 30/0%, Raw spread: 30/0%, Zero: 30/0%
🏛 Likvidlik provayderi: ADS Securities; FXCMPRO
📱 Mobil treyding: Ha
➕ Hamkorlik dasturi: Ha
📋 Buyurtmalar ijrosi: Standart, Standart Sent, Standart Plyus: bozor soati, Pro – darhol, bozor soati, Raw spread: bozor soati, Zero: bozor soati
⭐ Treyding funksiyalari: Kriptovalyutalar savdosi mavjud
🎁 Musobaqalar va bonuslar:  Yoʻq

Exness brokerining treyding shartlari bozordagi eng jozibador hisoblanadi. Hisobni ochish toifasini tanlash imkoniyati sizga turli darajada savdo qilish va mukofotlarga imkon beradi. Ochiq tranzaksiyalar hajmi boʻyicha cheklovlarning yoʻqligi qoʻshimcha afzallik boʻlib, bundan tashqari, Exnessda Foreks bonuslari ham mavjud.

Exness treyding aktivlarining keng tanlovini taklif etadi. Broker mijozlari valyuta juftliklari (katt, kichik va ekzotik valyutalar), indekslar, aksiyalar, energiya, kriptovalyutalar va metallar bilan treyding qilishlari mumkin. Standart hisoblardaa minimal depozit – $1, professional hisoblarda – $200 ga teng. Hisobning barcha turlarida oʻzgaruvchan spred mavjud. Raw Spread va Zero hisoblarida spred 0,0 punktdan; Pro – 0,1 punktdan, standart hisoblarda 0,3 punktdan. Haqiqiy hisobni roʻyxatdan oʻtkazgandan soʻng treyder darhol 1:1 dan 1:2000 gacha boʻlgan istalgan kredit yelkasini tanlashi mumkin. Treyder kamida 10 ta pozitsiyani yopib, 5 ta standart lotni (sent hisobi uchun 500 lot) sotgandan keyin kredit yelkasi boʻyicha cheklovlar olib tashlanadi.

Standart hisoblar va Pro hisobida lot uchun komissiya olinmaydi. Raw Spread hisobida lot uchun komissiya $3,5 yoki yopilgan savdo uchun $7. Zero hisobda lot uchun komissiya $0,2 (bir tomon) yoki har bir savdo uchun $0,4 ni tashkil qiladi. Barcha hisob turlarida Bozor ijrosi, Pro hisobda esa Bozor va Darhol ijro mavjud. Musulmon mamlakatlar treyderlari svopsiz hisob ochishi mumkin.

Exnessning asosiy parametrlarini baholash

Foydalanuvchi qoniqishlari

Baho::
8.4/10

Tajribangizni ulashing

  • Eng yaxshisi
  • Oxirgisi
  • Eng eskisi
Avatar
Avatar
qtaarturo0359412
44 hafta oldin

Exness hammaga ham mos emas. Yangi boshlaganlar uchun cheklangan miqdordagi aktivlar va kichik treyding vositalari bilan ishlash qiyin boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, Exness brokerida yangi treyderlar uchun muhim boʻlgan mikro-hisoblarda mashq qilish imkoniyati yoʻq. Biroq, tajribali treyderlar uchun Exness yaxshi tanlov boʻlishi mumkin. Shunday qilib, men boshqa kompaniyada treyding boʻyicha tayyorlanishni boshladim. Va hozir Exness brokerida hisob ochganman.

Avatar
Avatar
katrinady3
47 hafta oldin

Exness brokeri ancha mashhur. Turli manbalarda ushbu kompaniya haqida maʼlumotlarni koʻrib chiqdim. Hozircha savdo qilganim yoʻq. Faqat keyinroq, oldingi kompaniyadagi hisobimni yopgach, oʻz kuchimni bu yerda sinab koʻrishga qaror qildim. Men oʻzgaruvchan spredlarga ega hisobda treyding qilaman, bu turdagi spred treyding strategiyamga mos keladi. Spred oʻlchamlari deyarli barcha valyuta juftliklari uchun juda mos keladi.

Avatar
Avatar
terryoh69
50 hafta oldin

Exness bilan treyding qilishdan qoʻrqmang. Bu broker bilan hamma narsa yaxshi, treyding yoki pul yechib olish bilan bogʻliq muammolar yoʻq. Va bundan tashqari, Exness brokerida oddiy hisoblarga sarmoya kiritish imkoniyati mavjud. Bu yerda turli strategiyalarga ega menejerlar mavjud. Men past daromadlilik bilan konservativ strategiyani tanlashni afzal koʻraman. Ammo bunday hisobning ishlash muddati boshqalarga qaraganda ancha yuqori.

Avatar
Avatar
peluxeu
1 yil oldin

Treydingni nisbatan yaqinda boshlaganman, taxminan 4 oy boʻldi, oʻshanda maxsus daromad yoʻq edi, shuning uchun ozgina pul topaman. Ammo men bu sohada mutlaqo yangi ekanligimni hisobga olsak, topgan foydam oʻzimga yoqadi) Hozirda kompaniya haqida faqat ijobiy fikr bildirishim mumkin.

Avatar
Avatar
josefinabg2
1 yil oldin

Fikrimcha, Exness eng yaxshi brokerlardan biri hisoblanadi. Ularning veb-saytida koʻplab oʻquv materiallari mavjud. Treydingni boshlashdan oldin biran opsionlar treydingi boʻyicha texnikani diqqat bilan oʻrganib chiqdim. Yordam xizmati haqida shikoyat qilsam, gunoh boʻladi – ularga bir necha marta murojaat qildim, tez va aniq javob berishadi. Har kunlik daromadlarimni yechib oldim (bunday kompaniyalar juda kam). Foyda summasi juda yuqori. Exness brokeridan mamnunman.

Avatar
Avatar
apbdwxpg21
1 yil oldin

Exness brokerlik kompaniyasi bilan allaqachon yaxshi tanishman. Bu yaxshi treyding xizmatlarini koʻrsatadigan broker, tor spred va treydingga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan boshqa koʻplab afzalliklarga ega. Bu yerda koʻpgina treyding vositalari, past spredlar va svoplardan holi hisob ochishga qaror qilsangiz, uch kun davomida komissiyasiz ishlash imkoniyaitni topasiz. Exness brokeri haqida ijobiy taassurotga egaman.

Avatar
Avatar
davewr2
1 yil oldin

Exness uzoq vaqt sinovimdan oʻtgan broker. Hech qachon muammolar boʻlmagan deb ayta olmayman. Bunday muammolar bor edi, texnik yordam bilan qasam ichishim mumkin. Lekin bunday mayda-chuydalar narsalar bilan yaxshi brokerlik kompaniyasini o‘zgartirmoqchi emasman. Treyding platformasi amalda nosozliklarsiz ishlaydi, oddiy spredlar, pul mablagʻlari yechib olinadi. Xoʻsh, foydali treyding uchun yana nima kerak? Exness brokeriga juda aʼlo baho qoʻyaman!

Baho::
7.25/10

Savdo hisobi ochish

Broker bilan tanishishni Traders Union veb-saytida roʻyxatdan oʻtish bilan boshlang. Bu bepul boʻlib, keyinchalik shu tarzda roʻyxatdan oʻtish orqali spreddan tejashingiz mumkin boʻladi. Keyin esa Exness brokerida foydalanuvchi hisobini roʻyxatdan oʻtkazishga yoʻnaltiradigan havolaga oʻting.

1

Shuningdek, broker bosh sahifasida ham roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtgan
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtgan
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtgan
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtgan
2

Roʻyxatdan oʻtish shaklini toʻldiring va elektron pochtangizni tasdiqlang.

Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtish shakli
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtish shakli
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtish shakli
Exness sharhi – Roʻyxatdan oʻtish shakli
3

Roʻyxatdan oʻtganingizdan keyin foydalanuvchi hisobingizga yoʻnaltirilasiz, u yerda hisob sozlamalari yoki brauzer Exness treyding terminaliga oʻtishingiz mumkin.

Exness sharhi – Treyding terminali
Exness sharhi – Treyding terminali
Exness sharhi – Treyding terminali
Exness sharhi – Treyding terminali
4

Foydalanuvchi hisobida quyidagi funksiyalar mavjud:

1. Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish.
Exness sharhi – Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish
Exness sharhi – Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish
2. Har qanday sonda haqiqiy va demo hisob ochish.
Exness sharhi – Mening hisoblarim
Exness sharhi – Mening hisoblarim
1. Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish.
Exness sharhi – Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish
Exness sharhi – Depozit kiritish, mablagʻlarni yechib olish va mablagʻlarni ichki oʻtkazish
2. Har qanday sonda haqiqiy va demo hisob ochish.
Exness sharhi – Mening hisoblarim
Exness sharhi – Mening hisoblarim

Va boshqa funksiyalar:

  • Treyding tarixi.

  • Ijtimoiy treyding.

  • Onlayn tahlillar.

Baho::
8.79/10

Nizom

Maʼlumot

Exness – turli yurisdiksiyalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhi. Har bir kompaniya broker mahalliy qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi uchun litsenziyaga ega. Buning yordamida broker 130 dan ortiq mamlakatdagi treyderlarga moliyaviy bozorlarga kirishni taʼminlaydi, treyderlar esa regulyator organlar tomonidan tartibga solinadigan va tashqi audit tomonidan nazorat qilinadigan toʻliq qonuniy, masʼuliyatli broker bilan ishlashiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Exness kompaniyalar guruhi quyidagi regulyator organlar tomonidan berilgan litsenziyalarga ega: FCA (Birlashgan Qirollik), CySEC (Kipr), FSA (Seyshel orollari), CBCS (Kyurasao va Sen-Marten) FSC (Britaniya Virgin orollari), FSC (Mavrikiy), FSCA (Janubiy Afrika), CMA (Keniya).

Afzalliklar

  • Regulyator organlar tomonidan toʻliq nazorat qilinadi
  • Xususiy treyderlar daʼvolarining Moliya komissiyasi orqali koʻrib chiqish imkoniyati
  • Moliyaviy komissiya tomonidan 20000 yevrogacha sugʻurta qoplamasi

Kamchiliklar

  • Shikoyat berish uchun juda koʻp qogʻozbozlik
Baho::
8.79/10

Komissiya va toʻlovlar

Maʼlumot
Exness treyding shartlari Traders Union tahlilchilari tomonidan aniq va yashirin komissiyalar mavjudligi yuzasidan tahlil qilindi. Brokerda yashirin treyding komissiyalari mavjud emas. Hisobni toʻldirish va mablagʻ yechib olish uchun treydingdan tashqari komissiyalar yoʻq.
Hisob turi Spred (minimal qiymat) Yechib olish komissiyasi
Standart $3 dan Yoʻq
Standart Sent $3 dan Yoʻq
Standart Plyus $10 dan Yoʻq
Pro $1 dan Yoʻq
Zero $0 dan Yoʻq
Raw Spread $0 dan Yoʻq

Unda shartnomalar xususiyatlariga muvofiq hisoblangan svoplar mavjud. Taqqoslashda standart hisoblarda Yevro/AQSH dollari juftligi ishlatildi. Savdo qilingan 1 standart lot uchun spred AQSH dollarida hisoblab chiqildi. Treyding komissiyalari tahlili uchun mavjud brokerlar orasidan 3 ta asosiy raqobatchilar tanlab olindi. Natijada, ularning har biriga pastdan yuqorigacha boʻlgan daraja berildi:

Broker Oʻrtacha komissiya Daraja
$4.25
Yuqori
$1
Quyi
$2.5
Oʻrta
Baho::
9.25/10

Hisoblar

Exness hisob ochish uchun bir nechta variant taklif qiladi. Hisob turi professionallik darajasiga va treyder ehtiyojlariga bogʻliq. Asosiy farqlar spred hajmi, minimal depozit va kredit yelkasida.

Hisob turi
Tavsifi
Standart
istalgan treyderga mos keladigan eng mashhur hisob turi. Minimal depozit $1 ga teng. Spred hajmi 0,3 punktdan;
Standart Sent
Yangi va tajribali treyderlar uchun strategiyalarni qoʻllash uchun mos boʻlgan sent hisobi. Minimal depozit $1 ga teng, $999 gacha boʻlgan depozitlar uchun cheksiz kredit yelkasidan foydalanishingiz mumkin. Spred 0,3 punktdan;
Standart Plyus
barcha treyderlarga mos hisob. Kichik lotlar bilan savdo qilishingiz mumkin. Minimal depozit $1 ga teng. Spred 1 punktdan;
Raw Spread
tajribali treyderlar uchun hisob. Ushbu hisobdan foydalanishda tor spredlar va bitta standart lot (bir tomon) uchun $3,5 komissiya qoʻllaniladi. Minimal depozit $200 ga teng;
Zero
30 ta valyuta juftligi uchun treyding kunining 95% dan koʻpida nol spredga ega professional hisob. Minimal depozit – $200, komissiya – har bir lot uchun bir tomonlama $0,2;
Pro
buyruq darhol ijro etiladigan va treyding komissiyasi mavjud boʻlmagan, professional treyderlarga mos hisob. Minimal depozit – $200, lot esa 0,01 dan.

Yangi hisob ochishdan oldin barcha vositalar va funksiyalarni demo hisobda sinovdan oʻtkazish mumkin.

EXNESS yangi boshlovchilar uchun qulay va aniq ish tajribasi yaratishga intiladigan broker boʻlib, tajribali treyderlarga oʻz bilimlarini maksimal darajada oshirishga imkon berishga harakat qiladi.

Baho::
8.24/10

Depozit kiritish va yechib olish

  • Exness treyder soʻroviga koʻra tranzaksiyalar soni boʻyicha cheklovlarsiz pul mablagʻlarini yechib olishni kafolatlaydi. Valyuta kiritish va chiqarish amaliyoti 24/7 vaqt rejimida taqdim etiladi. 

  • Treyderlar pul mablagʻlarini yechib olishda quyidagi usullardan foydalanishlari mumkin: Neteller, Skrill, Perfect Money, Webmoney, Tether, USD Coin.

  • Pul yechib olish soʻrovlari broker tomonidan darhol koʻrib chiqiladi. Pul mablagʻlarini yechib olish toʻlov tizimiga qarab oʻrtacha 2-5 ish kunida amalga oshiriladi.

  • Yechib olish valyutasi toʻlov tizimiga bogʻliq. Agar yechib olish valyutasi hisob valyutasidan farq qilsa, broker summani ichki ayirboshlash kursi bo‘yicha konvertatsiya qiladi.

  • Yangi treyderlar uchun yechib olish boʻyicha qadam-baqadam koʻrsatmalar beriladi.

Baho::
9.23/10

Investitsiya imkoniyatlari

Exness – bu faol treydingni passiv investitsiya bilan birlashtirishni istaganlar uchun mukammal broker. Texnologik platformalar va eng yaxshi treyding shart-sharoitlari minimal xavf bilan passiv investitsiyalarning daromadliligini optimallashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy treyding va diversifikatsiyalangan investitsiya portfoliolari nafaqat investorlar, balki ularning yordami bilan qoʻshimcha komissiya oladigan treyderlar uchun ham eng mashhur xizmatlardir.

Ijtimoiy treyding – kopitreydingning yangi usuli

Exness sharhi – Ijtimoiy treyding
Exness sharhi – Ijtimoiy treyding

Exness ikkita ijtimoiy treyding xizmatini taklif etadi: xususiy Ijtimoiy treyding platformasi va MT4/MT5 platformalari asosida qurilgan kopitreyding xizmati.

  • Exness ijtimoiy treyding. Brokerning xususiy ijtimoiy treyding platformasi faqat mobil versiyada taqdim etiladi. Bu unikal ishlanma, chunki investor boshqa platformalarda boʻlgani kabi muayyan treyderga emas, balki muayyan strategiyaga ulanadi. Shu asnoda, investorlar oʻz treyding srategiyasini sharoitning keskin oʻzgarishlaridan himoya qilishlari mumkin.

Qanday qilib treyder boʻlish mumkin? Foydalanuvchi hisobingizda “Ijtimoiy treyding” sahifasiga oʻting va strategiya yarating. Koʻproq investorlarni jalb qilish uchun uni batafsil tasvirlab bering. Strategiyaga rioya qiling, ish natijalaringizni yaxshilang va strategiya profili reytingi koʻtariladi.

Qanday qilib investor boʻlish mumkin? Ilovani yuklab oling, foydalanuvchi nomi va parolni koʻrsatish orqali tizimga kiring. Ilova bir nechta filtrlarni taklif qiladi, masalan, kunlik/oylik daromadlilik, toʻlovlar va hokazo. Strategiya profilida bir nechta sahifalar mavjud: treyding statistikasi va kapital, muvaffaqiyatli savdolar roʻyxati, risk darajasi, kuzatuvchilar soni va hokazolar. Nusxalashni faollashtiring va natijalarni kuzatib boring. Treyderlar bir nechta strategiyalarni nusxalashi mumkin.

  • MQL5 platformasida kopitreyding. MQL5.Community Metatrader dasturchisi platformasidagi butun dunyodan treyderlarni birlashtiruvchi hamjamiyat hisoblanadi. Xizmat platforma ichiga oʻrnatilgan.

Bu xizmat bilan qanday ishlanadi? MQL5 veb-saytida roʻyxatdan oʻting. Buni Xizmat/Sozlamalar/Hamjamiyat menyusidagi MT4/MT5 ruknidan ham amalga oshirish mumkin. Terminalda Signallar varagʻi paydo boʻladi. Har bir treyderning treyfing statistikasini oʻrganing va nusxa koʻchirmoqchi boʻlganingizga obuna boʻling. Obuna davriy (kun, oy); bu ish jarayoni yoki savdolar soniga bogʻliq emas.

Muhim!

Agar siz yirik investor boʻlsangiz va $10 000 dan ortiq investitsiya kiritishni rejalashtirgan boʻlsangiz, vip-invest@tradersunion.com manzili yoki veb-saytimizdagi fikr-mulohaza shakli orqali bizga murojaat qiling. Professional jamoamiz sizni kelishuvcning barcha nozik tomonlari haqida maʼlumot beradi va roʻyxatdan oʻtishdan tortib to foydani yechib olishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda yordam koʻrsatadi.

Exness hamkorlik dasturi

Exness treyderlarga hamkorlik dasturida qatnashish imkonini beradi. Dastur yangi Foreks treyderlarini jalb qilishga qaratilgan. Barcha Exness mijozlari oʻz resurslarida brokerda roʻyxatdan oʻtish havolasini joylashtirishi mumkin. Havolani ishlatib, hisob ochgan har bir mijoz uchun treyder mukofot oladi.

Exness ikki turdagi hamkorlik dasturini taklif qiladi:

  • Hamkorlik dasturi. Yo‘naltiruvchi mamlakatiga, depozit miqdori va treyding faoliyatiga qarab, broker har bir tasdiqlangan treyder uchun $45 gacha va yoʻnalirilgan treyder treydingiz uchun $1850 gacha to‘laydi.

  • Broker dasturini tanishtirish. Mukofot yoʻnaltirilgan treyder toʻlangan xizmat haqidan 40$ gacha.

Broker hamkorlariga istalgan turdagi axborot va texnik yordam taqdim etadi, masalar quyidagilar: bannerlar, ochilish sahifalari, informatorlar, vidjetlar, real vaqt rejimida batafsil statistika. Toʻlovlar kunlik toʻlanadi.

Baho::
8.37/10

Qoʻshimcha savdo vositalari

Treyderlarga treyding faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan Exness brokerining foydali vositalari:

  • Tahliliy vositalar. Brokerning hamkori Trading Centraldan signallar. FXStreet Newsdan jonli yangiliklar tasmasi. Ushbu vositalar Foydalanuvchi hisobida yoki Exness Trade ilovasida mavjud.

Exness foydali vositalari – Tahliliy vositalar
Exness foydali vositalari – Tahliliy vositalar
  • Narxlar jadvalidagi asosiy prognoz zonalarini qamrab oladigan Trading Central plagini. MT4 uchun moʻljallangan.

Exness foydali vositalari – Trading Central plagini
Exness foydali vositalari – Trading Central plagini
  • Investitsiya kalkulyatori. Bu kalkulyator hisob turi, aktivi, pozitsiyasi hajmiga qarab marjani, ikkala tomonni va punkt qiymatini hisoblaydi.

Exness foydali vositalari – Investitsiya kalkulyatori
Exness foydali vositalari – Investitsiya kalkulyatori
  • Iqtisodiy taqvim. Kelgusidagi eng muhim voqealar roʻyxati.

Exness foydali vositalari – Iqtisodiy taqvim
Exness foydali vositalari – Iqtisodiy taqvim
  • Arxiv sifatida shakllantirilgan tik tarixi. Bu kotirovkalar sifatini tasdiqlash va strategiyani sinovdan oʻtkazish uchun talab qilinadi.

Exness foydali vositalari – Tik tarixni
Exness foydali vositalari – Tik tarixni

Broker barcha vositalarni bepul taqdim etadi.

Baho::
9.29/10

Yordam xizmati

Maʼlumot

Broker treyderlarga 24/7 mobaynida mijozlarga yordam xizmatini taqdim etadi. Mijozlarga yordam xizmati kontaktlari shaxsiy hisobda koʻrsatilgan.

Afzalliklar

  • Exness yordam markazi koʻp hollarda asosiy savollarga javoblar taqdim etadi
  • Bir nechta kanalli kommunikatsiya

Kamchiliklar

  • Yoʻq

Mijozlarga yordam xizmati mutaxassislariga bir necha usulda murojaat qilish mumkin:

  • chatda savol soʻrang;

  • elektron pochta orqali yozing;

  • shaxsiy hisobda koʻrsatilgan raqamga qoʻngʻiroq qiling.

Kontaktlar

Tashkil etilgan sana 2008
Roʻyxatdan oʻtgan manzili Nymstar Limited kompaniyasining roʻyxatdan oʻtgan ofisi quyidagi manzilda joylashgan: F20, 1-qavat, Eden Plaza, Eden oroli, Seyshel orollari.
Regulyator CySEC, FCA
Rasmiy sayt exness.com
Kontaktlar
Baho::
1/10

Taʼlim

Maʼlumot

Ayni paytda brokerda taʼlim boʻlimi mavjud emas. Demo hisob treyding koʻnikmalari, strategiyalar, koʻrsatkichlar va mutaxassis maslahatchilarni sinab koʻrishda foydalanish mumkin boʻlgan yagona vosita.

Exness brokerini boshqa brokerlar bilan taqqoslash

Exness RoboForex AMarkets FreshForex XM Group IG Markets
Treyding platformasi Exness Trade App (mobile), Exness Terminal (web), MetaTrader5, MetaTrader4 MT4, MT5, R MobileTrader, R StocksTrader, R WebTrader MT4, MT5, AMarkets App MT4, MobileTrading MT4, MT5, MobileTrading, XM App MetaTrader4, API, ProRealTime, IG Trading Platform
Minimal depozit $10 $10 $100 Yoʻq $5 $1
Kredit yelkasi 1:1 dan
1:2000 gacha
1:1 dan
1:2000 gacha
1:1 dan
1:3000 gacha
1:1 dan
1:2000 gacha
1:1 dan
1:30 gacha
1:1 dan
1:200 gacha
Ishonchli boshqaruv Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
Balansda % toʻplanishi Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq Yoʻq
Spred dan 1 balldan dan 0 balldan dan 0 balldan dan 0 balldan dan 0.6 balldan dan 0.4 balldan
Margin-koll/Stop-aut darajasi Yoʻq  /  60% 60%  /  40% 50%  /  20% 40%  /  20% 100%  /  50% Yoʻq
Buyurtmalar ijrosi Market Execution, Instant Execution Market Execution, Instant Execution Market Execution, Instant Execution Market Execution, Instant Execution Market Execution Market Execution
Depozitsiz bonus Yoʻq Yoʻq Yoʻq $30 Yoʻq Yoʻq
Sent hisoblari Yoʻq Ha Yoʻq Ha Ha Yoʻq

Exness haqida batafsil sharh

Exness brokeri Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika va Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi Foreks brokerlari reytingida yetakchi o‘rinni egallaydi. Kompaniya mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat beradi. Har bir foydalanuvchi ochilgan hisob turidan qatʼi nazar, toʻliq vositalar toʻplamidan foydalanish imkoniyatiga ega. Exness, shuningdek, treyderlarga pul ishlash uchun yanada koʻp imkoniyatlar ochadigan yangi treyding vositalarini taqdim etadi. Bugungi kunda Exness.com veb-saytida siz valyuta juftliklari, kriptovalyutalar, metallar, qimmatli qogʻozlar va energiya bilan savdo qilishingiz mumkin.

Broker tanlashda treyderlarni qiziqtirishi mumkin boʻlgan Exness brokeriga doir bir nechta raqamlar:

  • savdo tranzaksiyalarining oylik aylanmasi 325 milliard AQSH dollaridan ortiq;

  • dunyoning 131 mamlakatidan 414 000 dan ortiq faol mijozlar;

  • Yevropa Ittifoqi bozorida 10 yildan ortiq tajriba.

Exness – faol va passiv investitsiyalar uchun eng yaxshi broker

Exness – barqarorlik, texnologiya va treyderlar uchun to‘liq vositalar to‘plamini birlashtirgan brokerlardan biri. Kompaniya treyderlar ehtiyojlariga qarab bir necha turdagi hisoblarni taklif qiladi: sent – yangilar uchun, standart va professional hisoblar. Bundan tashqari, demo hisob bilan ishlash mumkin.

Treyderlar quyidagi platformalarni tanlashi mumkin: MT4, MT5, Exness treyding terminali, Veb terminal. Smartfon egalari ilovani oʻrnatish orqali mobil platformada ishlashlari mumkin. Exness MT4 – Foreks treyding uchun ajoyib tanlov. Broker bepul tahlil va maʼlumotlar taqdim etadi. Oʻquv boʻlimida siz vebinarlarni koʻrishingiz va haftalik sharhlar bilan tanishishingiz mumkin.

Foydali Exness xizmatlari:

  • WebTV – Nyu-York fond birjasidan video yangiliklar xizmati;

  • Ayrim muhim yangiliklarni kuzatish va yozib olish uchun iqtisodiy taqvim;

Afzalliklari:

1

tik tarixi mavjud yagona broker;

2

foydalanish uchun kamida 14 kun treyding bilan shugʻullanishingiz va $500 dollarlik doimiy depozitga ega boʻlishingiz kerak;

3

ajratilgan hisoblar;

4

past spred;

5

har bir treyder oʻz strategiyalari boʻyicha savdo qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy treyding ilovasi mavjud;

6

mablagʻlarni darhol yechib olish.

Strategiyalar boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq - hedjing, buyruqlarni qulflash imkoniyati mavjud. Shuningdek, bozorda tranzaksiyalarning minimal saqlanishi boʻyicha talablar yoʻq.

Sizga yordam berishi mumkin boʻlgan maqolalar
Boshqa kompaniyalar haqidagi sharhlarimiz bilan tanishing

Maqola ustida ishlagan jamoa

HISOB OCHISH
Kapitalingiz xavf ostida.