2024-yilda treyding uchun eng yaxshi treyding platformalari – TU tadqiqoti

Buni ulashing:

Treyder uchun professional portfel menejeri yoki yangi boshlagan boʻlishi muhim emas; investitsiyalarni sotib olish va sotish uchun texnologiyadan foydalanish juda muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, onlayn treydingning kunlik chastotasi 96 foizga oshadi, bu deyarli ikki barobar degani. Shunga koʻra, hozirda onlayn treyding uchun eng yaxshi platformalar nomiga daʼvogarlik qilayotgan son-sanoqsiz onlayn dasturlar mavjud. Shuning uchun eng yaxshi variantni tanlash qiyin vazifa boʻlishi mumkin. Sizga qulaylik yaratish maqsadida biz onlayn treyding uchun eng yaxshi platformalar roʻyxatini tuzdik. Qoʻshimcha tarzda bunday platformalarning oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot va keng qamrovli sharhlarni ham taqdim etdik.

Sizga mos keladigan eng yaxshi platformani topish uchun maqolani oʻqishda davom eting.

Nimalar asosida eng yaxshi treyding platformalari shakllanadi?

Onlayn eng yaxshi treyding platformalaridan birini tanlayotganda, ayrim xususiyatlarni inobatga olish kerak. Ulardan eng muhimlari quyidagilardir:

  • free

    Bepul sinov muddati

    Aksariyat onlayn treyding platformalari bepul sinov muddatini taklif qiladi. Ular quyidagi xususiyatlarni taklif qilishi yoki qilmasligini tekshirish uchun sinov muddatini foydalanish tavsiya etiladi.

  • fast-delivery

    Tezkor javob qaytarish

    Bu barcha eng yaxshi treyding platformalarida boʻlishi kerak boʻlgan eng muhim xususiyatlardan biridir. Agar platforma tezkor javob qaytarmasa, u holda yuqori oʻzgaruvchanlik treyder tomonidan stop-loss buyrugʻining kechikishiga olib kelishi mumkin. Natijada har qanday buyruqni eng yaxshi narxda bajarib boʻlmaydi. Shuning uchun tezkor javob qaytarish xususiyati juda muhim.

  • gears

    Ishonchlilik

    Ishonchsizlik platformaning kutilmaganda buzilishi va qotib qolishiga olib kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, global iqtisodiy trendlar va yangiliklarni oʻqiyotganda juda yomon taʼsir qilishi mumkin. Shu sababli treyding uchun eng yaxshi platformalar ishonchliligi uning tashqi koʻrinishi va hissiyotdan muhimroqdir.

  • web

    Foydalanuvchilar uchun qulaylik

    Onlayn treyding platformasini tanlashda eʼtiborga olish kerak boʻlgan yana bir muhim omil – bu foydalanuvchilarga qulaylik. Foydalanuvchi uchun qulay interfeys treyder platformani oʻrganishga koʻp vaqt sarflamasdan, varaqlar orasida oson harakatlanishi va umumiy funksionallikni tushunishini anglatadi.

  • shield

    Maʼlumotlar xavfsizligi

    Hech kim foydalanuvchi maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlamaydigan platformadan foydalanishni xohlamaydi. Deyarli barcha eng yaxshi elektron treyding platformalari maʼlumotlarni uzatishda shifrlashni taklif qiladi. Bundan tashqari, ular foydalanuvchilarining maʼlumotlarini saqlash uchun bir nechta serverdan foydalanadilar. Bu nafaqat foydalanuvchi maʼlumotlarining har qanday turdagi kiberhujumlardan himoyalanishini taʼminlaydi, balki asosiy server ishlamay qolsa, zaxira serveridan foydalanishga ham imkon beradi.

Xususiy platformalar va tijorat platformalari: Qaysi birini tanlash kerak?

Bozorda mavjud barcha onlayn treyding platformalarini ikkita asosiy toifaga boʻlish mumkin.

  • 1

    Xususiy platformalar

    Brokerlar tomonidan ishlab chiqilgan treyding platformalari.

  • 2

    Tijorat platformalari

    Treyding platformalari treyding platformalari ishlab chiquvchi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqiladi.

Ikkala turdagi treyding platformalari ham ijobiy va salbiy jihatlarga ega. Har bir foydalanuvchi oʻz ehtiyojlariga mos keladigan platformani tanlashi kerak.

Xususiy platformalar eksklyuziv platformalar hisoblanadi, chunki ular broker tomonidan ishlab chiqiladi. Treyding uchun xususiy platforma mayyan brokerga moslangan xususiyatlar va funksiyalarni taklif qiladi. Shuning uchun treyderlar xohlaganida brokerlarni almashtirishlari juda qiyin boʻladi.

Shuni yodda tutish kerakki, brokerlar komissiyalar koʻrinishida pul ishlash uchun xususiy platformalarini ishlab chiqadilar. Shunday qilib, xususiy platformalar moslash mumkin boʻlgan funksiyalar va xususiyatlarni kerakli darajada taʼminlamaydi. Eng mashhur xususiy platformalardan ayrimlari quyidagilar:

Biroq, ushbu platformalar juda sezgir boʻlishiga qaramay, ular yangi boshlaganlarga tavsiya etilmaydi. Buning sababi ularda juda koʻp qoʻshimcha va murakkab funksiyalar va xususiyatlar mavjud.

Boshqa tomondan, Ninja Trader, Metatrader kabi tijorat platformalari keng koʻlamli xususiyatlarni taqdim etishga eʼtibor qaratishadi. Ular foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq, lekin odatda, muayyan treyding platformasi bilan ishlaydigan muayyan treyderning treyding qilishi haqida gap ketganda, ular yuqori moslashtirish imkoniyatlarini taklif qilmaydi. Umuman olganda, foydalanuvchilarga qulay treyding platformasiga ega brokerlar boʻylab harakat qilish juda oson.

Foreks brokerlari reytingini tuzish metodologiyasi

Traders Union brokerlarni baholash uchun 100 dan ortiq miqdoriy va sifat mezonlaridan foydalangan holda qatʼiy metodologiyani qoʻllaydi. Bir nechta parametrlar boʻyicha baho beriladi va ular umumiy reytingni tashkil etadi.

Baholashning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:

Tartibga solish va xavfsizlik. Brokerlar oʻz faoliyatida asoslanadigan litsenziyalar va nizomlar darajasi/nufuziga qarab baholanadi.

Foydalanuvchi sharhlari. Mijozlarning qoniqish darajasini aniqlash uchun mijozlar sharhlari va fikr-mulohazalari tahlil qilinadi. Sharhlar fakt tekshiruvidan oʻtkaziladi va tasdiqlanadi.

Treyding vositalari. Brokerlar taklif etilayotgan aktivlar koʻlami, shuningdek, mavjud bozorlarning kengligi va chuqurligi bo‘yicha baholanadi.

Xizmat toʻlovlari va komissiyalar. Barcha savdo toʻlovlari va komissiyalar mijozlarning umumiy xarajatlarni aniqlash uchun har tomonlama tahlil qilinadi.

Savdo platformalari. Brokerlar mijozlarga taklif etilayotgan platformalarning xilma-xilligi, sifati va xususiyatlariga qarab baholanadi.

Brend mashhurligi, mijozlarga yordam koʻrsatish va oʻquv resurslari kabi boshqa omillar ham baholanadi.

Treyding uchun 5 ta eng yaxshi Foreks brokeri

Bu yerda tajribali treyderlar va yangi boshlaganlar treyding qilishi uchun eng yaxshi onlayn brokerlar roʻyxati keltirilgan. Roʻyxat, shuningdek, eng yaxshi xususiyatlarni va ularning oʻzaro taqqoslov natijalarini oʻz ichiga oladi. Bu sizga oʻz ehtiyojlaringiz boʻyicha eng yaxshi variantni tanlash imkonini beradi.

Traders Union foydalanuvchilari oʻrtasida oʻtgan yil davomida top 5 ta Foreks brokerining mashhurlik dinamikasi

  • part-1

    RoboForex

  • part-2

    Pocket Option

  • part-3

    Exness

  • part-4

    TeleTrade

  • part-5

    FreshForex

Traders Union foydalanuvchilari oʻrtasida oʻtgan yil davomida top 5 ta Foreks brokerining mashhurlik dinamikasi

RoboForex

RoboForex – 2009 yilda tashkil etilgan brokerlik kompaniyasi. RoboForex Foreks sanoatidagi yetakchi dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.
RoboForex moliya bozorining eng nufuzli mutaxassislari tomonidan ishonchli hamkor sifatida tan olingan. Kompaniya koʻplab nufuzli mukofotlarni qoʻlga kiritgan. RoboForex kompaniyalar guruhi FSC Belize regulyatoridan xizmat koʻrsatish uchun xalqaro litsenziyaga (litsenziya raqami: FSC / 000138/437).

Pocket Option

Pocket Option 2017-yilda tashkil etilgan. Kompaniya professional treyderlar jamoasi, shuningdek, IT va FinTech mutaxassislariga ega. Broker mijozlariga valyuta juftliklari, tovarlar, qimmatli qogʻozlar, kriptovalyutalar va indekslar bilan treyding qilish imkoniyatini taqdim etadi. Pocket Option mijozlariga 100 dan ortiq global treyding aktivlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Kompaniya moliyaviy bozorlarda ishlash oʻzining noyob treyding platformasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, Pocket Option mijozlari MT5 platformasidan ham treyding qilishi mumkin. Broker dunyodagi 95 dan ortiq mamlakatlar va mintaqalarda xizmat koʻrsatadi. Pocket Option kompaniyasining ustuvor yoʻnalishi mijozlarga xizmat koʻrsatishning yuqori sifati, treyding texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirish va moliyaviy innovatsiyalar hisoblanadi. Broker foydali bonus dasturlarini ham taklif qiladi.

Exness

Exness treyding kompaniyasi Foreks bozorida 2008-yildan beri ishlaydi. Broker 130 dan ortiq mamlakatda qonuniy faoliyat yuritadi va barcha yurisdiksiyalardagi mahalliy qonunlarga toʻliq rioya qiladi. Exness kompaniyalar guruhi quyidagi regulyator organlar tomonidan berilgan litsenziyalarga ega: FCA 730729 (Birlashgan Qirollik), CySEC 178/12 (Kipr), FSA SD025 (Seyshel orollari), CBCS 0003LSI (Kyurasao van Sen Marten) FSC SIBA/L/20/1133 (Britaniya Virgin orollari), FSC GB20025294 (Mavrikiy), FSCA 51024 (Janubiy Afrika) , CMA 162 (Keniya). Bulardan tashqari, broker Moliyaviy komissiya a’zosi ham bo‘lib, fors-major holatlarida har bir mijozga 20000 yevrogacha sug‘urta qoplamasini taqdim etadi. Xizmat CySEC (Qimmatli qogʻozlar komissiyas), FCA (Birlashgan Qirollik Moliyaviy tartibga solish va nazorat boshqarmasi) va FSA (Seyshel Orollari Respublikasining Moliyaviy tartibga solish va nazorat boshqarmasi) litseniyalari tomonidan tartibga solinadi. Broker Foreks reytingida yetakchi oʻrinni egallaydi. Kompaniyaning oylik treyding aylanmasi 325,8 milliard AQSj dollarini tashkil etadi. Hozirgi kunda broker kriptovalyutalar, aksiyalar, 120 dan ortiq valyuta juftlligi, energiya va metallar uchun CFDlarga ega. Exness xizmati treyderlar uchun qulay ish sharoitlarini taʼminlaydi: past komissiya, buyruqlarning bir zumda bajarilishi va pul mablagʻlarini yechib olish. Treyderalr ehtiyojlariga qarab hisob ochishning bir necha variantlari mavjud. Boshlangʻich darajadagi treyderlar va professional treyderlar uchun foydali boʻlgan oʻquv hisobi – demo hisob ham mavjud.

TeleTrade

TeleTrade 1994-yilda tashkil etilgan. Kompaniya 2018-yilda Yevropadagi eng yaxshi broker sifatida Traders Union mukofotini qo‘lga kiritgan. Brokerlik kompaniyasi moliya bozorida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilot Foreks dilerlari assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek, Kipr Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi (CySEC, 158/11) tomonidan tartibga solinadi.
Broker turli valyuta juftliklari, shuningdek, metallar, aksiyalar, kriptovalyutalar, indekslar va energiya bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi.

FreshForex

FreshForex 2004-yildan beri faoliyat yuritadi. Broker Kingstaun, Sent-Vinsent va Grenadin orollari hududida roʻyxatdan oʻtgan. FreshForex 20 dan ortiq xalqaro mukofotlarni qoʻlga kiritgan va bu yutuqlar 2016-yilda FXDailyInfo boʻyicha eng yaxshi savdo shartlari va 2017-yilda eng yaxshi bonus dasturini oʻz ichiga oladi.

2024-yilda eng yaxshi treyding platformasini tanlashda 7 muhim omil

Foydalanuvchilarga uzluksiz tajribani taqdim etish uchun onlayn treyding platformasi taklif qilishi kerak boʻlgan bir qancha omillar mavjud. Biz onlayn treyding platformasini qidirayotgan barcha treyderlar uchun yettita eng muhim omil roʻyxatni tuzdik.

  • Foydalanuvchilar uchun qulaylik


    Foydalanuvchi uchun qulaylik eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan eng muhim omillardan biri. Bu nafaqat treyding jarayoni qulash boʻlishini sezilarli darajada oshirishni taʼminlaydi, balki foydalanuvchilarga qisqa vaqt ichida treyding platformasidan foydalanishni oʻrganib olishga imkon beradi.

    point-1
  • point-2

    Xavfsiz kirish


    Hech kim himoya va xavfsizlik xususiyatlarini taklif qilmaydigan treyding platformasidan foydalanib investitsiya kiritishni xohlamaydi. Foydalanuvchi hisob maʼlumotlari tarqalishining oldini olish uchun koʻp bosqichli autentifikatsiya bilan taʼminlangan treyding platformasini tanlash tavsiya etiladi.

  • Qidiruv funksiyasi


    Treyder soʻzi otib olmoqchi va sotmoqchi boʻlgan turli kompaniyalar aksiyalarini qoʻlda qidirishi qiyin jarayon. Shuning uchun keng qamrovli qidiruv funksiyasini taklif qiladigan treyding platformalaridan birini tanlash muhim hisoblanadi.

    point-3
  • point-4

    Buyruq turlari


    Xatarlarni yaxshiroq boshqarish uchun onlayn treyding platformalari buyruqni toʻxtatish funksiyasini taklif qilishi kerak. Bundan tashqari, broker shartli buyurtmalarni ham taklif qilsa, bu katta afzallik hisoblanadi.

  • Narx bildirishnomalari va ogohlantirishlar


    Har bir treyder soʻnggi narxlardan xabardor boʻlishni xohlaydi. Har doim narx bildirishnomalari va ogohlantirishlarni sozlash oson boʻlgan treyding platformasini tanlang.

    point-5
  • point-6

    Portfel hisobotlari va xizmat haqi


    Har bir treyder oʻzining treyding koʻrsatkichlarini kuzatib borishni xohlaydi. Buni faqat treyding platformasi portfel hisobotlarini taklif qilsagina taqdim etish mumkin. Garchi bu kamdan-kam hollarda sodir boʻlsa-da, brokerga toʻlanadigan toʻlov ham yaxshi tajriba uchun shaffof boʻlishi kerak.

  • Tadqiqot vositalari


    Fundamental va texnik tahlil uchun tadqiqot vositalarini taklif qiluvchi onlayn brokerni tanlang.

    point-7

Opsion treydingi uchun eng yaxshi platformalar

Har bir treyder uchun quyidagilarni taklif qiladigan treyding platformasi variantini tanlash muhim:

  • Yuqori sifatga ega mijozlarga yordam xizmati

  • Ajoyib treyding vositalari

  • Yaxshi tadqiqot vositalari

  • Past opsionlar shartnoma toʻlovlari

Quyida opsion treyderlari uchun eng muhim sohalarda ustun boʻlgan opsion treyding platformalari boʻyicha eng yaxshi tanlovlarimiz keltirilgan.

Opsion treydingini taqqoslash jadvali
Nomi Treyding platformasi Minimal depozit Treyding funksiyalari Mobil treyding Batafsil
Deriv Deriv MT5, Deriv X, DTrader, SmartTrader, DBot  10$ Sintetik indekslar va opsionlar bialn treyding qilish mumkin Ha Hisob ochish
Pocket Option МТ5, xususiy platforma $5 Savdo signallariga ulanish mumkin Ha Hisob ochish
Binarium Binarium EUR 5 / USD 5 90% gacha mukofot Ha Hisob ochish

2024-yilda yangi boshlaganlar uchun eng yaxshi Treyding platformalar

Treyding oson ish emas, chunki u koʻplab oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga oladi. Sxemalarni va oshuvchi va tushuvchi narxlarni tushunish koʻp vaqt talab etadi. Bundan tashqari, foydalanuvchi tajribasi treyding platformalari va ularning xususiyatlariga bogʻliq. Biz barcha yangi boshlaganlarga treyding va investitsiya qanday amalga oshirilishini oʻrganishga yordam beradigan quyidagi eng yaxshi treyding platformalarini tanladik.

2024-yilda2024-yilda yangi boshlaganlar uchun eng yaxshi treyding platformalarning taqqoslama jadvali
Nomi Treyding platformasi Minimal depozit Treyding funksiyalari Mobil treyding Batafsil
RoboForex МТ4, МТ5, R StocksTrader, R MobileTrader, R WebTrader $10 dan Salbiy balansdan himoyalash. Musulmon foydalanuvchilar hisoblarida svoplar yoʻq, yoqimli hamkorlik dasturi: bozorning har bir ishtirokchisi 20% gacha ulush oladi; Bir bosish bilan treyding qilish; Ha Hisob ochish
Pocket Option Pocket Option, MT5 Aksariyat toʻlov usullari uchun $50 Kopitreyding xizmati, treyding signallari va koʻrsatkichlari Ha Hisob ochish
Exness MT4, MT5, Exness savdo terminali, MT4 veb terminali, mobil platformalar Standart, Standart Sent, Standart Plyus – $1, Raw Spread, Zero, Pro – $200 Kriptovalyutalar savdosi mavjud Ha Hisob ochish
TeleTrade MT4, МТ5 10 AQSH dollari  Kriptovalyuta treydingi, ijtimoiy treyding. Ha Hisob ochish
FreshForex МТ4, МТ5 0 AQSH dollari Maslahatchilar bilan avtomatlashtirilgan savdo; Bepul tahliliy sharhlar; Hech qanday komissiya olinmaydi; Telegram orqali savdo qilish. Ha Hisob ochish
IC Markets МТ4, МТ5, cTrader $200 Avtomatlashgan treydingga ruxsat etiladi Ha Hisob ochish

Eng yaxshi treyding platformasi qanday tanlanadi| Mutaxassis fikri

Savol platforma haqida emas, balki sizning maqsadlaringiz haqida. Siz tanlatdigan platformadan qatʼi nazar, agar brokeringiz unga kirishni taklif qilmasa, siz undan foydalana olmaysiz. Siz oʻzingiz foydalanmoqchi boʻlgan platforma asosida brokerni tanlashingiz mumkin, ammo professional treydinda platformalar hech qachon asosiy mezon boʻlmagan, chunki spred, treyding shartlari va qoidalari ulardan muhimroqdir. Shuning uchun men avval broker tanlashni, keyin esa uning platformasi bilan ishlashni oʻrganishni maslahat bergan boʻlardim.

Anton Xaritonov

Anton Xaritonov

Traders Union saytida treyder va muharrir

Biroq, broker tanlash uchun bir nechta platformalarni taklif etganda bu masala boshqacha tus oladi. Bunday vaziyatda eng yaxshi treyding platformasi qanday tanlash boʻyicha quyidagi maslahatlarga amal qiling:

  • MT4 va MT5 ustuvor hisoblanadi. Bular eng mashhur va hali ham ishlab chiquvchi platformalar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. MT5 strategiyalar va mutaxassis maslahatchilarni qoʻlda sinab koʻrish uchun eng yaxshi vosita boʻlsa, MT4 treyding uchun yaxshiroqdir. MT5 platformasi qiziqarli “imtiyozlarni” taklif qilsa-da, aksariyat koʻrsatkichlar, skriptlar va mutaxassis maslahatchilar MLQ4da yozilgan. Siz MT5 kodini oʻzgartirishga buyurtma berishingiz mumkin, ammo unda unchalik ahamiyatga ega emas.

  • Binar opsion platformalari orasida tanlov doirasi cheklangan. Har bir broker faqat bitta platformaga ega. Boshqa shartlar teng boʻlsa, men vositalar toʻplamiga eʼtibor berishni maslahat beraman. Binar platformalarga moslashtirilgan koʻrsatkichlarni qoʻshib boʻlmaydi. Shuning uchun, platforma qancha koʻp koʻrsatkichlar va grafik vositalarini taklif qilsa, u shuncha yaxshi boʻladi.

  • Birinchi navbatda, platformada ishlash qulay boʻlishi kerak. Demo hisobini oching va turli platformalarni sinab koʻring. Bu tanlov qilishingizni osonlashtiradi.

Savollarga javoblar

Eng yaxshi treyding platformasi qanday tanlanadi?

Eng yaxshi treyding platformasini tanlashda quyidagi xususiyatlarga eʼtibor bering: foydalanuvchilar uchun qulaylik, xavfsiz kirish, qidiruv funksiyasi, buyruq turlari, narx bildirishnomalari va ogohlantirishlar, portfel hisobotlari va xizmat toʻlovlari, tadqiqot vositalari.

Foreks treyding uchun qaysi platformani ishlatishim kerak?

Мetatrader 4. Bu hozirda eng yaxshi platforma. Treyding xususiyatlari bir marta bosish orqali treyding qilish va treyling stop, strategiya sinovchisi, grafik koʻrsatkichlar va texnik tahlil kabilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, siz yangiliklar tasmasini yoqishingiz va MQL5 hamjamiyatining kopitreyding xizmatiga kirishingiz mumkin. Istalgan miqdordagi moslashtirilgan koʻrsatkichlar, skriptlar va mutaxassis maslahatchilarni qoʻshish mumkin; moslash mumkin boʻlgan interfeys, 3 turdagi diagrammalar va asosiy vaqt oraliqlari mavjud. Platforma tushunarli va foydalanuvchilar uchun qulay. Treyderlar qulayligi uchun ayrim xususiyatlar va buyruqlar takrorlanadi.

МТ4 va МТ5 platformalari oʻrtasida qanday farq bor?

MT5 faqat fond bozorida qoʻllanadigan bozor chuqurligi, koʻp sondagi koʻrsatkichlar va vaqt oraligʻi, ikkita kutilayotgan buyruq va oʻzgartirilgan buyruqni bajarish siyosati kabi xususiyatlarga ega. Foydali yaxshilanishlar MQL hamjamiyatining qayta ishlash quvvatidan foydalanadigan yangilangan strategiya sinovchisini oʻz ichiga oladi. Ushbu yangilanishlar platformani unchalik yaxshilamaganligi va foydalanuvchi vositalarining aksariyati MQL4da yozilganligi sababli, treyderlar treyding uchun MT4 va sinov uchun MT5 platformasidan foydalanishni afzal koʻrishadi.

Boshqa broker hisobini MT4/MT5 platformasi bilan ulash mumkinmi?

Nazariy jihatdan bu mumkin. Hisob raqamiga qoʻshimcha ravishda xizmatni taqdim etishingiz kerak. Amalda bu juda murakkab. Brokerlar MetaQuotesdan MT4/MT5 litsenziyalarini xarid qiladilar va ularni oʻz texnik talablariga muvofiq sozlaydilar. Shuning uchun, platformani broker veb-saytidan yuklab olganingizdan keyingina u bilan ishlashingiz mumkin. Va xuddi shu broker bilan ochgan hisoblaringizni platforma bilan ulashingiz mumkin. Aksariyat hollarda boshqa brokerlardagi hisoblarni platforma bilan ulay olmaysiz va agar sizda ikkita turli brokerdan ikkita hisobingiz boʻlsa, ikkita platformani yuklab olish osonroq yechib boʻladi.

Maqola ustida ishlagan jamoa

Ivan Andriyenko
Traders Unionda yozuvchi

Ivan Andriyenko - moliyaviy ekspert va tahlilchi. U Foreks, fond va kriptovalyuta bozorlarida savdo qilish boʻyicha ekspert. Past yoki oʻrta riskli konservativ strategiyalar, oʻrta va uzoq muddatli investitsiyalar uning afzal koʻrgan savdo uslubidir. U moliyaviy bozorlarda 7 yillik tajribaga ega. Ivan boshlangʻich treyderlar uchun maqolalar tayyorlash, shuningdek, brokerlarni koʻrib chiqish va baholash, ularning ishonchliligi, savdo sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

Ivan doimiy ravishda eng samarali variantlarni tanlab, turli aktivlar uchun yangi strategiyalarni sinab koʻradi. Bundan tashqari, u boshlangʻich treyderlarga yordam berishni ishning muhim jihati deb hisoblaydi. U yangi boshlovchilar uchun talab qilinadigan maʼlumotlar - oʻquv materiallari, strategiyalar bilan oʻrtoqlashadi.

Ivanning shiori: Muntazam oʻrganish va tajriba muvaffaqiyatga olib keladi.

Nodirjon Hamraev
Rivojlanayotgan oʻzbek muharriri

Nodirjon Hamraev ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega professional tarjimon. Hozirga qadar hujjatlardan tortib, saytlarga qadar materiallarni oʻz ichiga oluvchi 250 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mirjan Hipolito
Kriptovalyuta va birja treyderi

Mirjan Hipolito jurnalist va Trader Union tashkilotida yangiliklar muharriri sifatida ishlaydi. U moliyaviy bozorlarda besh yillik tajribaga ega kripto yozuvchi. Uning ixtisosligi kunlik bozor yangiliklari, narxlarni prognoz qilish va birlamcha tanga takliflari (ICO) hisoblanadi. Mirjan kriptovalyuta va birja treyderi sifatida ham faoliyat yuritadi. Moliya sektorini chuqur tushunish unga oʻquvchilari uchun kripto olami murakkabliklarida osonlik bilan yoʻnalish olishga yordam beradigan maʼlumotlar boy va qiziqarli kontent yaratishga imkon beradi.