MT4 uchun eng yaxshi mutaxassis maslahatchi

Buni ulashing:

Foreks bozorlari butun kun davomida, haftada yetti kun ishlaydi. Bozorlar doimiy ravishda oʻzgarib turadi va bu jarayonda millionlab oʻzgaruvchilar treyding imkoniyatlariga taʼsir qiladi. Ayrim hollarda treyding operatsiyalarini odamlarning oʻzi hal qilishi qiyin va stressli boʻlishi mumkin. Ana shunday holatda koʻpgina odamlar Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchini tanlaydi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi sizga treyding jarayonida yordam beradi, baʼzan band boʻlganingizda yoki uxlab yotganingizda oʻrningizda savdolarni oʻtkazadi. Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi hissiy omillar taʼsiridan holi. Yaʼni ochkoʻzlik yoki qoʻrquv kabi his-tuygʻular toʻgʻri, oqilona qarorlar qabul qilishga xalal bermaydi. Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi foreks treyding natijasiga yuzaga kelivchi stressni bartaraf etadi hamda ayrim hollarda insonlardan farqli ravishda barcha oʻzgaruvchilarni bir vaqtning oʻzida qamrab oladi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi odamlarga qaraganda tezroq savdo qiladi va qarorlar qabul qiladi. Bu sizga treyding imkoniyatlaridan darhol foydalanish imkoniyatini yaratadi. Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar yordamida siz yaxshiroq maʼlumotlarga ega boʻlgan holda treyding qarorlarini qabul qilishingiz va daromad olish imkoniyatini oshirishingiz mumkin. Ammo xavfsizlik va rentabellikni kafolatlaydigan Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchini tanlash katta ahamiyatga ega.

Foreks boʻyicha eng yaxshi brokerlarga qiziqib qoldingizmi? Roboforex brokerida hisob oching

Ogohlantirish:

Foreks/CFD kabi kredit yelkali mahsulotlar treydingida yuqori darajadagi xavf mavjud. Chakana investor hisoblarining 65% dan 82% gacha boʻlgan qismi CFD treydingida pul yo'qotadi. Siz CFD qanday ishlashini tushunishingiz va pul boy berish xavfini oʻz zimmangizga olish imkoniyatingizni hisobga olishingiz kerak.

Mutaxassis maslahatchi kim?

Mutaxassis maslahatchi – bu treyding funktsiyalarini bajarish qobiliyatiga ega maxsus ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot. Ushbu dastur foreks treyderlarini imkoniyatlar haqida xabardor qiladi va ularga amalga oshirishi kerak boʻlgan savdolar haqida maslahat beradi. Bundan tashqari, mutaxassis maslahatchi foreks treyderi oʻrniga savdolarni boshlarishi ham mumkin.

2023-yilda Foreks boʻyicha eng yaxshi bepul mutaxassis maslahatchilar

Meta Quotes Language (MQL) tili yordamida dasturlashtirilgan mutaxassis maslahatchi Meta Trader platformasida ishlaydi. Meta Trader platformasi foreks treyderlari uchun moʻljallangan onlayn platforma hisoblanadi. Mutaxassis maslahatchi savdodagi eng yaxshi kirish nuqtalarini aniqlash uchun savdo signallaridan foydalanadigan matematik modeldan tashkil topgan.

Ayrim foreks boʻyicha savdo maslahatchilari foreks bozorlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplaydi va shundan keyin treyderga savdo signallarini yuboradi. Boshqalari esa bu maʼlumotlarni tahlil qiladi va ularni bozorga kirish uchun eng yaxshi vaqtni tanlash uchun ishlatadi. Mutaxassis maslahatchingiz nima qilishi uni qanday dasturlashingizga bogʻliq.

Siz hatto maxsus koʻrsatmalar yordamida mutaxassis maslahatchingizni dasturlashingiz mumkin. Shundan keyin mutaxassis maslahatchi siz band boʻlganingizda bu koʻrsatmalarga muvofiq savdolarni amalga oshiradi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchidan qanday foydalanishim mumkin?

Mutaxassis maslahatchini oʻrnatgandan keyin, siz uning parametrlarini oʻzingiz foydalanmoqchi boʻlgan treyding strategiyalariga va siz unda boʻlishini xohlagan funksiyalarga muvofiq oʻrnatishingiz kerak. Foreks boʻyicha savdo mutaxassisi bu parametrlardan foydalangan holda turli treyding imkoniyatlarini tahlil qiladi va ularga sarmoya kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi buni oʻz matematik modeliga kiritilgan savollar toʻplami orqali amalga oshiradi. U bu savollardan foydalangan holda treyding haqida qaror qabul qiladi.

Siz oʻzingiz uchun maslahatchi yaratishingiz yoki boshqa kishi tomonidan yaratilganini yuklab olishingiz mumkin. Siz mutaxassis maslahatchi signallaridan foydalanib, qaror qabul qilishingiz yoki tezda harakat qilishni tanlashingiz mumkin.

Mutaxassis maslahatchidan foydalanganda dastlab demo versiyani sinab koʻtishingiz kerak. Bu orqali dasturiy taʼminot foreks treydingizga mos kelishini tekshirishingiz mumkin. Shuningdek, oldindan oʻrganib chiqishingiz va talabga javob beradigan parametrlarni oʻrnatishingiz kerak.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar qanday ishlaydi?

Foresk boʻyicha bepul mutaxassis maslahatchilar treyding jarayonini avtomatlashtirib, savdolar orqali daromad olishingizga yordam beradi. Ular foydali treyding imkoniyatlarini aniqlash uchun texnik koʻrsatkichlar va savdo parametrlaridan foydalanadi. Ular oʻzi toʻplangan maʼlumotlarni bozorga kirish uchun eng quyi narx va sotish uchun eng yuqori narxni aniqlash uchun ishlatadilar.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar qanday ishlaydi?

Mutaxassis maslahatchini MT4 platformangizdagi diagrammaga biriktirganingizdan keyin u bozor sharoitlarini tahlil qiladi va ulardan foydalanib sizga teryding qilish boʻyicha maslahat beradi. U bozor qanday yoʻnalishda borishi haqida xulosa chiqarish uchun turli omillar va vaziyatlardan foydalanadi.

Mutaxassis maslahatchi savdo qarorlarini qabul qilishda bir qator qoidalar yoki shartlarga amal qiladi. Ushbu shartlar mavjud boʻlganda, mutaxassis maslahatchi zarur hollarda bozorlarga kirish va chiqish orqali treyderlar oʻrnidan savdolarni boshqaradi.

Mutaxassis maslahatchi funksiyalari maslahat berishdan tortib siz uchun qaror qabul qilishgacha farqlanadi. Muayyan mutaxassis maslahatchi nima qilishi mutaxassis maslahatchi turiga va uni qanday dasturlaganingizga bogʻliq.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi afzalliklari va kamchiliklari

Bepul xorijiy maslahatchilar foreks treyderlari uchun jozibali variant. Buning sababi ular treyderlarni stressdan va savdo qilish uchun vaqt ajrartishdan xalos qiladi. Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi treyderlarga dam olish va ishlarini foreks robotiga ishonib topshirishga imkon beradi.

Shunga qaramay, bundan maslahatchilar kamchiliklardan holi emas. Xorijiy mutaxassis maslahatchi toʻgʻri ishlashi uchun sizga doimiy internet aloqasi kerak boʻladi. Bundan tashqari, koʻplab foreks boʻyicha maslahatchilar firibgar boʻlib, sizga foydadan koʻra koʻproq zarar keltirishi mumkin.

👍 Afzalliklari

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar Foreks treydingida hissiyotlarga oʻrin qoldirmaydi

Baʼzida yoʻqotish qoʻrquvi yaxshi istiqbolga ega qarorlar qabul qilishingizga xalaqit berishi mumkin. Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi bu qoʻrquvni hisobga olmaydi va faqat koʻrsatmalaringizni hisobga olgan holda treyding bilan shugʻullanadi. Bundan tashqari, Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi noxolislik va ochkoʻzlikdan xoli boʻladi. Bu kechikishlar yuz berishining oldini oladi va oqilona qaror qabul qilishga imkon beradi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi tezkor ishlaydi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi bir necha soniya ichida yaxshi daromadga ega savdolarni topish uchun zarur ishni qila oladi. Bunga bozorlarni oʻrganish, omillarni tahlil qilish va foydali savdo ehtimolini aniqlash kabilar kiradi. Bu tezlik mutaxassis maslahatchiga imkon qadar koʻproq treyding imkoniyatlariga ega chiqish va boshqalarga qaraganda samaraliroq ishlash imkonini beradi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi 24/7 savdo qila oladi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi bozorda faol qolishi va kun boʻyi imkoniyatlarni izlashi mumkin. Boshqa tomondan, odamlar uxlashi, ishlashi va kundalik faoliyatlari bilan shugʻullanishi kerak. Odamlar koʻpincha tanaffuslar qilishi, natijada imkoniyatni boy berishi mumkin. Bunday holatlar mutaxassis maslahatchilar bilan yuz bermaydi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar bektestingni osonlashtiradi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar qarorlar qabul qilish davomida turli strategiyalarni sinash jarayonini tezlashtiradi. Mutaxassis maslahatchi buni bir necha soniya ichida bajarishi mumkin, odam uchun buni bajarish qiyin va koʻp vaqt talab qiladi. Mutaxassis maslahatchilar katta miqdordagi maʼlumotlarni saqlashi mumkinligi sababli, bulardan bir nechta strategiyalarni sinash uchun foydalanishi va shundan keyin savdolar uchun eng yaxshisini tanlashi mumkin.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi tajribaga boʻlgan ehtiyojni yoʻq qiladi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi yordamida endi foreks treydingni boshlayotgan odamlar osongina savdo qilishi mumkin. Ular hech qanday tajribani talab qilmaydi, chunki mutaxassis maslahatchi ularga maslahat beradi va ularning nomidan harakat qiladi.

👎 Kamchiliklari

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi fundamental maʼlumotlarni tanimaydi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi statistik maʼlumotlar, jadvallar va tarixiy maʼlumotlardan foydalangan holda qaror qabul qiladi. Biroq, ular sanoat trendlari yoki siyosiy omillar kabi tashqi omillarni eʼtiborga olmaydi. Bu omillar treyding rentabelligini aniqlashda ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Bunday maʼlumotlarning boʻlmasligi sababli savdo natijalari kutgandek boʻlmasligi mumkin.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchida texnik muammolar yuz berishi mumkin

Uyda kompyuter orqali foreks mutaxassis maslahatchidan foydalar ekansiz, texnik muammolar paydo boʻlishi mumkin. Bularga ulanish muammolari, apparatdagi nosozliklar va elektr uzilishlari kiradi. Texnik muammo savdoni toʻxtatib qoʻyishi, natijada mutaxassis maslahatchi imkoniyatlarni qoʻldan boy berishi yoki notoʻgʻri qarorlar qabul qilishi mumkin.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi bitta vosita bilan cheklanib qolishi mumkin

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi bir nechta vositalar ishtirokidagi treyding strategiyalarini amalga oshira olmaydi. Bu diversifikatsiyani kamaytiradi va xavf darajasini oshiradi. U mavjud treyding imkoniyatlari sonini kamaytirishi ham mumkin.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi ayrim strategiyalarni bajara olmaydi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi toʻlqin tahlili kabi strategiyalarni bajara olmaydi. Bu turdagi strategiya real vaqt rejimida yangiliklarga kirish imkoniyatiga ega jonli treyderlarga koʻproq mos keladi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchining asosiy turlari

Treyding maqsadlaringiz, mutaxassis maslahatchilarga boʻlgan talablaringiz va foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchi foydalaniladigan treyding turiga qarab bir necha turdagi mutaxassis maslahatchilar mavjud.

Expert Advisor Scalper

Skalper

Skalper mutaxassis maslahatchi bir vaqtning oʻzida bir nechta pozitsiyalarni ochadi. Bunday turdagi foreks boʻyicha eksport maslahatchi bu pozitsiyalarni kichik foyda keltirmagunga qadar ochiq saqlaydi. Maslahatchi bu pozitsiyalar foyda keltirishi bilan yopadi.

Skalper mutaxassis maslahatchi orqali siz bir kunda bir nechta savdolarni amalga oshirasiz va bu savdolarning aksariyatida kichik miqdorda daromad olasiz.

Skalper mutaxassis maslahatchilar hisobingiz bloklanishiga sabab boʻlishi mumkin, chunki brokerlar ularni xushlamaydi.

News Expert Advisor

Yangiliklar boʻyicha mutaxassis maslahatchi

Yangiliklar boʻyicha mutaxassis maslahatchi oʻz qarorlarini katta yangiliklardan keyingi narx yoki trend oʻzgarishlariga asosan chiqadi. U foydali treyding qarorlarini qabul qilishda ushbu oʻzgarishlardan foydalanadi. Foiz stavkalari va ish haqi boʻyicha qarorlar bilan bogʻliq moliyaviy yangiliklar hisobga olinadi.

Ushbu yangiliklar narxlarga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Yangiliklar boʻyicha mutaxassis maslahatchi buni prognoz qiladi va ulardna oʻz foydasiga foydalanadi.

Hedge Expert Advisor

Hedjing boʻyicha mutaxassis maslahatchi

Hedjing boʻyicha mutaxassis maslahatchi ikkita qarama-qarshi pozitsiyani ochish orqali ishlaydi. U bir pozitsiyada foyda olishni maqsad qiladi, ikkinchisida esa yoʻqotishni kamaytiradi. Foydali pozitsiya koʻpincha ochiq qoldiriladi, ikkinchisi esa yopiladi. Hedjing boʻyicha mutaxassis maslahatchi ikkala pozitsiyaning rentabelligini kuzatadi.

Breakout Expert Advisor

Brekaut boʻyicha mutaxassis maslahatchi

Narx oldindan belgilangan qarshilik va dastaklash darajasidan oshib ketganda, Brekaut boʻyicha mutaxassis maslahatchi savdoni ochadi. U ochadigan pozitsiya koʻpincha narxning oshishiga ulangan boʻlib, bundan mutaxassis maslahatchi foyda olish uchun foydalanadi.

Adaptive Expert Advisor

Moslashuvchan mutaxassis maslahatchi

Moslashuvchan mutaxassis maslahatchi belgilangan harakat usuliga ega emas. Ular shunchaki bozor harakatiga muvofiq harakat qiladi. Yaʼni moslashuvchan mutaxassis maslahatchilari uchun faqat parametrlarni oʻrnatasiz va ularning oʻzi qarorlar qabul qiladi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchining 5 qoidasi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchiniishga tushirishda xavflarni kamaytirish va rentabellikni oshirish uchun ayrim qoidalarga amal qilishingiz kerak.

1

Bektesting natijalariga diqqat bilan eʼtibor qiling

Treyding jarayonida aynan bektesting paytida foydalangan maʼlumotlaringizdan foydalanishingiz kerak. Yaxshi bektesting natijalari butun tizim yaxshi ishlayotganini koʻrsatmaydi. Bu shunchaki siz bektesting uchun ishlatgan maʼlumotlaringiz sifatli ekanligini anglatadi. Bu maʼlumotlardan foydalanmaslik yoqimsiz natijalarga olib kelishi mumkin.

2

Metatrader ulanishingizni tekshiring

Yuqorida aytib oʼtilganidek, agar ulanishingiz uzilib qolsa yoki texnik muammolar yuzaga kelsa, mutaxassis maslahatchi ishlamaydi. Shuning uchun Metatrader ulanishingizni tekshirib turishingiz zarur. Mutaxassis maslahatchi ishlashini yaxshilash uchun MT4 ishchi sohasida ochiq oynalar sonini kamaytiring.

3

Bozor sharoitlarini oʻrganing

Mutaxassis maslahatchingiz muvaffaqiyatsizligfiing ehtimoliy sabablaridan biri uning bozor sharoitlariga moslasha olmasligidir. Bu sharoitlar haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlishingiz katta agamiyatga ega. Agar bozor trendlari asosida qaror qabul qilmoqchi boʻlsangiz, trendli bozorlar uchun moʻljallangan mutaxassis maslahatchidan ham foydalishingiz mumkin.

4

Firibgarlikdan saqlanishga harakat qiling

Mutaxassis maslahatchingiz foreks treydingingizni boshqargani sababli, firibgarlik katta moliyaviy muammolarga sababchi boʻlishi mumkin. Mutaxassis maslahatchini yuklab olayotganda firibgarlikdan saqlanishga ishonch hosil qiling.

Oʻrganib chiqayotganda boshqa treyderlar ishonadigan turli sinalgan va tekshirilgan variantlarga eʼtiboringizni qarating. Bu sizga maʼlumotlarga ega boʻlgan holda qaror qabul qilishga yordam beradi. Haqiqiy mijozlar sharhlarini qidiring va muvodiq tarzda qaror qabul qiling.

5

Sinov davridan foydalaning

Yuqorida aytib oʻtilganidek, mutaxassis maslahatchilarda foydalanishingiz mumkin boʻlgan sinov dasturi yoki demo versiya mavjud boʻladi. Ulardan mutaxassis maslahatchini sinab koʻrish va mutaxassis maslahatchilardan foydalanganda foreks treyding qanday ishlashini tushunish uchun foydalanishingiz mumkin.

Metatrader 4 uchun Foreks boʻyicha top 15 ta mutaxassis maslahatchi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchini ishga tushirishda xavflarni kamaytirish va rentabellikni oshirish uchun ayrim qoidalarga amal qilishingiz kerak.

1

1000pip Climber mutaxassis maslahatchisi

Agar siz oylik toʻlovlar talab qilmaydigan samarali foreks treyding tizimini izlayotgan boʻlsangiz, 1000pip Climber mutaxassis maslahatchisi koʻrib chiqishga arziydi. Ushbu avtomatlashtirilgan vosita Foreks bozorida muvaffaqiyat qozonish iloji boricha sodda va muammosiz boʻlishi uchun eng zamonaviy algoritm bilan dasturlangan.

Signallar uch xil vaqt oraligʻida hosil qilinadi – 15 daqiqa, 1 soat va 4 soat – bu unga har qanday treyder xohishlarini qondirish uchun moslasha oladigan juda koʻp qirrali tizim boʻlishiga imkon beradi. Bundan tashqari, treyderlar 1:500 kredit yelkasi va xarid qilishda $297 miqdoridagi bir martalik xizmat haqi oladilar. Bulardan tashqari boshqa hech qanday oylik toʻlovlar yoʻq.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – 1000pip Climber mutaxassis maslahatchisi Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – 1000pip Climber mutaxassis maslahatchisi
2

Flex mutaxassis maslahatchisi

Sakkiz yil ketma-ket eng yaxshi MT4 maslahatchisi deb topilgan Flex mutaxassus maslahatchisi reytingi 9,5 va daromadliligi 300% ga teng. Bu trendli bozorlarda yaxshi ishlaydigan tajribali va sinovdan oʻtgan mutaxassis maslahatchi.

Flex $3000 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 500 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Flex Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Flex
3

Fortnite

Eng yaxshi maslahatchilardan biri Fortnite reytingi 9,4 va daromadliligi esa 135% ga teng. Fortnite trendlarga koʻra ham, hedjing treydingiga koʻra ham avtomatik savdolarni amalga oshiradi. Siz hatto Fortnite sozlamalarini oʻzingiz xohlagan savdo uslubiga koʻra oʻzgartirishingiz mumkin.

Fornite $500 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 100 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Fornite Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Fornite
4

Alfa Scalper

Alfa Scalper treyding imkoniyatlariga ega boʻlish uchun skalping usulidan foydalanadi. Uning reytingi 8,57 va daromadliligi 49,36%. Alfa Scalper maslahatchisidan foydalanish juda oson.

Bu maslahatchi $100 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 50 lik kredit yelkasi taqdim etadi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Alfa Scalper Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Alfa Scalper
5

Forex Gump

Koʻpgina treyderlar Forex Gumpni mavjud maslahatchilar ichida eng yaxshilaridan biri deb bilishadi. Uning reytingi 8,52 va daromadliligi 2200%. U treyding qarorlarini qabul qilish uchun kundalik treyding va skalpingdan foydalanadi.

Forex Gump maslahatchi $40 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 100 lik kredit yelkasi taqdim etadi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Forex Gump Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Forex Gump
6

FXCharger

FXCharger – 77,3% daromadlilik va 8,91 reytingga ega mashhur mutaxassis maslahatchi. FXCharger har kuni savdolarni ochadi va ularni kerakli vaqtda yopadi, natijada treyder foyda oladi.

FXCharger $1000 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 100 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – FXCharger Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – FXCharger
7

Trade Manager

Trade Manager 9,07 reyting va 65,39% daromadlilikga ega mutaxassis maslahatchi. Trade Manager yordamida siz oʻz strategiyalaringizni yaratishingiz va eng yaxshi natijalarga erishish uchun oʻz parametrlaringizni oʻrnatishingiz mumkin.

Trade Manager $100 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 50 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

8

Convert FX

Convert FX brekaut strategiyasidan foydalanadi. Uning reytingi 7,93 va daromadliligi 42,1%. Convert FX bozordagi sezilarli harakatlardan foydalanib, foyda olishga yordam beradi. Ushbu foreks boʻyicha bepul mutaxasisi maslahatchi bilan siz hatto oʻz koʻrsatkichlaringizni ham oʻrnatishingiz mumkin.

Convert FX $100 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 50 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

9

Forex Diamond mutaxassis maslahatchisi

Forex Diamond mutaxassis maslahatchisi juda samarali mutaxassis maslahatchi hisoblanadi. Uning reytingi 7,8 va daromadliligi 63,39%. Forex Diamond mutaxassis maslahatchisi treyding qarorlarini qabul qilish uchun trend va kontrtrend strategiyalaridan foydalanadi. U tezkor, xavfsiz va tushunarli.

Forex Diamond $1000 miqdoridagi depozitni talab qiladi va 500 lik kredit yelkasini taklif qiladi.

Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Forex Diamond Metatrader 4 uchun mutaxassis maslahatchilar – Forex Diamond
10

FX Eternals mutaxassis maslahatchisi

FX Eternals – bu avtomatlashtirilgan treydingdan foyda olishni istagan har qanday Foreks treyderi uchun mukammal vosita. U MetaTrader 4 (MT4) va MetaTrader 5 (MT5) platformalarida ishlaydi, shuning uchun siz platformadan qatʼi nazar, unga kirishingiz va foyda olishingiz mumkin. Ushbu ishlanma uchta risk sozlamalari tomonidan dastaklanadigan yuqori daromadlarni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan: Past, oʻrta va yuqori riks orqali uni foydalanuvchining xohishiga qarab osongina sozlash mumkin.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar himoya funksiyasiga ega yangiliklar filtri va ushbu mutaxassis maslahatchida dasturlashtirilgan foydali uzoq muddatli algoritm bilan himoyalangan. 1:100 gacha boʻlgan kredit yelkasi eng yaxshi natijalarga eha boʻlishingizni taʼminlaydi. Agar siz uchun ishonch darajasi yuqori boʻlishi kerak boʻlsa, treyderlar uchun 30 kunlik pulni qaytarib berish kafolati taqdim etiladi.

11

Forex Fury mutaxassis maslahatchisi

Forex Fury – bu bozorda 8 yildan ortiq sinovdan oʻtgan ishonchli va tajribali avtomatlashtirilgan treyding tizimi. U Myfxbook tomonidan tasdiqlangan haqiqiy savdo hisoblariga ega bir nechta robotlashtirilgan treyding tizimlaridan biridir. Bundan tashqari, uning jamoasi savdolarni MT4 va MT5 hisoblarida jonli sharoitda sinab koʻradi.

Siz uchta risk strategiyasidan (past, oʻrta yoki yuqori) birini tanlashingiz, shuningdek oʻzingizga yoqqan har qanday juftlik, indeks yoki kripto bilan savdo qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, ushbu hisoblarning yutuq darajasi odatda 93-100% oraligʻida boʻladi. Nihoyat, treyderlar atigi $229,99 bilan ushbu funksiyalarning barchasiga umrbod aʼzo boʻlishi mumkin.

12

Happy News mutaxassis maslahatchisi

Happy Forex – bu professional treyderlar tomonidan ishlab chiqilgan FX boʻyicha ajoyib mutaxassis maslahatchi. U lot oʻlchamlarini oshirmasdan qayta sugʻurtalash pozitsiyalaridan foydalanish uchun pulni boshqarish strategiyasidan foydalanadi. Robot bozorga xavfsiz kirishni taʼminlash uchun texnik tahlil koʻrsatkichlaridan ham foydalanadi.

Ushbu robot spredda 4 foiz punktidan koʻp boʻlmagan va bir nechta valyuta juftliklari uchun MetaTrader4 platformasida ishlaydigan har qanday broker bilan ishlashga moʻljallangan. Uning 24/7 davomida ishlashini taʼminlash uchun foydalanuvchilarga Happy Forex robotini virtual xususiy serverdan (VPS) boshqarish tavsiya etiladi. Treyderlar uchun 1:500 lik kredit yelkasi va $100 minimal depozit taklif etiladi.

13

FXCipher mutaxassis maslahatchisi

FXCipher – bu treyderlar oldindan oʻrnatilgan noyob sozlamalarni tanlashi mumkin boʻlgan rivojlangan avtomatlashtirilgan Foreks treyding roboti. U MetaTrader 4 va MetaTrader 5 platformalarida ishlash uchun ishlab chiqilgan va potensial xavfni minimallashtirish maqsadida turli foreks bozori sharoitlarida uning samaradorligini sinash va optimallash uchun ikkita turli ichki oʻrnatilgan strategiyalar bilan birga taqdim etiladi.

FXCipher maslahatchisi rejalashtirilmagan yoʻqotishlar oldini olish uchun xavfni nazorat qilish tizimiga ega va har qanday broker yoki hisob turiga mos keladi. Ushbu mutaxassis maslahatchi beshta valyuta juftligini dastaklaydi va treyderga 1:100 gacha kredit yelkasi bilan moslashtirilgan sozlamalarni taklif qiladi. Ushbu mukammal treyding vositasining narxi $295 ga teng ham unda 30 kunlik pulni qaytarish kafolatlanadi.

14

FXGoodway mutaxassis maslahatchisi

FXGoodway – bu taniqli MetaTrader 4 desktop platformasida Grid treyding strategiyasidan foydalanadigan avtomatlashtirilgan treyding ishlanmasi. Ushbu mutaxassis maslahatchi oʻzining ichki oʻrnatilgan strategiyasi asosida potensial savdo sozlamalarini tekshiradi va oxirgi bozor sharoitlarini hisobga olgan holda qaysi modeldan foydalanishni baholaydi.

Bundan tashqari, FXGoodway foydalanuvchilarga bir vaqtning oʻzida bir nechta seanslarda savdo qilish imkonini beruvchi va ikkita oldindan oʻrnatilgan fayl bilan birga taqdim etiladigan noyob algoritmga ega. U EUR/USD va USD/CHF valyuta juftliklarini taklif qiladi va treyderlar 1:100 nisbatdagi kredit yelkasida foydalanishlari mumkin. $275 ga narxdagi ushbu muvaffaqiyatli mutaxassis maslahatchi oʻzining ishlashidan qoniqmagan foydalanuvchilarga pulni qaytarib berish kafolatini taklif qiladi.

15

FXTrackPRO mutaxassis maslahatchisi

FXTrackPRO – bu MT4 yoki MT5 desktop platformalarida avtomatik ravishda treyding bilan shugʻullanuvchi mashhur mutaxassis maslahatchi. U butunlay avtomatlashtirilgan foreks strategiyasidan foydalanadi va 3 turdagi koʻrsatkichlar bilan ishlaydi. Ushbu dastur bir vaqtning oʻzida 6 tagacha valyuta juftlariga joylashtirilishi mumkin. Bu imkoniyat treyderlarga oʻzlarining treyding ehtiyojlari bilan bogʻliq alohida qamrov doirasini taqdim etadi.

Bundan tashqari, FXTrackPRO maslahatchisi hisobingizni rejalashtirilmagan yoʻqotishlardan himoyalovchi xavflarni boshqarish tizimiga ega boʻlib, bu uni nihoyatda ishonchli va foydali vositaga aylantiradi. Qoʻshimcha bonus sifatida ushbu vosita har qanday broker va hisob turiga mos keladi, umr boʻyi bepul yangilanishlarni taqdim etadi va 1:200 nisbatdagi kredit yelkasini taklif qiladi. Toʻlov rejalari pulni qaytarib berish kafolati bilan birga $325 dan boshlanadi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar qanday oʻrnatiladi va savdo qilinadi

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar bilan treyding qilish uchun ishni uni onlayn yuklab olishdan boshlashingiz kerak. Ularni turli xil veb-saytlardan osonlik bilan bepul topishingiz mumkin. Foreks boʻyicha maslahatchini yuklab olgandan keyin uni faollashtirish uchun ayrim qadamlarni bajarishingiz kerak.

1-qadam:

Oʻrnatilgan mutaxassis maslahatchi jildiga oʻting va undagi fayllarni nusxalang.

2-qadam:

“Metatrader4” nomli jildni toping. Uni koʻp hollarda C: diskingizda topasiz. Undagi “mutaxassislar” nomli jildga oʻting va 1-qadamning bir qismi sifatida nusxalangan mutaxassis maslahatchi fayllarini joylashtiring. Agar qalqib chiquvchi oynada admin ruxsati soʻralsa, unga ruxsat bering.

3-qadam:

MT4 platformangizni ishga tushiring.

4-qadam:

“Mutaxassis maslahatchilar” boʻlimiga oʻting. Keyin mavjud mutaxassis maslahatchilarni topish uchun “+” belgisiga oʻting. Mutaxassis maslahatchini tanlang.

5-qadam:

Tanlagan mutaxassis maslahatchisini ekrandagi diagrammalarga tortib oʻtkazing.

6-qadam:

Qalqib chiquvchi oyna yordamida sozlamalarni oʻzgartiring. Sozlamalarni oʻzgartiring va “OK” tugmasini bosing.

Maslahatchidan foydalanganda, hamma narsa toʻgʻri ishlashini tekshirish uchun uni avval demo versiyasida sinab koʻring. Foreks boʻyicha mos mutaxassis maslahatchini tanlash juda muhim.

Foreks boʻyicha eng yaxshi mutaxassis maslahatchilarni yuklab olish

Quyida bir nechta havolalar berilgan. Ular orqali foreks treyding uchun bepul mutaxassis maslahatchilarni yuklab olishingiz mumkin.

Trader New

Bu Ichimoku koʻrsatkichi boʻyicha mutaxassis. U joriy narx + OP_Level ostida kutilayotgan buyurtmani oʻrnatadi. Agar narx CL_Level qiymatiga qarama-qarshi yoʻnalishda harakat qilsa, u kutilayotgan buyurtmani oʻchiradi.

Parametrlar roʻyxati:

  • OP_Signal1 – OP_Signal4 – Pozitsiyani ochish signallari (0 – taqiqlangan, 1 – ruxsat etilgan);

  • CL_Signal – Pozitsiyani majburiy yopish signali (0 – taqiqlangan, 1 – ruxsat etilgan);

  • OP_Level – kutilayotgan ochiq buyurtma darajasi (joriy narxga tomon siljish);

  • CL_Level – kutilayotgan buyurtmani oʻchirish darajasi.

Daydream01

Britaniya funt sterlingi yoki Amerika dollari bilan sinovdan oʻtkazilganda, u 1 soatlik vaqt ichida juda yaxshi natijalarni koʻrsatdi.

Oʻrnatish boʻyicha qadam-baqadam qoʻllanma:

  1. *.ex4 yoki *.mq4 maslahatchi faylini treyding terminalingizdagi “Mutaxassislar” katalogiga joylashtiring. Ammo yoʻlning birinchi qismi (“Mutaxassislar”dan oldingi qism) siz foydalanadigan brokerga va terminalingiz qayerda oʻrnatilganiga qarab farq qilishi mumkin.

  2. Faylni tegishli katalogga nusxalagandan keyin maslahatchi bilan treydingni boshlashingiz mumkin. Buning uchun siz MetaTrader 4 terminalingizni (terminal.exe fayli) ishga tushirishingiz va maslahatchini quyidagi usullardan birini bajarish orqali diagrammaga biriktirishingiz kerak.

  3. Terminalingiz yuklangach “Navigator” oynasiga oʻting, “Maslahatchilar” boʻlimini oching va maslahatchini diagrammaga ushlab torting. Maslahatchingiz kulrang rangda ekanligiga eʼtibor bermang – bu uning ish samaradorligiga taʼsir qilmaydi (boshlangʻich kodga ega boʻlmagan barcha maslahatchilar bir xil rangda koʻrsatiladi). Maslahatchini diagrammaga tortib oʻtkazgach, ikkita yorliqli oynani koʻrasiz: Umumiy va Parametrlarni kiritish. Umumiy yorligʻiga oʻting va “Maslahatchini savdoga kiritish” va “Signallarni yoqish” parametrlari kataklarini belgilang. “Qoʻlda tasdiqlash” va “Signallar takrorlanmasin” kataklarida hech qanday belgi yoʻqligiga ishonch hosil qiling. Uzun va qisqa pozitsiyalar ham faollashtirilishi kerak. Qolgan sozlamalarni standart holatida qoldiring. “OK” tugmasini bosgach, maslahatchi avtomatik ravishda diagrammaning yuqori oʻng qismida chiqadi.

  4. “Parametrlarni kiritish” yorligʻi orqali treyding jarayoni sozlamalarini (oʻzgaruvchilarni) oʻzgartirishingiz mumkin.

Calypso

Bu bir nechta valyutalar boʻyicha mutaxassis, yaʼni u har qanday valyuta juftligi yoki hatto bir vaqtning oʻzida bir nechta valyuta juftliklari bilan ishlaydi. Siz uni ikkita rejimga muvofiq sozlashingiz mumkin: StopLosslar bilan yoki StopLosslarsiz. Bu treyding tizimi risklardan himoya qiladi, shuning uchun treyding hisobingizning nolga tenglashish ehtimoli yoʻq.

Texnik xususiyatlari:

  • Treyding platformasi: MetaTrader 4;

  • Tavsiya etilgan valyuta juftliklari: EUR/USD, GBP/USD, USD/JPY;

  • Recommended vaqt oraligʻi: Н1;

  • Maslahatchining daromadliligi: oyiga 30% dan;

  • Minimal depozit: 100$;

  • Minimal lot: 0,01;

  • Kredit yelkasi: 1:100 va bundan yuqori

  • Maslahatchi parametrlarini kiritish:

  • Target – bu barcha valyuta juftliklari uchun umumiy boʻlgan foyda koʻzlangan parametr.

  • Lotlar – bu treyding uchun foydalaniladigan treyding loti (treyding terminalingiz uchun ruxsat etilgan lot hajmi koʻrsatilishi kerak).

Strategiya tanlash:

  • Strategiya = 1 – quyidagi valyuta juftliklari uchun: GBP/USD, EUR/USD, EUR/GBP (jami 3 ta valyuta juftligi);

  • Strategiya = 2–quyidagi valyuta juftliklari uchun: EUR/GBP, EUR/USD, USD/CHF, GBP/USD, USD/JPY, GBP/JPY, EUR/CHF, GBP/CHF, EUR/JPY GBP/USD, EUR/USD, EUR/GBP (jami 9 ta valyuta juftligi);

  • Strategiya = 3 – quyidagi valyuta juftliklari uchun: EUR/GBP, EUR/USD, USD/CHF, GBP/USD, USD/JPY, GBP/JPY, EUR/CHF, GBP/CHF, USD/CAD, EUR/JPY, AUD/USD, EUR/CAD, NZD/USD, EUR/AUD, EUR/NZD (jami 15 ta valyuta juftligi);

  • Strategiya = 0 – oʻrnatilgan maslahatchi allaqachon ishlaydigan valyuta juftligi uchun. Bu funksiyadan faqat maslahatchini sozlash uchun foydalanganingiz yaxshi.

  • StopLoss yoqilgan. Sm_mode “notoʻgʻri” parametriga oʻrnatiladi. Uni “toʻgʻri”parametriga oʻrnatish StopLossni faollashtiradi.

  • Barcha valyuta juftliklari uchun hedjing. Tanlangan strategiyaga qarab, hedjing funksiyasi faqat yoqilgan strategiyaga kiritilgan valyuta juftlari uchun faollashtiriladi.

Day Profit SE

Bu maslahatchi quyidagi valyuta juftliklari bilan ishlash uchun moʻljallangan: GBP/USD, EUR/USD, USD/CHF va EUR/GBP. Bu yuqori operatsion barqarorligi bilan ajralib turadi. Ushbu treyding roboti $1000 lik boshlangʻich depozit bilan kuniga $50 ishlash imkoniyatini beradi. Sent hisobi uchun tavsiya etilgan depozit 10 yevro. Kuniga faqat bir marta kirish amalga oshiriladi.

Breakout11

StopLoss 50 punktga, Teyk-Profit esa 80 punktga teng, bu moliyaviy boshqaruvning asosiy qoidasini buzadi –Teyk-Profit StopLossdan uch baravar ortiq boʻlishi kerak. Tizim 50% foyda beradi, shuning uchun agar buyurtmalar hajmi boʻyicha savdo qilsangiz, juda yaxshi mutaxassis maslahatchi yaratishingiz mumkin.

Euro Fx2

Bu mutaxassis Britaniya funt sterlingi boʻyicha bitimdan 73% foyda beradi. Bunday yuqori daromadlilikning sababi shundaki, bu mutaxassis faqat bitta lot bilan savdo qilmaydi, foydali boʻlsa, ochilgan pozitsiya hajmini barqaror ravishda oshiradi. U ochilgan pozitsiyani harakatlanuvchi stop bilan kuzatib boradi. U signal turiga va uning kuchiga qarab juda farqlanadi. U MACD-gistogrammalariga asoslanadi.

Channels

Ushbu maslahatchi konvertlar indikatori asosida kanallarni yaratadi. Bu muayyan kanallarda harakatlanuvchi oʻrtacha qiymatlarni kesib oʻtishda pozitsiyani ochadi. U pozitsiyani treyling-stop bilan kuzatib boradi. Tushish darajasi taqdim etiladi.

Mutaxassis maslahatchilar bilan savdo qilish uchun eng yaxshi 5 ta Foreks brokerlari

Mutaxassis maslahatchi xavfsiz va ishonchli ishlashi uchun yaxshi foreks brokeri zarur. Yuqorida aytib oʻtilganidek, mutaxassis maslahatchini sinab koʻrishingiz uchun demo hisob kerak. Yaxshi foreks brokeri demi hisob taklif etadi.

Firibgarlardan saqlanish uchun har doim obroʻli brokerni tanlashingiz kerak. AQShda broker Milliy fyuchers assotsiatsiyasiga aʼzo ekanligini tekshirishingiz mumkin. Broker yaxshi obroʻga ega ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Bundan tashqari, broker mijozlarga yaxshi xizmat koʻrsatishiga ishonch hosil qilishingiz kerak, chunki bu mutaxassis maslahatchi bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday texnik muammolarni hal qilishi mumkin.

Broker Treyding terminallari EUR/USD odatiy spredi

RoboForex

MT4

Qalquvchi

HISOB OCHISH

XM Broker

МТ4, МТ5

Qalquvchi

HISOB OCHISH

IC Markets

МТ4, МТ5, cTrader

Qalquvchi

HISOB OCHISH

Pocket Option

Pocket Option, MT5

Qalquvchi

HISOB OCHISH

AvaTrade

MT4, MT5, Mirror Trader, ZuluTrade, AvaTrader

Qalquvchi

HISOB OCHISH

Yangi boshlovchilar uchun Foreks boʻyicha eng yaxshi mutaxassis maslahatchi konstruktori

RoboForex yangi boshlovchilar uchun Foreks boʻyicha eng yaxshi maslahatchi konstruktorlarni taklif etadi. Brokerda asosiy dasturlash ko‘nikmalariga ega foydalanuvchilar uchun Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilarni yaratish va sinovdan o‘tkazishga moʻljallangan maxsus platformalar taqdim etiladi.

Mutaxassis maslahatchi ustasi – bu yangi boshlovchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan va treyding robotlarini yaratish uchun vositalarni taklif qiluvchi platforma. Treyderlar yetarlicha dasturlash bilimiga ega boʻlmasdan, cheksiz miqdorda treyding robotlarini ishlab chiqishlari mumkin. Ularni yaratib boʻlgach, osonlik bilan MT4 platformasiga oʻtkazishingiz mumkin.

R StocksTrader – bu birja va boshqa bozorlar uchun treyding robotlarini yaratishga moʻljallangan dastur. Uning aksariyat funksiyalari avtomatlashtirilgan. Platforma 12 000 ta treyding aktivlariga kirish imkonini beradi.

IC Markets – Mutaxassis maslahatchi professionallari uchun eng yaxshi foreks brokerlari

IC Markets – mutaxassis maslahatchilar bilan treyding qilish uchun ajoyib tanlov. 200 dan ortiq savdo qilinadigan aktivlar, jumladan, Foreks juftliklari, CFDlar va kripto, har doim sizga mos keladigan bozor mavjud. IC Markets 2007-yilda tashkil etilgan, shtab-kvartirasi Avstraliyada joylashgan, koʻp qirrali va ishonchli foreks brokeridir. Ushbu broker foreks juftliklari, CFDlar va kriptovalyutalar kabi keng koʻlamda sav qilinadigan aktivlarni taklif etadi, bu esa uni mutaxassis maslahatchilar treydingiz uchun ideal platformaga aylantiradi.

Treydingni boshlash uchun kamida $200 depozit qilishingiz va quyidagi uchta platformadan birini tanlashingiz kerak: MetaTrader 4, MetaTrader 5 yoki cTrader. Sizdan pul yechib olishda va nofaol boʻlganda toʻlovlar olinmaydi hamda bir tartibga soluvchi organlar, jumladan ASIC tomonidan tartibga solinadigan broker xizmatlari taqdim etiladi. Bunday funksiyalar va boshqalarga ega IC Markets oʻz foydalanuvchilariga mutaxassis maslahatchi treydingi uchun katta qiymat taqdim etadi.

Xulosa

Summary

Mutaxassis maslahatchi – bu ortiqcha harakat qilmasdan foreks treydingda daromadingingizni oshirishingiz mumkin boʻlgan ajoyib usul. Mutaxassis maslahatchi siz uxlayotganingizda treyding imkoniyatlarini boshqaradi va koʻplab omillarni tahlil qiladi.

Sizga tanlashingiz uchun koʻplab bepul foreks maslahatchilari taqdim etiladi. Flex, Fortnite va FX Charger kabilar eng mashhur maslahatchilardan ayrimlaridir. Siz ularni maqsadingiz va oʻzingiz foydalanmoqchi boʻlgan treyding uslubiga bogʻliq tarzda tanlashingiz kerak boʻladi.

Foreks brokerlari reytingini tuzish metodologiyasi

Traders Union brokerlarni baholash uchun 100 dan ortiq miqdoriy va sifat mezonlaridan foydalangan holda qatʼiy metodologiyani qoʻllaydi. Bir nechta parametrlar boʻyicha baho beriladi va ular umumiy reytingni tashkil etadi.

Baholashning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:

Tartibga solish va xavfsizlik. Brokerlar oʻz faoliyatida asoslanadigan litsenziyalar va nizomlar darajasi/nufuziga qarab baholanadi.

Foydalanuvchi sharhlari. Mijozlarning qoniqish darajasini aniqlash uchun mijozlar sharhlari va fikr-mulohazalari tahlil qilinadi. Sharhlar fakt tekshiruvidan oʻtkaziladi va tasdiqlanadi.

Treyding vositalari. Brokerlar taklif etilayotgan aktivlar koʻlami, shuningdek, mavjud bozorlarning kengligi va chuqurligi bo‘yicha baholanadi.

Xizmat toʻlovlari va komissiyalar. Barcha savdo toʻlovlari va komissiyalar mijozlarning umumiy xarajatlarni aniqlash uchun har tomonlama tahlil qilinadi.

Savdo platformalari. Brokerlar mijozlarga taklif etilayotgan platformalarning xilma-xilligi, sifati va xususiyatlariga qarab baholanadi.

Brend mashhurligi, mijozlarga yordam koʻrsatish va oʻquv resurslari kabi boshqa omillar ham baholanadi.

Savollarga javoblar

Foreksda mutaxassis maslahatchilar nima?

Mutaxassis maslahatchi – bu treyding funktsiyalarini bajarish qobiliyatiga ega maxsus ishlab chiqilgan dasturiy taʼminot. Ushbu dastur foreks treyderlarini imkoniyatlar haqida xabardor qiladi va ularga amalga oshirishi kerak boʻlgan savdolar haqida maslahat beradi.

Qaysi mutaxassis maslahatchi foreks uchun eng yaxshi hisoblanadi?

Eng yaxshi Foreks maslahatchilari quyidagilar: Flex, Fortnite, Alfa Scalper, Forex Gump, FXCharger, Trade Manager, Convert FX, Forex Diamond mutaxassis maslahatchisi.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchini qanday olishim mumkin?

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchilar bilan treyding qilish uchun ishni uni onlayn yuklab olishdan boshlashingiz kerak. Ularni turli xil veb-saytlardan osonlik bilan bepul topishingiz mumkin. Foreks boʻyicha maslahatchini yuklab olgandan keyin uni faollashtirish uchun ayrim qadamlarni bajarishingiz kerak.

Foreks robotlari pul ishlaydimi?

Foreks robotlarining pul ishlashi kafolatlanmaydi. Ular foydali treyding imkoniyatingizni oshiradi, ammo bu siz oʻrnatgan parametrlar va valyuta juftligiga bogʻliq.

Foreks robotlari qonuniymi?

Foreks robotlari qonuniy.

Mutaxassis maslahatchini qanday qilib bektestingdan oʻtkazish mumkin?

“Koʻrish” rukniga oʻting va keyin “strategiya sinovchisi”ga kiring. Chiquvchi panelda oʻzingiz afzal koʻrgan mutaxassis maslahatchini tanlang. Sinab koʻrmoqchi boʻlgan valyuta juftligingizni tanlang va “Start” tugmasini bosing.

Foreks boʻyicha mutaxassis maslahatchini qanday tahrirlash mumkin?

Vositalarga oʻting, keyin Meta Quotes Language muharririga oʻting. Keyin “tahrirlash”ga oʻting yoki F4 tugmasini bosing.

Maqola ustida ishlagan jamoa

Andrey Mastykin
Traders Unionda yozuvchi, moliyaviy ekspert

Andrey Mastikin tajribali muallif, muharrir va kontent strategi boʻlib, 2020-yildan beri Traders Union bilan hamkorlik qilmoqda. Muharrir sifatida u faktlarni tekshirish va Traders Union platformasida chop etilgan barcha maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlashga ehtiyotkorlik bilan yondashadi. Andrey oʻquvchilarga moliyaviy bozorlarda savdo qilish bilan bogʻliq potensial mukofotlar va xavflar haqida maʼlumot berishga eʼtibor qaratadi.

U passiv investitsiya koʻpchilik odamlar uchun mosroq strategiya ekanligiga qatʼiy ishonadi. Andreyning konservativ yondashuvi va xavflarni boshqarishga eʼtibor qaratishi koʻplab oʻquvchilar bilan rezonanslashib, uni moliyaviy maʼlumotlarning ishonchli manbasiga aylantiradi.

Nodirjon Hamraev
Rivojlanayotgan oʻzbek muharriri

Nodirjon Hamraev ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega professional tarjimon. Hozirga qadar hujjatlardan tortib, saytlarga qadar materiallarni oʻz ichiga oluvchi 250 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mirjan Hipolito
Kriptovalyuta va birja treyderi

Mirjan Hipolito jurnalist va Trader Union tashkilotida yangiliklar muharriri sifatida ishlaydi. U moliyaviy bozorlarda besh yillik tajribaga ega kripto yozuvchi. Uning ixtisosligi kunlik bozor yangiliklari, narxlarni prognoz qilish va birlamcha tanga takliflari (ICO) hisoblanadi. Mirjan kriptovalyuta va birja treyderi sifatida ham faoliyat yuritadi. Moliya sektorini chuqur tushunish unga oʻquvchilari uchun kripto olami murakkabliklarida osonlik bilan yoʻnalish olishga yordam beradigan maʼlumotlar boy va qiziqarli kontent yaratishga imkon beradi.