2024-yilda ochish uchun eng yaxshi Foreks hisoblari

Buni ulashing:

2024-yilda ochish uchun eng yaxshi Foreks hisoblari – Tickmill

Kapitalingiz xavf ostida.

2024-yilda ochish uchun top 6 ta Foreks hisobi

1

Tickmill PRO hisobi – Ilgʻor savdo funksiyalariga ehtiyoji boʻlgan tajribali treyderlar (skalperlar) uchun eng yaxshisi

2

RoboForex Prime hisobi – Eng arzon va koʻpgina RoboForex foydalanuvchilarining top tanlovi.

3

FxPro – Eng yaxshi Foreks PAMM hisobi

4

IC Markets cTrader – Algo treyderlar uchun eng yaxshisi

5

Exness Sent hisobi – Yangi ish boshlaganlar uchun eng yaxshisi

6

XM – Bonuslarga ega eng yaxshi Standart hisob

Foreks savdo hisobini qanday ochishni oʻrganish Foreks savdosidan pul ishlashga tayyor boʻlgan har bir potensial Forex treyderining keyingi qadami hisoblanadi. Turli savdo hisoblari turlari orasida eng yaxshi Foreks hisobi sizga savdo faoliyatingizga yordam beradigan eng yaxshi vositalar va qoʻshimchalarni taklif qilishi kerak. Ammo unutmangki, siz eng yaxshi Foreks savdo hisobini faqat eng yaxshi Foreks brokeridan olishingiz mumkin.

Eng yaxshi 6 ta Foreks savdo hisobi va ularni taqdim etuvchi brokerlar haqida ma’lumot olish uchun ushbu maqolani oʻqib chiqing.

Ogohlantirish:

Foreks/CFD kabi kredit yelkali mahsulotlar treydingida yuqori darajadagi xavf mavjud. Chakana investor hisoblarining 65% dan 82% gacha boʻlgan qismi CFD treydingida pul yo'qotadi. Siz CFD qanday ishlashini tushunishingiz va pul boy berish xavfini oʻz zimmangizga olish imkoniyatingizni hisobga olishingiz kerak.

Foreks hisob turlari haqida tushuntirish

Roʻyxatdan oʻtishdan oldin brokerning savdo hisobini oʻrganish har bir Foreks treyderi uchun odatiy amaliyot hisoblanadi. Qizigʻi shundaki, bu juda zarur, chunki har bir Foreks hisobi muayyan treyderning savdo talablarini qondirish uchun yaratilgan. Shundan kleib chiqsak, treyder uchun Forels savdo hisobining imtiyozlari, dastaklanadigan aktivlari, kredit yelkasi va boshqa qoʻshimcha funksiyalar va vositalarini tushunish foydali boʻladi.

Shuning uchun, agar siz treyding sohasiga kirishni oʻylayotgan boʻlsangiz, bu yerda 6 ta eng yaxshi Foreks savdo hisobi va ularni taqdim etuvchi brokerlar haqida maʼlumot berilgan.

1 Tickmill PRO hisobi – skalperlar uchun eng yaxshi ECN hisob

Umuman olganda, Tickmill oʻz foydalanuvchilariga turli savdo strategiyalari uchun mos keladigan turli Foreks savdo hisoblarini taklif qiladi. Bunga misol qilib Tickmill PRO hisobini keltirish mumkin. U skalperlar uchun ECN hisobi boʻyicha eng yaxshi variant hisoblanadi.

Ushbu turdagi Foreks hisobi oʻzining koʻplab ilgʻor xususiyatlari bilan mashhur boʻlsa-da, Pro hisobi uchun minimal balans 100 AQSH dollarini tashkil qiladi. Va bu hisob orqali Foreks, tovarlar, obligatsiyalar, kripto, fyucherslar va opsionlar (100 dan ortiq aktiv) bozorlarida ishlash mumkin.

Asosiy funksiyalari va vositalari

Tickmill PRO hisobi treyderlarga qoʻshimcha past toʻlov va 0,0 punktdan boshlab tor spredlarni taklif qiladi.

Maksimal kredit yelkasi 1:500 ga teng.

Har bir lot uchun 2 valyuta birligi.

MT4 va MT5 kabi savdo platformalari Birlashgan Qirollik va Yevropa Ittifoqi investorlari uchun ochiq.

Siz demo hisob va jonli Pro hisobini ochishingiz mumkin va Tickmill mijozlariga uch xil turdagi demo hisobni taklif qiladi:
• Demo Klassik
• Demo Pro
• Demo VIP

USD, EUR, GBP va PLN ushbu Foreks savdo hisobi valyutalari hisoblanadi.

👍 Afzalliklari

Tickmill PRO hisoblari treyderlarga bozor narxlariga yaqin toʻxtash va cheklash orderlarini joylashtirish imkonini beradi.

Agar ushbu hisob turi bilan pozitsiyani keyingi kunga oʻtkazmoqchi boʻlsangiz, oʻtkazish toʻlovi olinadi va uni chakana yoki professional mijoz sifatida ishlatishingiz mumkin.

Ijtimoiy va kopitreyding xizmatlari FCA va CySEC tomonidan himoyalanganlardan tashqari barcha mijozlar uchun mavjud.

Tanlov sifatida 62 ta valyuta juftliklari, qimmatbaho metallar, birja indekslari, obligatsiyalar va neft boʻyicha CFDlar mavjud.

👎 Kamchiliklari

Komissiyalar standart lot uchun $4, yaʼni oʻrtacha ikki baravar koʻp boʻlganligi sababli, bu hisob yangi ish boshlaganlar uchun foydali boʻlmasligi mumkin.

2 RoboForex Prime - Eng arzon Foreks hisobi

RoboForex taniqli moliya organlari tomonidan tartibga solinadigan xavfsiz broker boʻlib qolmoqda. Shuningdek, ular top Foreks va CFD brokeri boʻlib, eng yaxshi Forex savdo hisoblarini taklif qiladi. RoboForex Prime hisobi optimal savdo tajribasi uchun eng yaxshi Foreks hisoblaridan biri hisoblanadi. Uni arzon Forex savdo hisobi zarur boʻlgan yangi ish boshlaganlar uchun eng yaxshi shartlarga ega top Foreks hisobini deb hisoblash mumking.

Asosiy funksiyalari va vositalari

Minimal depozit talabi yoʻq va maksimal kredit yelkasi qiymati 1:300 gacha koʻtariladi.

Ushbu Foreks hisobvaragʻida 100 dan ortiq savdo vositalaridan iborat oʻzgaruvchi spred 0 punktdan boshlanadi.

RoboForex Prime hisobida 28 dan ortiq valyuta juftliklari mavjud.

RoboForex Prime hisoblari yangi maxsus MT4 serverini oʻzida birlashtiradi.

Prime hisobi bozor ijrosidan foydalanadi va har bir million Forex operatsiyalari uchun $10 komissiya oladi.

Maksimal order hajmi 500 lot boʻlsa, minimal order hajmi 0,01 lotni tashkil qiladi.

👍 Afzalliklari

Bu valyuta va boshqa turdagi bozorlar uchun javob beradi.

RoboForexdagi barcha hisob turlari orasida RoboForex Prime eng past oʻrtacha spredga ega.

Ushbu hisob turining ijro tezligi eng tezi boʻlib, uni sozlash qiyin emas.

ECN hisoblari bilan solishtirganda, Prime hisoblarida valyuta juftliklari savdosi uchun komissiya pastroq.

👎 Kamchiliklari

Depozit bonuslari mavjud emas.

3 FxPro – eng yaxshi Foreks PAMM hisobi

FxPro yangi va tajribali treyderlar uchun top Foreks va CFD brokeri hisoblanadi, chunki ular moslashuvchan savdo shartlarini taqdim etadi. Ular 2100 dan ortiq vositalarning katta tanlovini, komissiyasiz juda past spredlarni va 1:500 gacha boʻlgan yuqori kredit yelkalarini taqdim etadi. FxPro hisobini ochish uchun $100 depozit talab qilinadi.

Asosiy funksiyalari va vositalari

FXPro Foreks savdo hisoblarida MT4, MT5 va cTrader savdo platformalari mavjud.

FxPro eng daromadli PAMM hisobini taklif qiladi va treyderlarga bir nechta PAMM menejerlarini tanlash imkonini beradi.

Foydalanuvchilar 0,01 mikro-lotlar bilan savdo qilishlari mumkin.

FXPro eng yuqori foyda marjasi bilan PAMM hisobini taklif qiladi.

Top savdo platformalari, MT4, MT5 va cTrader, bularning barchasi FXPro PAMM hisobiga birlashtirilgan.

FxPro brokerining PAMM hisobi bilan treyderlar mutaxassis maslahatchilardan foydalanishi va ishlash boʻyicha toʻliq hisobotlarni olishi mumkin.

👍 Afzalliklari

FCA va CySEC FxPro brokerini tartibga soluvchi koʻplab xalqaro regulyatorlarning atigi ikkitasi hisoblanadi.

FxPro butun dunyo boʻylab 170 ta mamlakatda 6 ta aktivlar sinfi boʻyicha farq (CFD) shartnomalarini taqdim etadi.

FxPro brokerining yordam xizmatida bir nechta tilda soʻzlashadigan xodimlar ishlaydi.

FxProning mukofotga sazovor boʻlgan dasturiy taʼminoti tranzaksiyalarning tez bajarilishini vaʼda qiladi.

👎 Kamchiliklari

Unda yuqori savdo toʻlovlari, faol boʻlmaganlik uchun toʻlovlar bor, lekin qutlov bonusi taqdim etilmaydi.

4 IC Markets cTrader – Algo treyderlar uchun eng yaxshisi

IC Markets brokerining cTrader Foreks savdo hisobi barcha vositalarni haqiqiy bozor narxlarida taqdim etadi. IC Markets cTrader hisobidagi spredlar eng past qiymatga ega boʻlsa ham, 60 dan ortiq Foreks savdo juftliklari mavjud.

Ushbu aktivlar bilan ushbu Foreks hisobida savdo qilish investorlarga ECN hisobi sifatida ham maʼlum boʻlgan xom spred savdo hisobini kafolatlaydi. IC Markets cTrader Foreks hisobida EUR/USD juftligi uchun spredlar 0 punktdan boshlanadi va oʻrtacha spred 0,1 punktga teng. Kunlik treyderlar, skalperlar va mutaxassis maslahatchilarga ham ushbu hisobdan foydalanish tavsiya etiladi.

Asosiy funksiyalari va vositalari

IC Markets brokerining cTrader hisobi qoʻshimcha tezkor ijrolarni taklif qiladi va mutaxassis maslahatchilarni dastaklaydi.

Minimal lot hajmi 0,01 ga teng, kredit yelkasi esa 1:1000 gacha.

Ular har bir lot uchun tomonlar boʻyicha toʻlanadigan arzimagan $3.00 komissiya oladi.

IC Markets cTrader platformasi yordamida siz chuqur likvidlik bilan 64 ta valyuta juftligi va 16 ta muhim kapital indekslariga kirishingiz mumkin.

Real vaqt rejimidagi Foreks va CFD kotirovkalariga LD5 IBX Equinix maʼlumotlar markazi orqali kirish mumkin.

👍 Afzalliklari

IC Markets brokerining cTrader platformasi sizga eng yaxshi savdo yechimlarini taqdim etish uchun koʻplab xalqaro banklardan narxlarni taqdim etadi.

Hisobni toʻldirish va yechib olish uchun moslashuvchan usullar.

Treyding cheklovlari yoʻq va orderlar tez bajariladi.

Bu hisobda Foreks va metallar boʻyicha spredlar past.

👎 Kamchiliklari

IC Markets xom spred hisoblaridan foydalangan holda savdo qilishda komissiya baholanadi.

5 Exness Sent hisobi – tangi ish boshlaganlar uchun eng yaxshisi

Exness Sent hisobi yangi ish boshlaganlar uchun mos Foreks savdo hisobi hisoblanadi. Bu hisob treyderlarga kichikroq hajmdagi savdo birliklari (sent lotlar) bilan savdo qilish imkonini beradi. U savdo strategiyalaringizni sinab koʻrish uchun ideal boʻlgan eng kichik minimal savdo hajmlarini taklif qiladi.

Asosiy funksiyalari va vositalari

Exness Sent hisobi barqaror spred, ishonchli ijro taklif etadi va hech qanday savdo komissiyasi olmaydi.

Ushbu savdo hisobi turi uchun minimal savdo hajmi 0,01 sent lotni tashkil etadi, bu 100 baravar kichik miqdor hisoblanadi.

Minimal depozitning boshlangʻich miqdori $1 ni tashkil qiladi, ammo bu toʻlov usuliga qarab katta farq qiladi.

Unda 36 tagacha savdo vositalari mavjud.

Foreks, metallar, kriptovalyutalar, energiyalar va indekslar 160 dan ortiq vositalar qatoriga kiradi.

👍 Afzalliklari

Ushbu Foreks hisobi sizga yangi strategiyalarni xavfsiz muhitda sinab koʻrish imkonini beradi, chunki u cheksiz kredit yelkasini taklif qiladi.

Barcha savdolarda komissiyalar yoʻq.

Exness Sent hisobini ochish juda oson va siz darhol savdoni boshlashingiz mumkin.

👎 Kamchiliklari

Exness Sent hisobi faqat MT4 platformasiga asoslangan savdo hisoblari uchun taqdim etiladi.

6 XM – bonuslarga ega eng yaxshi standart hisob

XM yangi ish boshlagan treyderlara Foreks savdo hisobini roʻyxatdan oʻtkazishi bilan darhol savdo qilish imkoniyatini taklif qiluvchi brokerlar qatoriga kiradi. Ushbu Foreks hisobida birinchi marta roʻyxatdan oʻtish bonusi ham taqdim etiladi va bu depozitsiz bonus hisoblanadi.

Dastlabki roʻyxatdan oʻtish har qanday majburiy depozitlardan ozod qilingan va platformaga qoʻshilgan yangi treyderlar uchun qutlov bonusi vazifasini bajaradi.

Asosiy funksiyalari va vositalari

XM standart hisobi MT4 va MT5, mobil MT4 va MT5, XM mobil ilovasi va veb-platformani oʻzida birlashtiradi.

XM brokerining MT4 va MT5 platformalari uchun $30 qutlov bonusi beriladi.

Minimal savdo hajmi 0,01 lotga teng.

Minimal depozit $5 ga teng.

XM brokerining standart asosiy valyutalariga USD, EUR, GBP, JPY, CHF, AUD, HUF, PLN, SGD va ZAR kiradi.

Kredit yelkasi 1:1000 gacha.

👍 Afzalliklari

Platformada savdoni boshlash uchun shaxsiy pulingizni kiritishingiz shart emas.

Savdoni boshlashingiz va bonusdan foydalanib pulni chiqarishingiz mumkin.

Salbiy balansdan himoyalash.

Agar tanishingizni XM brokeriga taklif qilsangiz, unikal havola yoki elektron pochta taklifnomangiz orqali brokerda roʻyxatdan oʻtgan har bir kishi uchun $35 olasiz.

👎 Kamchiliklari

Agar platforma ASIC va Yevropa Ittifoqi akkreditatsiyasini olgan mamlakatda yashasangiz, XM bonusini olish huquqiga ega boʻlmaysiz.

Foreks hisoblari turlari haqida tushuntirish

Foreks Standart

Foreks standart hisobi eng keng tarqalgan Foreks savdo hisobi sanaladi. Standart Foreks hisobi har qanday Foreks hisobidagi eng yuqori daromad potensiallaridan biriga ega. Har bir punkt $10 ga teng boʻlsa, siz bir kunda 100 punktga oʻzgaradigan pozitsiyadan $1000 daromad olishingiz mumkin. Agar bir nechta standart lotlar ayirboshlansa, bu turdagi daromad boshqa hisob turlari bilan amalga oshirilmaydi.

Standart hisob toʻliq lotlar bilan savdo qilish uchun yetarli boshlangʻich kapitalni talab qilganligi sababli, koʻpchilik brokerlar ushbu hisob shakliga ega boʻlgan individual investorlarga qoʻshimcha xizmatlar va imtiyozlarni taklif qilishadi.

Minimal depozit

Koʻpgina brokerlar standart hisoblarni ochishda minimal balans sifatida $200-$1000 va vaqti-vaqti bilan $2000-$10 000 talab qiladi. Bu limit eng yuqorilaridan biri hisoblanadi.

Xizmat toʻlovi tuzilishi

Standart hisobda komissiya yoʻq va kamida 0,6 punkt ustamaga ega. Kengroq spred natijasida foyda katta boʻladi, shu jumladan, yoʻqotishlar ham. Boshqa tomondan, komissiyaning yoʻqligi xarajatlarni hisoblashni osonlashtiradi.

Eng mos kelishi

Standart hisob spred hajmi asosiy rol oʻynamaydigan treyderlar va investorlarning keng toifasi uchun mos keladi. Shu bilan birga, standart hisobda bunday investorlar koʻproq moslangan xizmatlarni olishi mumkin.

Foreks ECN

ECN brokeri – bu mijozlarga elektron aloqa tarmoqlari (ECN) yordamida qimmatli qogʻozlar va valyuta bozorlaridagi boshqa oʻyinchilarga bevosita kirish imkonini beruvchi moliyaviy vositachining bir turi. ECN hisoblari xaridorlar va sotuvchilar oʻrtasida vositachilardan foydalanmasdan bevosita savdo qilish imkonini beradi.

ECN brokeri odatda oʻz mijozlariga mumkin boʻlganiga qaraganda torroq sotuv/sotib olish spredlarini taklif qilishi mumkin, chunki u bir nechta bozor ishtirokchilarining narx kotirovkalarini jamlaydi. Bu shuni koʻrsatadiki, ECN hisoblari hech qanday kechikishsiz eng yaxshi kotirovkalarga, bozorning eng tez ijro tezligiga va keng doiradagi likvidlik provayderlariga ega. Spredlar 1 punktdan boshlanadi.

Biroq, bu imtiyozlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud. ECN hisobidan foydalanishning eng muhim kamchiligi uning yuqori narxidir. ECN boʻlmagan tizimlar bilan taqqoslaganda, ECNdan foydalanish odatda yuqori toʻlovlar va komissiyalarni oʻz ichiga oladi. Savdo komissiyalari qimmat boʻlishi va treyderning daromadliligiga taʼsir qilishi mumkin.

Minimal depozit

Forex ECN hisoblarida $200-$1000 miqdordagi nisbatan yuqori minimal depozit talabi mavjud. Biroq, hisob taqdim etadigan imtiyozlar uning foydali boʻlishini taʼminlaydi.

Xizmat toʻlovi tuzilishi

ECN hisoblari asosiy vostalar boʻyicha 0,0 pipdan boshlanuvchi spredga ega. Ular, shuningdek, 0,01 lot miqdordagi minimal savdo hajmiga ega.

Eng mos kelishi

ECN brokerlari diling brokerlari boʻlmagani uchun ular orderlar oqimini market-meykerlarga uzatmaydi. Buning oʻrniga ular treyderlarni elektron tarzda moslashtiradilar va orderlarni likvidlik provayderlariga yuboradilar. Bundan tashqari, agar maxfiylik muammo boʻlsa, ECN xohlaydigan shaxslarga maʼlum darajada anonimlikni taklif qilishi mumkin. Kattaroq tranzaksiyalarni qidirayotgan investorlar buni ayniqsa jozibador deb topishlari mumkin. Shuning uchun bu hisob yuqori kapitalga ega professional treyderlar uchun ham eng yaxshisi hisoblanadi.

Mikro

Mikro hisob, ayniqsa, valyuta savdosiga taʼsir qilishni xohlaydigan, lekin katta miqdordagi pulni xavf ostiga qoʻyishni istamaydigan chakana investor uchun moʻljallangan. Mikro lot nomi bilan maʼlum boʻlgan mikro hisobdagi eng kichik shartnoma 1000 pul birligi yoki anʼanaviy lotning yuzdan bir qismining oʻzgarmas qiymati hisoblanadi.

Foydalanilgan kredit yelkasi turiga qarab, sezilarli darajada foydalanilgan mikro hisob orqali katta daromad olish mumkin, ammo yoʻqotishlar ham shunga yarasha koʻp boʻlishi mumkin. Shu sababli, ushbu hisoblar yangi kelganlarga savdo asoslarini oʻrganishga va bozor oʻzgaruvchanligi taʼsiriga tushishga yordam beradi, shu bilan birga, xavflarni boshqarish asoslarini oʻrgatadi.

Biroq, katta lotlarni afzal koʻradigan Foreks treyderlari mini lotlar va standart lotlarda savdo qilishlari mumkin. Foreks savdosida lot hajmi – bu sotib olish va sotish uchun mos deb hisoblangan muayyan aktiv yoki mahsulot miqdori yoki qismi hisoblanadi. Har xil turdagi elementlar koʻpincha turli oʻlchamlarda mavjud boʻladi.

Mikro lot – bu valyuta savdosidagi lot hajmi boʻlib, 100 000 birlik yoki 10 000 birlik anʼanaviy lotining oʻndan bir qismiga teng. Mikro lot bilan savdo qilganda AQSh dollariga asoslangan valyuta juftligining bir punkti $1,00 ga teng, standart lot esa $10,00 ga teng.

Foreksda mikro lotlar asosiy valyutaning 1000 birligini tashkil qiladi. Oddiy hisob loti 10 ta mini hisob lotiga, keyin esa oʻnta mikro hisob lotiga teng boʻladi.

Minimal depozit

Mikro hisoblarning aksariyati minimal depozit talab qilmaydi va agar talab qilinsa, bu odatda $50 ga teng boʻladi.

Xizmat toʻlovi tuzilishi

Forex mikro hisoblari turli xil spredlarga ega. Ularning koʻpchiligida maksimal 5 punktga yetishi mumkin boʻlgan oʻzgarmas spredlar mavjud. Biroq, mikro Foreks hisoblari uchun umumiy spred 3 punktni tashkil qiladi.

Eng mos kelishi

Ushbu turdagi hisob savdo qilishni xohlaydigan, lekin katta miqdordagi pulni xavf ostiga qoʻyishni istamaydigan yangi ish boshlagan treyderlar uchun ideal tanlovdir. Mikro hisobda eng kichik shartnoma ming dollarga teng boʻlib, bu uni juda qulay qiladi.

Sent hisobi

Balansni dollarda oʻlchash oʻrniga, sent hisobi uni sentlarda oʻlchaydi. Agar $10 depozit kiritsangiz, hisobingizdagi balans $1 sifatida koʻrsatiladi. Pozitsiyalar tiyinlarda ham koʻrsatiladi. Agar siz $10 foyda olsangiz, u $1,00 foyda sifatida koʻrsatiladi. Bundan tashqari, bozor stavkalari sent sifatida koʻrsatiladi.

Agar biz Foreks sent hisobini oddiy hisob bilan solishtiradigan boʻlsak, sent hisoblarini tushunishni osonlashtiradigan bir nechta farqlarni topishimiz mumkin. Misol uchun, sent hisobining maksimal pozitsiyasi 50 ni tashkil qiladi, standart hisobniki esa 100 atrofida. Bu bir vaqtning oʻzida bitta hisobda ochilishi mumkin boʻlgan maksimal orderlar soni hisoblanadi.

Foydali boʻladigan boshqa taqqoslash - bu savdo hajmining farqlanishi. Sent hisobida 0,01 lot savdo qilishingiz mumkin oʻlib, bu 0,0001 lot yoki $10 ga teng hisoblanadi. 0,01 lot hakmidagi ushbu minimal savdo hajmi asosiy hisob uchun $1000 ga teng boʻladi.

Foreks standart hisobidan farqli oʻlaroq, Foreks sent hisobi ancha past savdo hajmi va pozitsiyasiga ega. Shuning uchun Foreks sent hisoblarining foyda salohiyati cheklangan. Katta hajmdagi bir nechta savdolarni ochish mumkin boʻlganda, sent hisobi orqali yetarli daromad olish qiyinroq.

Minimal depozit

Foreks sent hisobida minimal depozit odatda $1-$10 ga teng.

Xizmat toʻlovi tuzilishi

Foreks sent hisoblari odatda 1 punktdan boshlanuvchi oʻzgaruvchi spredlarga ega.

Eng mos kelishi

Foreks sent hisobi boshlangʻich treyderlarga koʻproq mos keladigan hisob turi hisoblanadi, chunki bu ularga sent lotlar deb ataladigan savdo birliklari bilan ancha kichikroq hajmlarda savdo qilish imkonini beradi. Eng kam minimal savdo hajmi ushbu hisob tomonidan taqdim etiladi va u savdo usullarini sinab koʻrish uchun juda mos keladi.

Yangi ish boshlaganlar uchun eng yaxshi Foreks hisob turlari qaysi?

Bir nechta Forex brokerlari tomonidan taklif qilinadigan turli xil Foreks savdo hisoblari turlari orasida demo va sent hisoblari boshlangʻich treyderlar uchun eng yaxshisi hisoblanadi. Agar yangi treyder savdo bilan toʻliq shugʻullanishni istamasa, lekin baribir pul ishlashni boshlamoqchi boʻlsa, kopitreyding savdosi va PAMM hisobi passiv sarmoya sifatida xizmat qilishi mumkin.

Kunlik treyderlar va skalperlar uchun eng yaxshi Foreks hisob turlari qaysi?

eToro, RoboForex, Exness va Tickmill skalperlar va kunlik treyderlarga xizmat koʻrsatish bilan mashhur boʻlsa-da, ularning xom spredlari va ECN hisoblari ham yaxshi. Juda tor spredlar, past toʻlovlar va VPN ga ega hisoblar ushbu treyderlar uchun yaxshi imkoniyatdir. Skalperlar tomonidan afzal koʻrilgan hisoblar qatoriga MetaTrader 4, MetaTrader 5 va cTrader kabi savdo platformalarini birlashtirgan hisoblar kiradi.

Passiv sarmoyalar uchun Foreks hisoblari

Agar ular kopitreyding yoki PAMMni dastaklasa, siz Foreks savdo hisobingizdan passiv daromad olishingiz mumkin. Savdolaringizni avtomatlashtirish uchun robotlar, mutaxassis maslahatchilar (EAlar) yoki signallardan foydalanish passiv investitsiyalar uchun yana bir imkoniyatdir. Kopitreyding tushunchasi foizlar taqsimoti pullarini boshqarish (PAMM) yoki Foreks tomonidan boshqariladigan hisoblarga oʻxshaydi. Farqi shundaki, siz savdolarni nusxalashdan koʻra, nomingizdan savdolarni boshqaradigan yoki amalga oshiradigan treyderga ega boʻlasiz.

Ushbu variantlar yordamida siz savdo strategiyalarini nusxalashingiz, hisobingizni professionalga boshqartirishingiz yoki nomingizdan robotlar savdolarni amalga oshirishi mumkin.

Foreks hisobi qanday tanlanadi

Foreks savdo hisobini ochish uchun sizga top Foreks brokeri kerak. Agar eng yaxshi forex savdo hisoblaridan foydalanishni istasangiz, quyida eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan muhim omillar berilgan.

1

Birinchidan, siz turli Foreks brokerlarini va ular taklif qiladigan hisob turlarini oʻrganib chiqishingiz kerak. Depozit kiritish va yechib olish uchun bir nechta toʻlov usullarini qabul qiladigan va bir nechta valyutani dastaklaydigan brokerni koʻrib chiqing.

2

Sizga oʻz mahoratingiz, bilimingiz va tajribangizga mos Foreks hisobi kerak boʻlganligi sababli, roʻyxatdan oʻtishdan oldin har bir savdo hisobi turining xususiyatlarini baholang.

3

Har bir Foreks savdo hisobi uchun quyidagilar mavjudligini hisobga oling:
• Qutlov bonusi
• Regulyatorlar
• Treyding shartlari
• Komissiyalar va savdo toʻlovlari
• Kredit yelkalari
• Foreks minimal depoziti
• Ijro tezligi va siyosati
• Savdo qilinadigan aktivlar
• Savdo platformalari (MT4, MT5, cTrader va boshqalar.)
• Kopitreyding
• Demo hisob

4

Agar sizning savdo talablaringizga javob bersa, brokerda Foreks hisobini ochish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Foreks hisobi qanday ochiladi

Foreks savdo hisobini ochish uchun quyidagi amallarni bajaring:

1

RoboForex, Exness, Tickmill, IC Markets va boshqalar kabi top Forex brokerlari roʻyxatidan Foreks brokerini tanlang.

2

Hisob turlarini qidiring va savdo ehtiyojlaringizga mos keladigan hisobni tanlang.

3

Hisobingizni sozlash uchun shaxsiy maʼlumotlarni taqdim eting. Bular quyidagilardan iborat:
• Nomi
• Manzil
• Elektron pochta manzili
• Telefon raqami
• Hisob valyutasi turi
• Parol
• Tugʻilgan sana
• Yillik daromad va boshqalar

4

Brokerlarning Foreks savdo hisobi qoidalari va shartlarini va xavflar haqida ogohlantirishini oʻqing. Bularni jiddiy qabul qiling va rozi boʻling.

5

Broker maʼlumotlaringizni topshirganingizdan soʻng tekshiradi va odatda sizdan hukumat taqdim etgab ID karta kabi baʼzi dastaklovchi hujjatlarni yuborishingizni soʻraydi.

6

Broker maʼlumotlaringizni tasdiqlaganidan soʻng, hisobingizni toʻldirishingiz va savdoni boshlashingiz mumkin.

Savollarga javoblar

Qaysi savdo hisobi Foreks savdosi uchun eng yaxshisi hisoblanadi?

Treyderlarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun har xil turdagi forex hisoblari mavjud. Lekin sizga moslashtirilgan xususiyatlarga ega savdo hisobi kerak boʻladi. ECN hisobi – maqsadlaridan qatʼi nazar, har qanday investor (jumladan, Foreks treyderi) uchun mos keladigan mashhur savdo hisobi hisoblanadi. RoboForex Prime hisobi esa forex savdosi uchun eʼtiborga olishingiz kerak boʻlgan eng yaxshi modeldir.

Yangi ish boshlaganlar uchun qaysi turdagi Foreks hisobi eng yaxshi hisoblanadi?

Demo hisob yoki Sent hisobi yangi ish boshlaganlar uchun eng yaxshisi hisoblanadi. Siz hisobga olishingiz kerak boʻlgan eng yaxshi misol Exness sent hisobidir.

Qayki brokerda eng yaxshi Foreks hisob boshqaruvi mavjud?

FxPro Pamm va RoboForex Copy FX eng yaxshi variantlardir.

Foreks hisobini qanday tanlayman?

Avval nufuzli Foreks brokerini tanlang, soʻngra broker taqdim etayotgan turli savdo hisoblarining xususiyatlarini oʻrganing. Hisob dastaklaydigan savdo platformalarini (MT4, MT5, cTrader afzalroq), kredit yelkasini, mavjud bozorlarni va minimal depozitlarni koʻrib chiqing. Hisobingizdagi savdo faoliyatini boshqarishni xohlamasangiz, kopitreyding yoki PAMM ni tanlashingiz mumkin.

Foreks brokerlari reytingini tuzish metodologiyasi

Traders Union brokerlarni baholash uchun 100 dan ortiq miqdoriy va sifat mezonlaridan foydalangan holda qatʼiy metodologiyani qoʻllaydi. Bir nechta parametrlar boʻyicha baho beriladi va ular umumiy reytingni tashkil etadi.

Baholashning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:

Tartibga solish va xavfsizlik. Brokerlar oʻz faoliyatida asoslanadigan litsenziyalar va nizomlar darajasi/nufuziga qarab baholanadi.

Foydalanuvchi sharhlari. Mijozlarning qoniqish darajasini aniqlash uchun mijozlar sharhlari va fikr-mulohazalari tahlil qilinadi. Sharhlar fakt tekshiruvidan oʻtkaziladi va tasdiqlanadi.

Treyding vositalari. Brokerlar taklif etilayotgan aktivlar koʻlami, shuningdek, mavjud bozorlarning kengligi va chuqurligi bo‘yicha baholanadi.

Xizmat toʻlovlari va komissiyalar. Barcha savdo toʻlovlari va komissiyalar mijozlarning umumiy xarajatlarni aniqlash uchun har tomonlama tahlil qilinadi.

Savdo platformalari. Brokerlar mijozlarga taklif etilayotgan platformalarning xilma-xilligi, sifati va xususiyatlariga qarab baholanadi.

Brend mashhurligi, mijozlarga yordam koʻrsatish va oʻquv resurslari kabi boshqa omillar ham baholanadi.

Yangi boshlanuvchilar uchun lug'at

  • 1 Broker

    Broker - moliyaviy bozorlarda savdolarni amalga oshirishda vositachi sifatida faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Xususiy investorlar brokersiz savdo qila olmaydi, chunki birjalarda savdolarni faqat brokerlar amalga oshirishi mumkin.

  • 2 Savdo

    Savdo bozor narxlarining o'zgarishidan foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlar, valyutalar yoki tovarlar kabi moliyaviy aktivlarni sotib olish va sotishni o'z ichiga oladi. Savdogarlar ongli qarorlar qabul qilish va moliyaviy bozorlarda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini optimallashtirish uchun turli strategiyalar, tahlil usullari va risklarni boshqarish usullaridan foydalanadilar.

  • 3 ECN

    ECN yoki Elektron Aloqa Tarmog'i - bu savdogarlarni to'g'ridan-to'g'ri bozor ishtirokchilari bilan bog'laydigan texnologiya bo'lib, moliyaviy bozorlarga shaffof va to'g'ridan-to'g'ri kirishni osonlashtiradi.

  • 4 Investor

    Investor - kelajakda uning qiymati oshishini kutgan holda aktivga pul qo'ygan jismoniy shaxs. Aktiv har qanday narsa bo'lishi mumkin, jumladan obligatsiyalar, obligatsiyalar, investitsiya fondlari, aktsiyalar, oltin, kumush, birja fondlari (ETF) va ko'chmas mulk.

  • 5 CFD

    CFD - investor/trader va sotuvchi o'rtasidagi shartnoma bo'lib, savdogar sotuvchiga aktivning joriy qiymati va uning qiymati o'rtasidagi narx farqini to'lashi kerakligini ko'rsatadi.

Maqola ustida ishlagan jamoa

Ivan Andriyenko
Traders Unionda yozuvchi

Ivan Andriyenko - moliyaviy ekspert va tahlilchi. U Foreks, fond va kriptovalyuta bozorlarida savdo qilish boʻyicha ekspert. Past yoki oʻrta riskli konservativ strategiyalar, oʻrta va uzoq muddatli investitsiyalar uning afzal koʻrgan savdo uslubidir. U moliyaviy bozorlarda 7 yillik tajribaga ega. Ivan boshlangʻich treyderlar uchun maqolalar tayyorlash, shuningdek, brokerlarni koʻrib chiqish va baholash, ularning ishonchliligi, savdo sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

Ivan doimiy ravishda eng samarali variantlarni tanlab, turli aktivlar uchun yangi strategiyalarni sinab koʻradi. Bundan tashqari, u boshlangʻich treyderlarga yordam berishni ishning muhim jihati deb hisoblaydi. U yangi boshlovchilar uchun talab qilinadigan maʼlumotlar - oʻquv materiallari, strategiyalar bilan oʻrtoqlashadi.

Ivanning shiori: Muntazam oʻrganish va tajriba muvaffaqiyatga olib keladi.

Nodirjon Hamraev
Rivojlanayotgan oʻzbek muharriri

Nodirjon Hamraev ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega professional tarjimon. Hozirga qadar hujjatlardan tortib, saytlarga qadar materiallarni oʻz ichiga oluvchi 250 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mirjan Hipolito
Kriptovalyuta va birja treyderi

Mirjan Hipolito jurnalist va Trader Union tashkilotida yangiliklar muharriri sifatida ishlaydi. U moliyaviy bozorlarda besh yillik tajribaga ega kripto yozuvchi. Uning ixtisosligi kunlik bozor yangiliklari, narxlarni prognoz qilish va birlamcha tanga takliflari (ICO) hisoblanadi.