XRP narxi eng yuqori qanchaga chiqishi mumkin

Buni ulashing:

Traders Union tahlilchisi Anton Xaritonovning fikricha, XRP 2024-yil oxiriga kelib $0.499 - $0.61, 2025-yil oxiriga kelib $0.6248 ga savdo qilinishi, tanga esa 2030-yilga kelib $1.1352 dollarga teng bo‘lishi mumkin.

2017 va 2018-yillar davomida Ripple nihoyat XRP bozor kapitallashuvidagi koʻp yillik muvaffaqiyatsizliklardan soʻng hayratlanarli sakrash bilan oʻsishni amalga oshirdi. Bu yillar davomida Ripple ajoyib muvaffaqiyatga erishdi va dunyo boʻylab ikkinchi eng koʻp kapitallashgan kriptovalyuta va kripto bozorida yulduzga aylandi.

Bitcoin hali ham birinchi oʻrinda boʻlsa ham, 2021-yil boshida uning qulashi XRP uchun oʻz qiymatini tiklash va qayta yuqoriga koʻtarilish uchun ajoyib imkoniyat boʻldi. XRP oʻzining oldingi eng yuqori koʻrsatkichlaridan oʻtishi va sezilarli darajada oshishi mumkin.

Aksariyat kripto mutaxassislarning fikriga koʻra, XRP narxlari boʻyicha bashoratlar kelgusida ijobiy natijalar boʻlishini koʻrsatmoqda.

Agar siz XRP va uning kelajagi haqida batafsil maʼlumot olishni istasangiz, unda siz toʻgʻri joydasiz. Ushbu maqolada tanganing istiqbollari va kelajakda kripto bozori va investorlar uchun nima vaʼda qilishi haqida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari, biz “XRP $1000 ga koʻtarilishi mumkinmi?” degan savolga javob berdik

Umuman olganda, kelgusi yillarda buning amalga oshish ehtimoli kam. Ripple $10 000 ga yetishi uchun u yanada kattaroq bozor kapitallashuviga ega bo‘lishi kerak.

ByBit bilan hoziroq SHIBga investitsiya kiritishni boshlang!
Kapitalingiz xavf ostida.

Ripple (XRP) nima?

Ripple – xalqaro pul oʻtkazmalariga ishlov berishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanadigan toʻlov protokoli. U tezkor, shu bilan birga arzon tranzaksiyalarni taklif qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan markazlashtirilmagan protokol hisoblanadi. Uning imkoniyatlari tufayli koʻplab kripto mutaxassislari Ripple qachondir butun dunyo boʻylab tranzaksiya jarayonida inqilobni amalga oshiradi, deb hisoblashadi.

Ripple blokcheynini raqobatchilaridan ajratib turadigan oʻziga xos jihati shundaki, u moliyaviy xizmatlar sohasiga ixtisoslashgan. XRP – Rippleʼning mahalliy tokeni tranzaksiyalarni moliyaviy institutlar tomonidan boshqariladigan markaziy maʼlumot bazalaridan ochiqroq infratuzilmaga oʻtkazishga qodir.

U buni xarajatlarni ham kamaytirgan holda amalga oshira oladi. XRP operatsiyalari arzon boʻlish bilan birga, ishonchga asoslanmagan hisoblanadi. Bundan shuni anglash mumkinki, uchinchi tomon biror tranzaksiyani amalga oshirishi shart emas. Bu xususiyatlar XRPni transchegaraviy harakatlar uchun jozibali tanlovga aylantiradi.

XRPʼga qoʻshimcha tarzda, Ripple RippleNet deb nomlangan toʻlov tarmogʻiga ham ega boʻlib u banklar va boshqa moliya institutlariga pul va aktivlarni chegaralar boʻylab tezroq va arzonroq oʻtkazish imkonini beradi.

Oʻzining unikal biznes modeli bilan XRP bozor kapitali boʻyicha eng yaxshi 10 ta kriptovalyutadan biri ekanini tushunish mumkin.

Ripple (XRP) narxiga nimalar taʼsir qiladi?

Kriptovalyutalarga – boshqa aktivlar kabi – koʻpincha bozordagi turli omillar taʼsir qiladi. Ayrim omillar ularning narxi oshishiga, tushishiga yoki nisbatan bir xil boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin.

XRP kabi kriptovalyutalar boshqa investitsiya vositalari va valyutalariga qaraganda ancha o‘zgaruvchan, chunki ular hali rivojlanishning dastlabki bosqichida. Shundan kelib chiqib, investorlar raqamli aktivlar bilan tajriba oʻtkazar ekan, narxlar tez-tez koʻtariladi va/yoki pastga tushadi.

Quyida XRP narxiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa omillarni koʻrib chiqamiz.

Rivojlanayotgan bozor

Kriptovalyuta hali ham rivojlanayotgan bozor hisoblanadi va bundan Ripple XRPsi ham mustasno emas. Kriptovalyuta mashhurlikka erishayotgan boʻlsa-da, anʼanaviy valyutalar bilan solishtirganda ular hali ham nisbatan kichik bozor hisoblanadi. Bu hatto kichikroq taʼsirlar, masalan, XRP tokenlariga ega bir guruh odamlar narxga taʼsir qilishi mumkinligini anglatadi.

Spekulyatsiya

Kripto bozori spekulyatsiyaga asoslangan holda ishlaydi. Daromad olish uchun investorlar XRP kabi kriptovalyutalarni xarid qilish va sotish orqali narxlarning koʻtarilishi yoki tushishiga pul tikadi. Agar investorlar XRP narxi qachon koʻtarilishini aniqlay olsa va narx koʻtarilishidan oldin darhol xarid qilsa, ular katta daromad olishlari mumkin.

Investorlar narx tushishidan oldin qisqa muddat ichida XRPni sotsalar ham daromad olishlari mumkin. Koʻpgina investorlar kripto bozorining yuqoriga va pastga tebranishlarini taxmin qilishga harakat qiladi va bu allaqachon oʻzgaruvchan bozorda yanada koʻproq oʻzgaruvchanlikka sabab boʻladi.

Nazorat qiluvchi organlarning XRP va umuman kriptovalyuta bozoriga bosimi. 2020-yil dekabr oyida AQSH Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi Ripple qimmatli qogʻozlarni taklifi koʻrinishida XRP nomli raqamli aktivlarni sotish orqali 1,3 milliard dollar toʻplagani borasida daʼvo arizasini kiritdi. 2023-yil bahorida ikki yildan ortiq davom etgan daʼvo ishi hal etilishi mumkinligi va Ripple yakuniy qaror oʻz foydasiga chiqishi uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanligi haqida maʼlumot paydo boʻldi.

Sof raqamli aktiv

XRP kabi kriptovalyutalarning aksariyati sof raqamli aktivlar hisoblanadi. Shunga koʻra, haqiqiy moddiy qiymatga ega boʻlmagan ushbu aktivlar hech qanday jismoniy tovar yoki valyuta bilan qoplanmaydi.

Shuning uchun ularning narxi faqat talab va taklif bilan belgilanadi. Istalgan moliyaviy bozorda talab va taklif koʻplab omillarga qarab oʻzgarishi mumkin. Kripto olamda xavfsizlik buzilishlari, tartibga solish amaliyotining kamligi va hatto investorlarni qoʻrqitadigan blokcheyn uzilishlar bilan bogʻliq qoʻrquvlar mavjud.

Tanqislik

Boshqa koʻplab kriptovalyutalar singari, XRP ham cheklangan taʼminot tamoyili asosida ishlab chiqilgan. Xususan, Ripple 100 milliard cheklangan miqdorga ega. Bundan keyin hech qachon boshqa XRP yaratilmaydi. XRPlar miqdori esa vaqt oʻtishi bilan kamayadi, chunki u har bir amalga oshirilgan tranzaksiya uchun sarflanadi. Bu XRP boshqa koʻplab tokenlar singari tokenni yoqish mexanizmi shakliga ega ekanini anglatadi.

Har safar XRP yordamida tranzaksiya amalga oshirilganda, yuboruvchi tomonidan kichik miqdor kiritiladi. Va bu jarayonda XRP yoʻq qilinadi va natijada umumiy taʼminotdan bu miqdor olib tashlanadi. Shunday qilib, koʻproq odamlar XRP sotib olishda va Ripple platformasidan foydalanishda davom etar ekan, uning narxi keskin oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan tanqislik yuzaga kelishi mumkin.

FED pul aylanishi

Federal zaxira kengashi (FED) koʻpincha inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun foiz stavkalarini oshiradi. Maʼlumkin, yuqori foiz stavkalari bozor oʻzgaruvchanligini, ayniqsa kriptovalyuta kabi beqaror bozorlarda, qoʻzgʻatishi mumkin. Shunga koʻra, foiz stavkalari koʻtarilganda, XRP narxining oshishi va/yoki keskin tushishi kuzatiladi.

Tartibga solish muammolari

Hukumat tomonidan tartibga solish kriptovalyuta narxlariga, jumladan, XRP narxiga taʼsir koʻrsatadigan omillardan biri hisoblanadi. Nizomlar kriptovalyuta narxini oshishi yoki keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. XRP holatida tartibga solish muammolari tufayli narxlar tushishi mumkin.

Masalan, Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi Ripple kompaniyasini AQSH va butun dunyo boʻylab investorlarga roʻyxatdan oʻtmagan qimmatli qogʻozlar koʻrinishida XRP sotishda aybladi.

Bunday turdagi muammolar investorlarning XRPʼga boʻlgan ishonchi yoʻqolishiga olib kelishi, bu esa talabni kamaytirishi va oxir-oqibat bozordagi qiymatini pasaytirishi mumkin. Bunday holat avval ham yuz bergani ayni haqiqat. Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi daʼvosi XRP narxining sezilarli pasayishiga olib keldi.

10 yilda XRP narxi eng yuqori qanchaga chiqishi mumkin

TU mutaxassislar 2023yildan 2033yilgacha boʻlgan davr uchun XRP narxlari boʻyicha uzoq muddatli prognozni tayyorladi. Garchi oʻsish surʼatlari kriptovalyutalar tarixida boʻlgani kabi yuqori boʻlmagandek tuyulsa-da, tahlilchilar odatda optmistik fikr bildirdilar. Tahlilchilarning fikricha, 2023-yilda XRP $0.5847 ga, 10 yil ichida esa $1.2275 ga yetishi mumkin.

Yil Yil oʻrtasidagi narx Yil oxiridagi narx Oʻrtacha oʻsish, yiliga %
2023 $0.4729 $0.5315 0%
2024 $0.5542 $0.5779 0%
2025 $0.6026 $0.6283 0%
2026 $0.6552 $0.6832 0%
2027 $0.7124 $0.7429 0%
2028 $0.7746 $0.8077 0%
2029 $0.8423 $0.8783 0%
2030 $0.9158 $0.9549 0%
2031 $0.9957 $1.0383 0%
2032 $1.0827 $1.1289 0%
2033 $1.1772 $1.2275 0%
2034 $1.28 $1.3347 0%

Bu prognozlar qanchalik haqiqatga yaqin? Buni aytish qiyin, chunki hech kim valyutaning kelajakdagi narxini mutlaq aniqlik bilan bashorat qila olmaydi. Unga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun hech qachon bashoratlarni moliyaviy maslahat sifatida qabul qilmang. Buning oʻrniga, ularni tokenning potensial oʻsishini tushunish uchun qoʻllanma sifatida ishlating.

XRP narx bashorati – 2025

Traders Union mutaxassislariga koʻra, XRP 2025-yilda maksimal $0.6911 ga, kamida esa 2025-yilda $0.5237 ga yetishi mumkin.

Yil Yil oʻrtasidagi narx Yil oxiridagi narx Oʻrtacha oʻsish, yiliga %
yanvar 2025 $0.5237 $0.6401 0%
fevral 2025 $0.5274 $0.6446 0%
mart 2025 $0.5311 $0.6491 0%
aprel 2025 $0.5348 $0.6536 0%
may 2025 $0.5386 $0.6582 0%
iyun 2025 $0.5423 $0.6629 0%
iyul 2025 $0.5461 $0.6675 0%
avgust 2025 $0.5499 $0.6721 0%
sentabr 2025 $0.5538 $0.6768 0%
oktabr 2025 $0.5576 $0.6816 0%
noyabr 2025 $0.5615 $0.6863 0%
dekabr 2025 $0.5655 $0.6911 0%

Ripple (XRP) $100 yoki $1000 ga chiqishi mumkinmi?

TU tahlilchilarining fikriga koʻra, Ripple narxining $100 ga chiqishi dargumon. Tokenning $1000 ga chiqishi esa bundan ham dargumon. Buning sababi shundaki, XRP narxi har bir tanga uchun $1000 ga chiqishi uchun uning bozor kapitali kamida $100 trillionga chiqishi kerak boʻladi. Bu natijani yaqin orada ko‘rishimiz dargumon.

Ripple (XRP) $10 ga chiqishi mumkinmi?

Mutaxassislarning fikricha, XRP $10 ga chiqa oladi. Biroq, Traders Union mutaxassislarining XRP narxi boʻyicha prognozlari 2025-yilga kelib uning $10 chiqishini koʻrsatmayapti. TU mutaxassislarining joriy XPR prognozlariga koʻra, Ripple 2033-yilda $10,3113 ga chiqishi mumkin.

XRPga hozir sarmoya kiritishim kerakmi?

Kriptovalyutalar juda oʻzgaruvchan aktivlar hisoblanadi, shuning uchun ularga oʻz xohishingizga koʻra sarmoya kiritishingiz kerak. Ularning narxlari yangiliklar yoki investorlarning qiziqishi taʼsirida kutilmagan tushishi yoki tezda koʻtarilishi mumkin. Shuning sababli XRP samaradorligini baholash uchun kichikroq summada sarmoya kiritishdan boshlashni tavsiya qilamiz.

XRP qiymati koʻpgina raqobatchilardan past, shuning uchun unga sarmoya kiritishda ehtiyot boʻlishingiz kerak. Bundan tashqari, u Bitcoin kabi har bir token narxi oʻn ming dollarga chiqishi uchun teng potensialga ega emas.

Ammo, agar oʻn yil kutishga tayyor boʻlsangiz, XRP yaxshi uzoq muddatli sarmoya hisoblanadi. XRP Ledger sizga transchegaraviy tranzaksiyalarni arzon narxlarda amalga oshirish va jarayonni soddalashtirishga imkon beradi.

Qayerdan XRP sotib olish mumkin?

1
9.4/10
Minimal depozit:
₮1
2
9.2/10
Minimal depozit:
$1

Xulosa

XRP sanoatda yetakchi kripto boʻlsa-da, u hali ham ayrim zaifliklarga ega. Masalan, Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi daʼvo arizasi kripto valyutasiga yomon zarba berib, uning har bir token qiymatini sezilarli darajada pasaytirdi. Biroq, XRP oʻshandan beri muayyan miqdorda oʻshdi, aksariyat ekspertlar 2025-yilda uning narxi oshishini kutishmoqda.

2032 yilga kelib, XRP narxi tangalarning samaradorligi va kelgusi oʻn yildagi investorlar qiziqishiga qarab $2 dan $15 gacha boʻlishi mumkin. Albatta, agar siz XRPga sarmoya kiritmoqchi boʻlsangiz, buni oʻz xohishingiz bilan qilishingiz kerak. Agar XRP tangalari bilan xavfsiz savdo qilishni istasangiz, Binance, Kraken, Binance, BitStamp, eToro va Crypto.com eng yaxshi birjalar hisoblanadi.

Narxni bashorat qilish metodologiyasi

Prognoz qilishda quyidagi vositalar va asboblar ishlatildi:

Texnik tahlilning asosiy vositalari. Prognoz asosiy texnik koʻrsatkichlarga tayanadi. Aniqroq natijalarga erishish uchun tahlillar asosan oʻrta va uzoq muddatli vaqt oraligʻida amalga oshirildi.


Mutaxassislarga kriptovalyutalar narxiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan voqea ehtimolini baholashga imkon beruvchi statistik vositalar.


Kriptovalyuta startapining individual xususiyatlari va uning raqobatbardoshligi: erkin muomaladagi tokenlar soni, emissiyani cheklash, startapning jamiyat uchun potensial foydaliligi.

ЕСКЕРТУ:

Бұл баға болжамы ағымдағы ақпарат пен тарихи деректерге негізделген. Болашақта криптовалюта нарықтарындағы жалпы жағдайды түбегейлі өзгерту, белгілі бір криптовалюталардың бағасына әсер ету және кейіннен баға үрдісін өзгертуге қабілетті күшті іргелі факторлар пайда болуы мүмкін. Баға болжамдары соңғы деректер негізінде үнемі жаңартылып отырады.

Бұл мақала тек ақпараттық мақсатта жасалған және инвестициялық кеңес болып табылмайды. Криптовалюталардың жоғары құбылмалылығынан хабардар болып, инвестициялық шешімдер қабылдау кезінде осы тәуекелдерді ескеріңіз.

Savollarga javoblar

XRP narxi maksimal qanchaga chiqishi mumkin?

Aksariyat mutaxassislar 2025-yilda XRP narxining oshishini kutishmoqda. Tahlilchilarning fikricha, XRP keyingi oʻn yil ichida $10 gacha koʻtarilishi mumkin.

10 yilda XRP narxi qanchalik yuqorilaydi?

2032 yilga kelib, XRP narxi tangalarning samaradorligi va kelgusi oʻn yildagi investorlar qiziqishiga qarab $2 dan $15 gacha boʻlishi mumkin.

Ripple $100 ga chiqishi mumkinmi?

Ha, Ripple $100 ga chiqishi mumkin, ammo bu dargumon. Tokenning $1000 ga chiqishi esa bundan ham dargumon, chunki XRP narxi har bir tanga uchun $1000 ga chiqishi uchun uning bozor kapitali kamida $100 trillionga chiqishi kerak boʻladi. Bu natijani yaqin orada ko‘rishimiz dargumon.

XRP, XRP Ledger va Ripple bir-biridan qanday farq qiladi?

Ripple – bu XRP tokenini va XRP Ledgerni yaratgan kompaniya. U kripto yechimlar sohasida yetakchi provayder bo‘lib, bosh direktori Bred Garlingxaus hisoblanadi. XRP $20254832098 bozor kapitaliga ega kriptovalyuta tokenidir.

Nihoyat, XRP Ledger, yaʼni XRPL markazlashmagan, ommaviy blokcheyn boʻlib, asosan tezligi, ishonchliligi va energiya samaradorligi bilan mashhur. Ishlab chiquvchilar ushbu kuchli ochiq manba asosidan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan talab yuqori boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun foydalanadilar.

Nechta moliyaviy institut XRPni qabul qilgan?

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, XRP eng keng tarqalgan kriptovalyutalardan biri boʻlib, koʻplab banklar va boshqa moliya institutlari uni qabul qilgan. Hozirda dunyoning 45 dan ortiq mamlakatlarida 300 dan ortiq moliyaviy firmalar XRPni qabul qilgan.

XRP qanchalik xavfsiz?

XRP markazlashtirilmagan platformada ishlaganligi sababli, u aksariyat raqobatchilariga qaraganda tezroq va ishonchliroq. Biroq, Ripple platformasining ochiq manbali tabiati uning xavfsizlik tahdidlariga qarshi himoyasini zaiflashtiradi. Buni yodda tutishingiz kerak.

Ayrim tarmoq tugunlari hujumlarga moyil boʻlib, treyderlarning oʻz mablagʻlariga kirishiga toʻsqinlik qilishi mumkin. Agar bunday hujum yuz berlsa, kamida 50 000 ta hamyon xavf ostida qoladi.

Agar XRP qimmatli qogʻoz boʻlsa nima boʻladi?

Ripple Labs hozirda XRPni roʻyxatdan oʻtkazmasdan qimmatli qogʻozga aylantirganligi uchun sudga tortilgan. Agar XRP qimmatli qogʻoz ekani maʼlum boʻlsa, Ripple Labs roʻyxatdan oʻtkazmasdan qimmatli qogʻozni sotgani uchun javobgarlikka tortiladi. Bu ish 2024-yilda yakuniga yetadi.

Yangi boshlanuvchilar uchun lug'at

  • 1 Broker

    Broker - moliyaviy bozorlarda savdolarni amalga oshirishda vositachi sifatida faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Xususiy investorlar brokersiz savdo qila olmaydi, chunki birjalarda savdolarni faqat brokerlar amalga oshirishi mumkin.

  • 2 Kriptovalyuta

    Kriptovalyuta - bu xavfsizlik uchun kriptografiyaga tayanadigan raqamli yoki virtual valyutaning bir turi. Hukumatlar tomonidan chiqarilgan an'anaviy valyutalardan (fiat valyutalari) farqli o'laroq, kriptovalyutalar markazlashtirilmagan tarmoqlarda ishlaydi, odatda blokcheyn texnologiyasiga asoslangan.

  • 3 Savdo

    Savdo bozor narxlarining o'zgarishidan foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlar, valyutalar yoki tovarlar kabi moliyaviy aktivlarni sotib olish va sotishni o'z ichiga oladi. Savdogarlar ongli qarorlar qabul qilish va moliyaviy bozorlarda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini optimallashtirish uchun turli strategiyalar, tahlil usullari va risklarni boshqarish usullaridan foydalanadilar.

  • 4 Investor

    Investor - kelajakda uning qiymati oshishini kutgan holda aktivga pul qo'ygan jismoniy shaxs. Aktiv har qanday narsa bo'lishi mumkin, jumladan obligatsiyalar, obligatsiyalar, investitsiya fondlari, aktsiyalar, oltin, kumush, birja fondlari (ETF) va ko'chmas mulk.

  • 5 Bitcoin

    Bitkoin — markazlashmagan raqamli kriptovalyuta boʻlib, u 2009-yilda anonim shaxs yoki guruh tomonidan Satoshi Nakamoto taxallusidan foydalangan holda yaratilgan. U blokcheyn deb nomlangan texnologiyada ishlaydi, bu kompyuterlar tarmog'i bo'ylab barcha tranzaktsiyalarni qayd qiluvchi taqsimlangan daftardir.

Maqola ustida ishlagan jamoa

Johnathan Maverick
Xodim

Jonatan M. AQSHda yashovchi yozuvchi va investor, Traders Union veb-saytining muallifi. Uning ikki asosiy mutaxassisligi moliya va investitsiya (xususan, foreks va tovarlar treydingi) va din/maʼnaviyat/meditatsiya hisoblanadi.

U Investopedia.com uchun maqolalar yozish tajribasiga ega, Steve Pomeranz Show, NPRda shaxsiy moliya radio dasturining bosh muallifi sifatida faoliyat yuritadi. Jonathan, shuningdek, 20 yildan ortiq investitsiya tajribasiga ega faol valyuta (foreks) treyderi ham hisoblanadi.

Nodirjon Hamraev
Rivojlanayotgan oʻzbek muharriri

Nodirjon Hamraev ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega professional tarjimon. Hozirga qadar hujjatlardan tortib, saytlarga qadar materiallarni oʻz ichiga oluvchi 250 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mirjan Hipolito
Kriptovalyuta va birja treyderi

Mirjan Hipolito jurnalist va Trader Union tashkilotida yangiliklar muharriri sifatida ishlaydi. U moliyaviy bozorlarda besh yillik tajribaga ega kripto yozuvchi. Uning ixtisosligi kunlik bozor yangiliklari, narxlarni prognoz qilish va birlamcha tanga takliflari (ICO) hisoblanadi.