Binar opsionlar halolmi? Islomda binar treyding

Buni ulashing:

Eslatma:

Depozitingizni yoʻqotmaslik uchun tasdiqlanmagan binar opsion brokerlaridan qochishingizni maslahat beramiz. Ushbu sohada katta tajribaga ega brokerlarni va Traders Union veb-saytida binar opsion brokerlari reytingidagi yetakchilarni tanlashni tavsiya qilamiz.

XM bilan binar opsionlar treydingini boshlang XM Group

Binar opsionlar treydingi – halolmi yoki harom? Traders Union mutaxassislari bu savolga javob berishadi. Bu Shariat qonunlarini qanday talqin qilishingizga bogʻliq, lekin, umuman olganda, u harom tomonga ogʻadi.

Bilarn opsionlar savdosi islom jamoatchiligi uchun katta jumboq hisoblanadi. Islom shariatiga koʻra joiz yoki joiz emasligi haligacha noaniq.

Binar opsionlar treydingi va uning halol yoki haromligi haqida juda koʻp bahs-munozaralar mavjud. Ayrim odamlar buni harom deb hisoblaydi, boshqalari esa xavf-xatarlardan xabardor boʻlinganda uni halolligiga daʼvo qiladi. Ushbu blogda biz bahsni har ikki tomondan koʻrib chiqamiz va bu borada oʻz fikrimizni bildiramiz. Batafsil tanishish uchun oʻqishda davom eting.

Hoziroq Pocket Options bilan binar opsionlar treydingini boshlang!

Binar opsionlar halolmi?

Islom dini yagona Xudo borligiga va Muhammad uning oxirgi paygʻambari ekanligiga ishonishga asoslanadi. Musulmonlar Qurʼon va Sunnat taʼlimotlariga (paygʻambar odatlariga) amal qilishlari shart. Islomning asosiy tamoyillaridan biri shundaki, Alloh taolo harom qilmagan hamma narsa haloldir.

Islomda taqiqlangan narsalar ikki turga boʻlinadi: harom va makruh narsalar. Harom “taqiqlangan”, makruh esa “yoqtirilmagan” degan maʼnoni anglatadi. Harom boʻlgan narsa butunlay taqiqlanadi, makruh boʻlgan narsadan esa iloji boricha qochish kerak.

Bu masala bilan tanishib chiqqanimizdan keyin, endi, keling, binar opsionlar savdosini koʻrib chiqamiz va bu masalada Islom nima deyishini koʻrib chiqamiz. Lekin birinchi navbatda, binar opsionlar treydingi nima?

Eng yaxshi binar opsionlar brokerlari

Binar opsionlar treydingi

Binar opsionlar treydingi – bu aktivning narx harakati yoʻnalishini taxmin qilishni va shunga mos ravishda investitsiya qilishni oʻz ichiga olgan moliyaviy savdo turi. Agar taxminingiz toʻgʻri boʻlsa, daromad olasiz. Aks holsa, investitsiyangizni yoʻqotasiz.

Binar opsionlar boshqa turdagi moliyaviy vositalardan, masalan, aksiyalar va obligatsiyalardan farq qiladi, chunki ular faqat ikkita mumkin boʻlgan natijaga ega: foyda olasiz yoki investitsiyangizni yoʻqotasiz. Oraliq natija yoʻq. Bu binar opsionlar savdosini yuqori xavfli, yuqori daromadli investitsiya turiga aylantiradi. Shuning uchun ham baʼzilar uni harom deb hisoblaydilar.

Binar opsionlar savdosining harom ekanligiga argument

Binar opsion savdosini harom deb hisoblaydiganlar, odatda, qimorning barcha turlari Islom tomonidan taqiqlangan, degan fikrda. Ularning taʼkidlashicha, binar opsionlar savdosida tasodif elementi borligi sababli, u qimor oʻyinlari toifasiga kiradi. Qimor oʻyinlari harom boʻlgani uchun binar opsion savdosi ham harom.

Tez-tez aytiladigan yana bir argument shundaki, siz aslida aktivning narx harakati yoʻnalishiga pul tikasiz. Islom spekulyatsinani taqiqlagani uchun bu binar opsionlar savdosini ham harom qiladi.

Binar opsionlar savdosining halol ekanligiga argument

Bahsning boshqa tomonida binar opsionlar savdosini halol deb hisoblaydiganlar bor. Ular bu masalada ikkita asos keltirishadi:

Koʻnikma argumenti: Binar tarafdorlari binar opsionlar savdosi qimor emasligini taʼkidlaydilar, chunki aktivning narx harakati yoʻnalishini taxmin qilishda koʻnikmalar ishga solinadi.

Taxmin argumenti: Ushbu argument treyderlar aktivning narx harakati yoʻnalishi boʻyicha pul tikmaydi, deb daʼvo qiladi.

Aksincha, siz taxminlaringiz asosida investitsiya kiritasiz va shuning uchun bu qimor oʻyinlarining bir turi hisoblanmaydi. Bu taxmingiz tasodif mahsuli emas, balki katta kuch talab qiladigan hisoblangan va mashaqqatli prognoz ekanligini anglatadi.

Investitsiya argumenti: Ushbu argument binar opsionlar savdosi investitsiya turi ekanligini va spekulyatsiya emasligini taʼkidlaydi, chunki siz aktivning oʻzini emas, aksincha, taxmingiz toʻgʻri boʻlsa, pul toʻlanadigan shartnomani sotib olasiz.

Binar opsionlar treydingi sudxoʻrlik sifatida

Baʼzida binar opsionlar savdosi sudxoʻrlikning bir turi va shuning uchun harom degan yana bir argument keltiriladi. Sudxo‘rlik foiz bilan qarz berish amaliyotini nazarda tutadi va bu Islomda taqiqlangan.

Binar opsionlar savdosi boʻyicha argument mohiyati shundaki, siz aktivning narx harakati yoʻnalishi boʻyicha “tikishingiz" kerak boʻladi va taxminingiz toʻgʻri boʻlgan hollarda daromad olasiz. Shundan kelib chiqsak, binar opsionlar savdosi sudxoʻrlik shakli hisoblanadi.

Lekin, binar opsionlar savdosi sudxoʻrlik ekanligi haqidagi argument tubdan notoʻgʻri. Buning sababi, binar opsionlar savdosida siz aslida qarz bermaysiz. Siz oʻz pulingizni investitsiya qilasiz va agar taxminingiz toʻgʻri boʻlsa, daromad olasiz. Aks holsa, investitsiyangizni yoʻqotasiz. Bu yerda foiz aralashmagan.

Musulmon mamlakatlarida binar treydingi qonuniymi?

Qoʻshma Shtatlar va Birlashgan Qirollik kabi mamlakatlarda binar treyding qonuniy boʻlsa-da, musulmon mamlakatlarida bu qonuniy boʻlmasligi mumkin. Bu, ayniqsa, musulmonlar oʻz eʼtiqodlari va taʼlimotlariga qanchalik kuchli amal qilishlarini hisobga olsak toʻgʻri hisoblanadi.

Aytgancha, bu yerda bir nechta musulmon mamlakatlari va ulardagi binar opsionlar savdosining huquqiy maqomi keltirilgan:

Indoneziya: Shariat qonunlari musulmonlarning foiz orqali daromad olishlarini taqiqlaydi, shuning uchun binar opsionlar savdosiga ruxsat berilmaydi.

Malayziya: Malayziya hukumati binar opsion savdosiga qarshi fatvo bergan, ammo bu qonuniy kuchga ega emas.

Pokiston: Binar treyding Pokistonda qonuniy, lekin faqat xorijiy broker orqali savdo qilsangiz.

Turkiya: Turkiyada qimor o‘yinlarining barcha turlari taqiqlangan. Mamlakat binar opsionlar savdosini qimor oʻyinlari sifatida tasniflaydi va bu qonuniydir.

Saudiya Arabistoni: Saudiya Arabistonida binar opsionlar savdosiga oid maxsus qonunlar yoki qoidalar mavjud emas.

BAA: BAA binar opsion savdosiga qarshi ogohlantirish bergan, ammo bu qonuniy kuchga ega emas.

Binar opsionlar muqobillari

Binar opsionlar savdosi mamlakatingizda noqonuniy boʻlsa, treyding faoliyatini toʻxtatishingiz yoki binar opsion savdosining muqobil variantlarini topishingiz mumkin. Bundan variantlarning ayrimlariga quyidagilar misol boʻladi:

Islomiy Foreks treyding: Siz chet el valyutalari bilan foizsiz savdo qilishingiz mumkin.

CFD treyding: Binar opsionlarga oʻxshash, ammo oʻzgarmas amal qilish muddatiga ega farq boʻyicha kontraktlar bilansavdo qilishingiz mumkin.

Spredga tikish: Spredga tikish faqat muayyan mamlakatlarda mavjud boʻlib, u sizga aktivga egalik qilmasdan uning narx harakatiga pul tikish imkonini beradi.

Aksiyalarga investitsiya kiritish: Aksiyalarni sotib olishingiz va ularni uzoq muddat davomida saqlashingiz mumkin. Bu qimor emas, balki foyda keltirishi mumkin boʻlgan investitsiya shakli.

Koʻrib turganingizdek, binar opsionlar bilan savdo qilishni xohlaydigan musulmon treyderlar uchun bir qator variantlar mavjud. Brokerlarni oʻrganish va oʻzingiz tanlagan variant qulay ekanligiga ishonch hosil qilishingiz muhim. Va har doimgidek, professional maslahat olish uchun moliyaviy maslahatchi bilan maslahatlashing.

Aytib oʻtilgan aktivlar bilan savdo qilish haqiqatan ham qonuniy yoki qonuniy emasligini tasdiqlash uchun mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilishingiz kerak boʻladi. Agar bunday boʻlmasa, har doim binar treyding qonuniy boʻlgan mamlakatda joylashgan brokerni topishga harakat qilishingiz mumkin.

2024-yilgi eng yaxshi islomiy treyding hisoblar

Anʼanaviy treyding hisoblaridan farqli oʻlaroq, islomiy savdo hisoblari oʻz eʼtiqodlariga muvofiq savdo qilishni xohlaydigan musulmonlar uchun bir nechta maxsus xususiyatlarga ega. Islomiy savdo hisobida foydalanishingiz mumkin boʻlgan bir nechta funksiyalar quyidagicha:

Savdolardan foiz olinmaydi

Pozitsiyalarni bir kecha qoldirish uchun toʻlovlar olinmaydi

Svopsiz variantlar mavjud

Hisob boshqaruvi shariat qonunlariga asoslanadi

Endi musulmonlar uchun eng yaxshi savdo hisoblarini koʻrib chiqamiz.

RoboForex islomiy hisobi

RoboForex Foreks va turli aktivlar sinflari, jumladan, Foreks, metallar, energiyalar, indekslar va kriptovalyutalar boʻyicha CFD savdolarini taklif qiladi.

RoboForex brokerining asosiy afzal jihatlaridan biri shundaki, ular svopsiz hisoblarni taklif qilishadi. Ushbu hisob turidan nafaqat musulmon treyderlar, balki barcha treyderlar foydalanishi mumkin.

RoboForexning svopsiz hisoblarida 1:2000 gacha boʻlgan kredit yelkasi taklif qilinadi, bu sohadagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Shunday boʻlsa-da, kredit yelkasi yoʻqotishlaringizni ham oshirishi mumkinligini unutmang, shuning uchun undan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.

XM islomiy hisobi

Ushbu Foreks hisobi turi Kiprda joylashgan XM Foreks brokerlik firmasi tomonidan taklif etiladi.

Nomidan koʻrinib turibdiki, XM Islomiy hisobi musulmon treyderlar uchun moʻljallangan Foreks hisobidir. Bu hisob turi shariat qonunlariga mos keladi, chunki unda hech qanday svop yoki foiz olinmaydi, bu orqali daromad orttirilmaydi.

XM Islomiy hisobini ochish uchun XM veb-saytida jonli hisob uchun roʻyxatdan oʻting va hisob turi sifatida Islomiy hisobni tanlang. Treydingni boshlash uchun hisobingizga kamida $5 kiritishingiz kerak boʻladi.

XM ushbu hisob turi boʻyicha 1:888 gacha kredit yelkasi taklif qiladi, yaʼni siz nisbatan kichik depozit bilan katta miqdordagi pulni boshqarishingiz mumkin. Shunday boʻlsa-da, kredit yelkasi yoʻqotishlaringizni ham oshirishi mumkinligini unutmang, shuning uchun undan ehtiyotkorlik bilan foydalaning.

Ushbu hisob turi sizga Foreks, CFD, metallar va energiya bilan savdo qilish imkonini beradi. Shunday qilib, bozorlar boʻyicha katta tanlovga egasiz.

Umuman olganda, XM Islomiy hisobi shariat qonunlariga mos keladigan Foreks hisobini qidirayotgan musulmon treyderlar uchun yaxshi tanlovdir. Ushbu hisob turida svoplar yoki foiz toʻlovlari yoʻq, minimal depozit va yuqori kredit yelkasi taqdim etiladi. XM AQSHning SEC yoki Birlashgan Qirollikning FCA kabi yirik moliyaviy regulyator tomonidan tartibga solinmaydi.

Xulosa

Binar opsionlar halolmi? Bu Shariat qonunlarini qanday talqin qilishingizga bogʻliq, lekin koʻpincha harom tomonga ogʻadi. Ammo binar opsionlar bilan savdo qilish halol bo‘lmagani bois savdodan butunlay voz kechishingiz shart emas.

Musulmon treyderlar uchun diniy eʼtiqodlarini buzmasdan binar opsionlar va boshqa aktivlar bilan savdo qilishning bir necha yoʻli mavjud. Va hatto shariat qonunlariga mos keladigan islomiy hisob variantlarini taklif qiluvchi brokerlar ham bor. Shunday qilib, agar siz binar opsionlar bilan savdo qilmoqchi boʻlgan musulmon treyder boʻlsangiz, siz uchun bir qator variantlar mavjud.

Oʻrganib chiqing va diniy eʼtiqodlaringizni buzmasdan binar opsionlar bilan savdo qilishning eng yaxshi usulini topish uchun moliyaviy maslahatchidan yordam oling. Va har doim binar opsionlar savdosi mamlakatingizda haqiqatan ham qonuniy yoki qonuniy emasligini tasdiqlash uchun mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilishni yodda tuting.

Savollarga javoblar

Binar opsionlar savdosi halolmi?

Bu Shariat qonunlarini qanday talqin qilishingizga bogʻliq. Ayrim ulamolar buni harom, ayrimlari esa joiz, deb hisoblaydilar. Biroq, aksariyat ulamolar uni harom degan fikrga moyilroq koʻrinishadi.

Musulmonlar binar opsionlar savdosi bilan shugʻullanishi mumkinmi?

Ha, musulmonlar binar opsionlar bilan savdo qilishi mumkin. Biroq, ular ehtiyot boʼlishlari va diniy eʼtiqodlari buzilmasligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Binar opsionlar bilan savdo qilishning halol yoʻli bormi?

Ha, musulmon treyderlar diniy eʼtiqodlarini buzmasdan binar opsionlar bilan savdo qilishining bir necha yoʻli mavjud. Masalan, ayrim brokerlar shariat qonunlariga mos keladigan islomiy hisob variantlarini taklif qilishadi.

Halol binar opsionlar brokerini qayerdan topsam boʻladi?

Binar opsionlar savdosi mamlakatingizda haqiqatan ham qonuniy yoki qonuniy emasligini tasdiqlash uchun mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qilishingiz kerak boʻladi. Agar shunday boʻlsa, siz binar treyding qonuniy boʻlgan mamlakatda joylashgan brokerni topishga harakat qilishingiz mumkin.

Yangi boshlanuvchilar uchun lug'at

  • 1 Savdo

    Savdo bozor narxlarining o'zgarishidan foyda olish maqsadida qimmatli qog'ozlar, valyutalar yoki tovarlar kabi moliyaviy aktivlarni sotib olish va sotishni o'z ichiga oladi. Savdogarlar ongli qarorlar qabul qilish va moliyaviy bozorlarda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini optimallashtirish uchun turli strategiyalar, tahlil usullari va risklarni boshqarish usullaridan foydalanadilar.

  • 2 Broker

    Broker - moliyaviy bozorlarda savdolarni amalga oshirishda vositachi sifatida faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Xususiy investorlar brokersiz savdo qila olmaydi, chunki birjalarda savdolarni faqat brokerlar amalga oshirishi mumkin.

  • 3 Opsion savdosi

    Opsion savdosi - bu opsion shartnomalarini sotib olish va sotishni o'z ichiga olgan moliyaviy derivativ strategiya bo'lib, u treyderlarga asosiy aktivni belgilangan narxda sotib olish yoki sotish huquqini (lekin majburiyatni emas) beradi, ish tashlash narxi sifatida tanilgan. oldindan belgilangan amal qilish muddati. Ikkita asosiy turdagi optsionlar mavjud: egasiga asosiy aktivni sotib olish imkonini beruvchi call optsioni va egasiga asosiy aktivni sotish imkonini beruvchi put optsioni.

  • 4 CFD

    CFD - investor/trader va sotuvchi o'rtasidagi shartnoma bo'lib, savdogar sotuvchiga aktivning joriy qiymati va uning qiymati o'rtasidagi narx farqini to'lashi kerakligini ko'rsatadi.

  • 5 Kriptovalyuta

    Kriptovalyuta - bu xavfsizlik uchun kriptografiyaga tayanadigan raqamli yoki virtual valyutaning bir turi. Hukumatlar tomonidan chiqarilgan an'anaviy valyutalardan (fiat valyutalari) farqli o'laroq, kriptovalyutalar markazlashtirilmagan tarmoqlarda ishlaydi, odatda blokcheyn texnologiyasiga asoslangan.

Maqola ustida ishlagan jamoa

Ivan Andriyenko
Traders Unionda yozuvchi

Ivan Andriyenko - moliyaviy ekspert va tahlilchi. U Foreks, fond va kriptovalyuta bozorlarida savdo qilish boʻyicha ekspert. Past yoki oʻrta riskli konservativ strategiyalar, oʻrta va uzoq muddatli investitsiyalar uning afzal koʻrgan savdo uslubidir. U moliyaviy bozorlarda 7 yillik tajribaga ega. Ivan boshlangʻich treyderlar uchun maqolalar tayyorlash, shuningdek, brokerlarni koʻrib chiqish va baholash, ularning ishonchliligi, savdo sharoitlari va oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bilan shugʻullanadi.

Ivan doimiy ravishda eng samarali variantlarni tanlab, turli aktivlar uchun yangi strategiyalarni sinab koʻradi. Bundan tashqari, u boshlangʻich treyderlarga yordam berishni ishning muhim jihati deb hisoblaydi. U yangi boshlovchilar uchun talab qilinadigan maʼlumotlar - oʻquv materiallari, strategiyalar bilan oʻrtoqlashadi.

Ivanning shiori: Muntazam oʻrganish va tajriba muvaffaqiyatga olib keladi.

Nodirjon Hamraev
Rivojlanayotgan oʻzbek muharriri

Nodirjon Hamraev ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilish boʻyicha 5 yildan ortiq tajribaga ega professional tarjimon. Hozirga qadar hujjatlardan tortib, saytlarga qadar materiallarni oʻz ichiga oluvchi 250 dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlagan.

Mirjan Hipolito
Kriptovalyuta va birja treyderi

Mirjan Hipolito jurnalist va Trader Union tashkilotida yangiliklar muharriri sifatida ishlaydi. U moliyaviy bozorlarda besh yillik tajribaga ega kripto yozuvchi. Uning ixtisosligi kunlik bozor yangiliklari, narxlarni prognoz qilish va birlamcha tanga takliflari (ICO) hisoblanadi.