2024-yilda eng yaxshi Foreks signal provayderlarining top 10 ligi

Buni ulashing:

Foreks bozori daromad olish va treyding va umumiy moliyaviy maqsadlarga erishish uchun koʻplab imkoniyatlarni taklif etadi. Shu bilan birga, ushbu bozor juda shafqatsiz boʻlishi mumkin. Muvaffaqiyatli foreks treyderiga aylanish uchun ham tajriba, ham bilimga ega boʻlish talab etiladi. Ammo tajribangiz boʻlmasa ham, imkoniyatlardan foydalanishingiz va daromad olishingiz mumkin. Buning uchun sizga kerak boʻladigan yagona narsa – yaxshi tashkil etilgan, tasdiqlangan, ishonsa boʻladigan va ishonchli foreks signal provayderidir.

  • 1000pip Builder

  • RoboForex CopyFX

  • AvaTrade

  • Learn2Trade

  • ForexSignals.com

  • FXPremiere.com

  • MetaTrader 4

  • DailyForex.com

  • Forex School Online

  • Forex Signal Factory

Oʻz mohiyatiga koʻra, foreks signal provayderi barcha turdagi treyderlarga muayyan narx va vaqtda mavjud boʻladigan treyding imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bunday platformalar sizdagi barcha ogʻirlikni oʻz zimmasiga oladi – sizdan faqat daromad olish uchun pozitsiyaga kirishingiz talab etiladi. Shunga koʻra, bozor son-sanoqsiz foreks signal provayderlari bilan toʻlgan boʻlib, bu eng yaxshi variantni tanlashni qiyin vazifaga aylantiradi. Shuning uchun biz 2024-yilda yuqori muvaffaqiyat darajasiga ega Foreks treyding signallarining eng yaxshi provayderlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi ushbu maqolani taqdim etdik. Shunday ekan, keling, ortiqcha gapirmasdan, ular bilan tanishishni boshlaymiz.

Foreks signallari nima?

Eng yaxshi foreks signal provayderlarini ochiqlashimizdan oldin, aslida Foreks signallari nima ekanligini tushunish muhim ahamiyatga ega. Foreks treyding signallari sizga quyidagi savollarni hal qilishda yordam beradigan treyding tavsiyalari hisoblanadi:

Qaysi foreks juftligida savdo qilishingiz kerak?

Foreks savdo juftligini sotib olish kerakmi yoki sotish kerakmi?

Bozorga qachon kirish kerak?

Qancha foyda olish mumkin?

Shuni yodda tutingki, signallarni aniq kuzatib borishingiz yoki umumiy treyding strategiyangizni yaxshilash maqsadida ularni chuqur va keng qamrovli tahlilingizning bir qismi sifatida ishlatishingiz mumkin. Qanday usuldan foydalanishingizdan qatʼi nazar, foreks signallari foydaliroq treyding tajribasiga ega boʻlish uchun foreks bozorini yaxshiroq tushunishingizga imkon beradi.

Treyding signallari provayderini tanlash Treyding signallari provayderini tanlash
Tranzaksiyani avtomatik ochish Treyderni maʼlumot bilan taʼminlash Tranzaksiyani avtomatik ochish
Treyderni maʼlumot bilan taʼminlash
Daromad olish Daromad olish

Foreks signal provayderlari: Nimani hisobga olish kerak?

Foreks signal provayderini tanlashda yodda tutishingiz kerak boʻlgan bir qancha muhim omillar mavjud. Quyida eng yaxshi foreks signal provayderini tanlashingizda yordam beradigan eng muhim omillardan ayrimlari berilgan.

Provayder tajribasi

Agar siz tajribali treyder boʻlsangiz, Foreks treydingi boʻyicha daromadingizni barqaror ushlab turish oson ish emasligini allaqachon bilasiz. Bunda faqat shaxsiy tajribangiz emas, balki provayderning tajribasi ham muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun, foreks signal provayderini tanlashda eʼtiborga olish kerak boʻlgan birinchi jihatlardan biri bu provayderning qanchalik tajribaga ega ekani va signal xizmatining muvaffaqiyatiga qancha vaqt boʻlgani hisoblanadi. Bu sizga vaqt oʻtishi bilan provayder faoliyati qay darajada izchil boʻlganini baholashga imkon beradi.

Sondan sifatning ustunligi

Foreks signal provayderlarini qidirayotgan foreks treyderlari orasida eng koʻp uchraydigan savollardan biri – bu “Provayder har kuni/haftada qancha signal taklif qiladi?” savolidir. Bu, shubhasiz, yaxshi savol va siz ehtiyojlaringizni qondiradigan chastotali signallarni taklif qiluvchi provayderni tanlashingiz mumkin. Ammo shuni ham yodda tutish kerakki, ko‘proq treyding qilish har doim ham ko‘proq daromad olishni anglatmaydi. Treyding signallarining soni ham, sifati ham turlicha boʻlishi mumkin. Treyding signallarining sifati signallar soniga qaraganda muhim ahamiyatga ega.

Avtomatlashtirish

Foreks signal provayderingizga qarab, savdolarni SMS yoki elektron pochta orqali olishingiz mumkin. Ammo butun jarayonni toʻliq avtomatlashtiradigan bir qancha signal provayderlari ham mavjud. Ayrim foreks treyding signal provayderlari real vaqt rejimida oʻz savdolarini avtomatik ravishda nusxalash imkonini beradi.

Siz qilishingiz kerak boʻlgan yagona ish treyding parametrlarini oʻrnatish boʻlib, signallar xizmati barcha ishni shunga muvofiq bajaradi. Bu, albatta, treydingni avtomatlashtirish yaxshiroq variant degani emas. Aslida, bu sizning shaxsiy xohishingizga bogʻliq. Ammo biz barcha mavjud variantlarni oʻrganib chiqishni tavsiya qilamiz.

Foreks signallari bilan treyding qilish: Afzalliklari va kamchiliklari

Treyding foreks signallari afzalliklari bilan bir qatorda bir qancha salbiy jihatlarga ega boʻlib, ularni yodda tutishingiz kerak. Treyding signallarining ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olish sizga eng samarali treyding strategiyasini tanlashga yordam beradi.

👎 Kamchiliklari

  • Firibgarlar: Foreks signal provayderlari soni juda koʻp. Bunday raqamlardan ular orasida haqiqiy boʻlmagan firibgarlari ham borligini anglash mumkin.
  • Ishonchsiz: Bozorda mavjud foreks treying signal provayderlarining barchasi ham ishonchli emas. Shunday ekan, siz tanlagan provayder sizga foyda olishga yordam beradigan qimmatli signallarni taqdim etishiga ishonch hosil qiling.
  • Narx: Yuqorida aytib oʻtilganidek, bepul foreks signal provayderlarini topishingiz mumkin, ammo ularning koʻpchiligi qiymat taklif qila olmaydi – qisqasi, siz toʻlagan pulingizga yarasha qiymat olasiz. Boshqa tomondan, pullik obunalar treyding foydali boʻlishni taʼminlashi mumkin, ammo bu, ayniqsa, yangi boshlaganlarga qiyinchilik tugʻdiradi.

Foreks signallarining asosiy turlari

Yaqin vaqtgacha treyder atigi bir nechta tanlovga ega edi. Yoki oʻzlari savdo qilar edilar yoki pullarini menejerga ishonib topshirar edilar. Ammo nusxa koʻchirish mumkin boʻlgan foreks signallari oʻyinni oʻzgartirdi va endi treyderlar bir nechta tanlovga ega, chunki tanlash uchun koʻp sonli foreks signallari taqdim etilmoqda. Umuman olganda, foreks treyding signallari narx harakati yoki texnik tahlilga asoslanadi (bir yoki bir nechta texnik koʻrsatkichlardan iborat boʻlishi mumkin). Bu haqida quyida batafsil maʼlumot olasiz.

Signallarga asoslangan koʻrsatkichlar

Koʻrsatkichlarga asoslangan signallarning bir nechta asosiy turlari mavjud, masalan quyidagilar:

RSI (nisbiy kuch indeksi) signallari RSI (nisbiy kuch indeksi) signallari

RSI (nisbiy kuch indeksi) yetakchi koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi. Yaʼni, RSI koʻrsatkichlaridagi sezilarli oʻzgarishlar, odatda, asosiy trend oʻzgarishlari narx grafigida koʻrsatilganidek valyuta juftligining narx harakatida aks ettirilishidan oldin yuz beradi. RSI birinchi navbatda impuls ossilyatori boʻlib, koʻrsatkich trend yoʻnalishiga emas, balki narx trendi kuchiga koʻproq eʼtibor qaratish uchun moʻljallangan. Uning koʻrsatkichlari 0-100 oraligʻida tebranadi. 30 dan past boʻlgan RSI koʻrsatkichlari odatda haddan ortiq darajada sotilgan bozorni koʻrsatadi, 70 va undan yuqori koʻrsatkichlar esa haddan ortiq xarid qilingan bozorni koʻrsatadi. RSI va aktivning narx darajasi oʻrtasidagi tafovut kelajakdagi trend impulsining potensial muvaffaqiyatsizligi va trendning teskari oʻzgarishini koʻrsatadi.

MA (Sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat) signallari

Kundalik grafikda koʻrsatilgan narxlarning oʻzgarishi baʼzan tasodifiy tebranishlarni – narx harakatini aks ettirishi mumkin. Bu narxning sezilarli oʻzgarishi emas, balki vaqtinchalik bozor “shovqini” hisoblanadi. Turli xil texnik koʻrsatkichlar va bozor shovqinlarini filtrlash usullari mavjud. Eng samarali va koʻp ishlatiladigan bunday koʻrsatkichlardan biri sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat (MA) hisoblanadi. MA koʻp hollarda samarali treyding signali sifatida ishlatiladigan texnik koʻrsatkich vazifasini bajaradi va shuning uchun treyderning vositalar qutisidagi qimmatli komponent hisoblanadi. MAlar odatda trendlar va trend oʻzgarishini aniqlash uchun ishlatiladi. Eng koʻp ishlatiladigan MA turi SMA (Oddiy sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat) hisoblanadi.

MA (Sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat) MA (Sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat)

Treyding signallarini nusxalash

Kopitreyding funksiyasi yordamida treyding signal provayderi oʻz savdolarini real vaqt rejimida boshqa treyderlar bilan ulashadi. Agar kopitreyding platformasidan foydalanayotgan boʻlsangiz, u holda siz signal provayderi treydingi bilan bir paytda real vaqt rejimida avtomatik ravishda savdolarni nusxalashingiz mumkin. Turli kopitreyding platformalari siz himoya uchun foydalanishingiz mumkin boʻlgan turli ixtiyoriy boshqaruv elementlarini taklif qiladi. Misol uchun, ayrim platformalarda signal beruvchi tomonidan taqdim etilgan savdolarni nusxalashning aniq usulini sozlashingiz, masalan, har bir savdo signalida siz tavakkal qilishga tayyor boʻlgan treyding kapitalingizning maksimal miqdorini belgilashingiz mumkin.

Bepul Foreks treyding signallari

Siz pullik va bepul foreks treyding signal provayderlarini oson topishingiz mumkin. Bepul provayderlar odatda xizmatlari uchun kompensatsiya undirish maqsadida foydalanuvchilaridan hamkor foreks brokerida roʻyxatdan oʻtishni soʻrashadi. Pullik provayderlar esa odatda yanada mukammal vositalar va xususiyatlarni taklif qilishadi. Ular, shuningdek, demo hisob orqali oʻzining funksionalini sinab koʻrishga imkon beradi.

Foreks treyding signallari qanday ishlatiladi?

Avvaliga, siz uchun foreks treyding signallarini tushunish va foydalanish biroz qiyin tuyulishi mumkin. Ammo mashq qilish jarayonni osonlashtiradi. Shunday ekan, foreks treydingida signallardan foydalanishga oʻtishdan oldin quyidagi misolni oʻqib chiqing.

USD/EUR soting: CMP 0,8409 – SL 0,8434 – TP 0,8378

Agar siz shunga oʻxshash narsani koʻrsangiz, bu signalda harakatga chaqiruv “sotish” ekanligini va valyuta juftligi USD/EUR ekanligini koʻrasiz. “CMP” – savdoga kirish narxi boʻlib, uning qiymati 0,8409 ga, “stop-loss” narx darajasi 0,8434 ga va “teyk profit” narx darajasi 0,8378 ga teng. Avvaliga signallardagi qisqartmalarni tushunish biroz qiyin tuyulishi mumkin, lekin uni oʻrganib chiqqaningizgan keyin tushunish unchalik qiyin boʻlmaydi.

Eng yaxshi Foreks signal provayderlarining top 10 ligi

1. 1000pip BuilderSignallarni olish
Signal turlari:
Narx harakati
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan
Bepul yoki pullik:
Pullik
2. RoboForex CopyFX Hisob ochish
Signal turlari:
Kopitreyding
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan
Bepul yoki pullik:
Bepul
3. AvaTrade Hisob ochish
Signal turlari:
Kopitreyding
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan va qoʻlda ikkalasi
Bepul yoki pullik:
Bepul
4. Learn2TradeSignallarni olish
Signal turlari:
Sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan va qoʻlda ikkalasi
Bepul yoki pullik:
Bepul yoki pullik ikkalasi
5. ForexSignals.comSignallarni olish
Signal turlari:
Sirgʻanuvchi oʻrtacha qiymat
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan
Bepul yoki pullik:
Pullik
6. FXPremiere.com
Signal turlari:
Narx harakati
Avtomatik yoki qoʻlda:
Qoʻlda
Bepul yoki pullik:
Bepul yoki pullik ikkalasi
7. MetaTrader 4
Signal turlari:
Kopitreyding
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan
Bepul yoki pullik:
Bepul yoki pullik ikkalasi
8. DailyForex.com
Signal turlari:
Narx harakati/koʻrsatkichlar
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan va qoʻlda ikkalasi
Bepul yoki pullik:
Bepul va pullik variantlar
9. Forex School Online
Signal turlari:
Narx harakati/koʻrsatkichlar
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan va qoʻlda ikkalasi
Bepul yoki pullik:
Pullik
10. Forex Signal Factory
Signal turlari:
Narx harakati/koʻrsatkichlar
Avtomatik yoki qoʻlda:
Avtomatlashtirilgan va qoʻlda ikkalasi
Bepul yoki pullik:
Bepul va pullik variantlar
1

1000pip Builder

1000pip Builder – Londonda joylashgan, Bob Jeyms tomonidan asos solingan va boshqariladigan premium foreks signal provayderi. Kompaniya taʼsischisi 10 yildan ortiq treyding tajribasiga ega va texnik va fundamental tahlillarni mukammal oʻzgashtirgan. Signal provayderlari asosan Yevropa, AQSH va Osiyo bozorlarida faoliyat yuritadi. Ular signallarni 24/5 rejimda taqdim etadi va tovarlardan tortib indekslar va boshqalarga qadar bir nechta moliyaviy vositalarni qamrab oladi. Narxlar nisbatan hamyonbop – istalgan foydalanuvchi oyiga $97 ga qoʻshila oladi. 1000pip Builder asosan narx harakati signallarini taklif qiladi.

Obunachilar signallarni SMS, elektron pochta orqali yoki signallar joylashtirilgan premium Telegram kanali orqali oladi. 1000pip Builder treyderlar orasida mashhur boʻlib, yillar davomida sodiq foydalanuvchilar tarmogʻini yaratgan. Ular TrustPilot saytida yuqori reytinglarga ega ajoyib muvaffaqiyat darajasiga ega. Ushbu signal provayderiga boʻlgan qiziqish yuqoriligi hamda koʻp tavsiya etilishining sabablaridan biri ular bozordagi eng qiyin davrlarning birida juda yaxshi natijalarga erishgan.

Xizmat oʻz mijozlariga nisbatan 100% shaffof faoliyat yuritadi va ularning samadorligi mustaqil tasdiqlangan tarixiy maʼlumotlar asosida isbotlangan. Ular MyFXBookda FX signallarini kuzatish amaliyotini yoʻlga qoʻygan. Bu imkoniyatni juda kam sonli foreks signal provayderlari taklif qiladi. Bu siz olayotgan signallarning qonuniyligiga ishonchingiz komil boʻlishi mumkinligini anglatadi. Biroq, aʼzolar va boshqa treyding mutaxassislarining yuqori tavsiyalariga qaramay, signallar muvaffaqiyat darajasining aniq foizi hozircha tasdiqlanmagan.

👎 1000pip Builder kamchiliklari

  • Ular bepul signallarni taklif qilmaydi; barcha obunachilar signallar olish uchun oyiga $97 toʻlaydi.
2

RoboForex CopyFX

RoboForex oʻzining turli avtomatlashtirilgan treyding xizmatlari bilan mashhur. RoboForex brokeridagi CopyFX platformasi eng yaxshi signal provayderlaridan biri hisoblanadi. Ular birinchi navbatda treyding signallarini nusxalashga ixtisoslashgan provayder boʻlganligi sababli, treyderlar RoboForex brokeridagi eng muvaffaqiyatli treyderlarga obuna boʻlishlari va avtomatik ravishda ularning savdolarini nusxalashlari mumkin. Ularning signallari turli xil moliyaviy vositalarni, jumladan, tovarlar, indekslar, foreks va hokazolarning qamrab oladi.

Bundan tashqari, CopyFX xizmati bepul taqdim etiladi, yaʼni yuqori sifatli treyding signallarini olish uchun obuna toʻlovini toʻlash shart emas. RoboForex ham aʼzolar, ham bozor mutaxassislari tomonidan yuqori baholanadi, uning ijtimoiy platformasi treyderlarga muvaffaqiyatli treyderlar savdolarini avtomatik ravishda nusxalash imkonini beradi. Siz jozibador strategiyaga ega treyderga duch kelishingiz, ammo savdolarni amalga oshirish uchun boʻsh vaqtingiz boʻlmasligi mumkin. CopyFX bu jarayonni osonlashtiradi va ishingizni yengillashtiradi.

Hozirgi vaqtda RoboForex brokerining CopyFX xizmati foreks bozorida daromad olishning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi. U yuqori muvaffaqiyat darajasiga ega, ammo aniq muvaffaqiyat foizi hozircha tasdiqlanmagan. Shunga qaramay, ular koʻplab ijobiy sharhlarga ega va koʻplab foydalanuvchilar tomonidan tavsiya etiladi.

👎 RoboForex CopyFX kamchiliklari

  • Agar yoʻqotishlarga uchraydigan treyderdan signallarni nusxalashni tanlasangiz, siz ham yoʻqotishlarga duch kelasiz.
3

AvaTrade

AvaTrade – onlayn treyding platformalari sanoatidagi katta mavqega ega kompaniyalardan biri. U, shuningdek, bir qancha noyob va ajoyib xususiyatlarni taklif qiluvchi yetakchi brokerlardan biri hisoblanadi. U qoʻlda ishlovchi va avtomatlashtirilgan signal provayderlarini taklif qiladi va siz bir vaqtning oʻzida ikkala variantni ham tanlashingiz mumkin. Bunda olingan ayrim signallar qoʻlda ishlanadi, boshqalari esa kopitreyding orqali avtomatik ravishda qayta ishlanadi. AvaTrade bir qator uchinchi tomon foreks treyding signallari provayderlari bilan ishlaydi va siz ular orqali bugunning oʻzida, hatto hech qanday toʻlov toʻlamasdan treyding signallarini olishni boshlashingiz mumkin.

4

Learn2Trade

Learn2Trade foreks signallarini taqdim etish uchun maxsus yaratilgan ixtisoslashgan va premium onlayn platforma. Eksklyuziv Telegram kanali orqali foydalanuvchilariga foreks treyding signallarini taklif etadi. U nafaqat real vaqtda treyding signallarini taqdim etadi, balki dunyoning barcha yirik moliyaviy bozorlarini ham qamrab oladi. Foydalanuvchilar odatda har bir treyding kunida uchdan beshtagacha tasdiqlangan va qimmatli signallarni olishadi. Bu bugungi kunda eng yaxshi xizmatlardan biri boʻlib, mijozlarga foreks signallarining aniqligi va foydalanuvchilar uchun qulay treyding platformasining ajoyib kombinatsiyasini taklif etadi. Bundan tashqari, Learn2Trade treyding sohasiga ilk qadamlarini qoʻyayotgan yangi treyderlar uchun eng yaxshi variantlardan biri hisoblanadi.

5

ForexSignals.com

ForexSignals.com eng mashhur foreks treyding signal provayderlaridan biri hisoblanadi. Agar nafaqat treyding signallarini, balki toʻlaqonli treyderlar hamjamiyatini taklif qiladigan platformani izlayotgan boʻlsangiz, bu siz uchun ajoyib imkoniyat boʻlishi mumkin. Shuningdek, u koʻpincha umumiy treyding tajribangizni yaxshilashda foydalanishingiz mumkin boʻlgan qiziqarli jonli translatsiyalar va video qoʻllanmalarni taklif qiladi. ForexSignals.com saytida yangilar aniq foreks signallarini qabul qilishi va tajribali treyderlar bilan treyding gʻoyalarini muhokama qilishi mumkin. Fikrimizcha, bu foreks treydingini haqiqiy amaliyotda oʻrganish uchun eng yaxshi variantlardan biri.

6

FXPremiere.com

FXPremiere.com yangi treyderlar uchun chindan ham ajoyib yechim boʻlishi mumkin. Bugungi kunda platforma bepul treyding signallarini taqdim etadigan eng mashhur tematik Telegram kanallaridan biriga egalik qiladi. Albatta, FXPremiere.com mutaxassis treyderlari tomonidan taklif qilinadigan haqiqiy, maksimal qiymatni faqat FxPremiere VIP kanallariga pullik obunaa orqali olish mumkin. VIP kanal obunachilari valyuta juftliklari, oltin va neft bilan treyding qilish uchun 15 tagacha signal oladi.

7

MetaTrader 4

Onlayn treyding platformalari haqida gap ketganda MetaTrader 4 oltin standart hisoblanadi. U koʻplab foreks brokerlari tomonidan taqdim etiladigan bepul platforma boʻlib, u yerda foreks va boshqa moliyaviy vositalar bilan treyding qilishingiz mumkin. U 750 dan ortiq banklar va brokerlarda ishlatiladi va butun dunyo boʻylab oʻn millionlab foydalanuvchilarga oʻz xizmatlarini taklif qiladi.

MetaTrader 4 treyding signallaridan foydalangan holda saralangan muvaffaqiyatli treyderlaringizning savdolarini nusxalash uchun ajoyib imkoniyatdir. Siz MT4 signallariga bepul yoki belgilangan toʻlovni toʻlash orqali kirishingiz mumkin. Signal provayderidan savdolarni nusxalashni boshlash uchun platformani tark etishingiz shart emas.

8

DailyForex.com

DailyForex.com 2008-yilda, butun mamlakatlar iqtisodiyoti tubidan tebrangan global moliyaviy inqiroz davrida tashkil etilgan. Ushbu qiyin paytlarda DailyForex kichik moliyaviy portaldan bozor tahlili va broker maʼlumotlarini taqdim etuvchi ishonchli saytga aylandi. Kompaniya faoliyati toʻrt kishilik jamoa tomonidan boshlangan. Yillar davomida ular butun dunyo boʻylab treyderlarga bozorlarning uzluksiz tahlillaridan iborat qimmatli xizmatlarni taklif qildilar.

DailyForex mutaxassislari bozor tahlili va oʻquv maʼruzalarini taqdim etadilar, shuningdek, foydalanuvchilarga real vaqt rejimida bilimlarini qoʻllab koʻrishga imkon beradi. Ular treyding strategiyalarini rejalashtirish va amalga oshirishni taklif qiluvchi tahlillardan foydalanadilar. Oʻn yildan koʻproq vaqt davomida DailyForex tahlilchilari butun dunyo boʻylab siyosiy va iqtisodiy trendlarni kuzatib kelmoqda. Xoʻsh, signallarni professionallardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan bir paytda nima uchun havaskorlarga murojaat qilishingiz kerak? Bundan tashqari, siz hech qanday obuna toʻlovi toʻlashingiz shart emas, chunki DailyForex xizmati bepul taqdim etiladi.

👎 DailyForex kamchiliklari

  • Baʼzi hollarda avtomatik stop-loss oldini olish uchun treyderlardan bir vaqtning oʻzida bir nechta pozitsiyalarni ochish talab qilinadi.
9

Forex School Online

Forex School Online – treyderlarga turli strategiyalarni oʻrgatadigan onlayn kursni taklif qiluvchi oʻziga xos signal provayderi. U asosan narx harakati treyding signallariga eʼtibor qaratadi. Forex School Online 2011-yilda Avstraliyada Jonatan Foks tomonidan tashkil etilgan boʻlib, u hozirda ham maktabni boshqarish va obunachilarga tahlillar taklif etish bilan shugʻullanmoqda. Kurs 126 sahifadan iborat PDF fayl shaklida boʻlib, treyderlarga strategiyalarni toʻliq tushunish va oʻzlashtirish uchun uni takror oʻqish tavsiya etiladi.

Kursda juda dolzarb masalalarga eʼtibor qaratilgan. U birinchi navbatda narx harakati signallari provayderi boʻlganligi sababli, yangi boshlaganlarga tavsiya etiladi, chunki uning treyding strategiyalari odatda boshqa koʻplab treyding strategiyalari kabi xavfli yoki murakkab emas. Bundan tashqari, veb-saytda obunachilar taʼsischi bilan bevosita muloqot qilishi va savollariga javob olishi mumkin boʻlgan forum ham mavjud. Ushbu samimiy yakkama-yakka yondashuv Forex School Online aksariyat signal provayderlardan ajralib turishini taʼminlaydi.

Forex School Online aʼzosi boʻlish uchun $294 AUD toʻlash orqali umrbod aʼzo boʻlishingiz kerak. Bu sizga taqdim etiladigan maʼlumotlar qiymatini hisobga olganda ancha hamyonbop narx hisoblanadi. Foydalanuvchilarga tanlash uchun klassik koʻrinish (matn boʻlaklarini koʻrsatadi), roʻyxat koʻrinishi (barcha mavzular roʻyxatini koʻrsatadi) yoki har bir suhbatning rivojlanishini koʻrsatadigan tasmasimon koʻrinish taklif etiladi. Umuman olganda, Forex School Online foreks treyderlari uchun juda yaxshi qiymatni va uzoq muddatli treydeing karyerasi uchun mutaxassis koʻrsatmalari va yordami orqali treyding strategiyasi boʻyicha bilim va tajriba orttirish imkoniyatini taklif etadi.

👎 Forex School Online kamchiliklari

  • Bu 126 sahifadan iborat PDF hujjat boʻlganligi sababli, ayrim foydalanuvchilar uni oʻqish va takrorlash uchun koʻp vaqt ketadi deb hisoblaydi.
10

Forex Signal Factory

2009-yilda tashkil etilgan Forex Signal Factory ijtimoiy tarmoq platformalarida bepul xizmatlarni taklif qiluvchi onlayn foreks signal provayderi hisoblanadi. Ular oʻzlarining Twitter va Facebook hisoblarida, shuningdek Telegram kanallarida bepul treyding signallarini taklif qilishadi. Ularning platformalari professional treyderlarga birorta ulangan brokerda hisob ochmasdan bepul treyding signallari olish imkonini beradi. Provayder qimmatli qogʻozlar, foreks, indekslar, tovarlar va kriptovalyutalar boʻyicha signallarni taklif qiladi.

Ular platformalarida sezilarli kuzatuvchilar ega boʻlib, har kuni ijtimoiy tarmoq saytlarida signallar joylashadi. Siz qilishingiz kerak boʻlgan yagona ish ularning hisoblarini va ular joylagan xabarlarni kuzatib borishdir. Signal provayderlari haqiqiy pul bilan treyding hisoblarida treyding qilish uchun taqdim etgan treyding signallaridan foydalanib, namuna koʻrsatadilar. Bu ular taqdim etadigan signallar yuqori muvaffaqiyat darajasiga egaligiga ishonish mumkinligini koʻrsatadi. Samaradorlikni oʻlchashda xizmat foydani investitsiyalarning foiz daromadi boʻyicha emas, balki punktdagi sof oʻzgarish nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi.

Platforma asosan ijtimoiy signallar provayderi sifatida ishlaydi. Bu signallar hamjamiyatning har qanday aʼzosi tomonidan joylanishi mumkinligini anglatadi. Bu esa ularni nashr etayotganlar natijalari va ishlashini tekshirishni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, agar siz batafsil oʻquv materiallarini qidirayotgan boʻlsangiz, Forex Signal Factory sizga mos kelmasligi mumkin, chunki u ushbu xizmatni taqdim etmaydi. Ammo u bepul signal provayderi ekanligini hisobga olsak, siz premium signal provayderlari taqdim etadigan yuqori sifatli xizmatlarni kutmasligingiz kerak.

👎 Forex Signal Factory kamchiliklari

  • Ularda rasmiy mijozlarga yordam xizmati yoʻq, lekin ular bilan ijtimoiy veb-saytlarda muloqot qilishingiz mumkin.

Foreks signallari bunga arziydimi?

Siz allaqachon payqaganingizdek, bozorda bepul foreks signal provayderlari va premium provayderlari mavjud. Mos foreks signallarini topish uchun koʻplab tadqiqotlar va tahlillar talab qilinadi. Bu koʻpchilik provayderlar oʻz xizmatlari uchun haq olishining sabablaridan biri hisoblanadi. Aksariyat bepul signal provayderlari oʻz treyding signallarini yaratishda chuqur tahlillarni amalga oshirmaydi. Bu koʻp hollarda ular taqdim etadigan signallar premium signallar kabi aniq yoki foydali boʻlmasligini anglatadi.

Ayrim bepul signal provayderlari katta qiymat taklif qilsa-da, daromadli savdolarni amalga oshirishning eng yuqori ehtimoliga ega boʻlish uchun premium signal provayderlari bilan ishlashingiz kerak. Vaqtni behuda sarflash va pul yoʻqotishdan koʻra, ozgina pul sarflab, katta foyda olganingiz yaxshi.

Qaysi turdagi bepul foreks signallari yangi boshlaganchilar uchun eng yaxshisi hisoblanadi?

Signal provayderlarining soni juda koʻp. Ularning ayrimlari shubhali darajada yuqori daromad vaʼda qiladi. Signal provayderini tanlash jarayonida firibgarlar qurboni boʻlmaslik uchun ehtiyot boʻling. Eng yaxshi foreks signal provayderlari odatda yangi boshlaganlar uchun qulay shart-sharoitlarni taklif qiladi. Avtomatlashtirilgan signal provayderlari afzalroq, chunki ular treyderning ishini yanada osonlashtiradi.

Bepul foreks signal provayderlari orasida eng yaxshilari RoboForex va AVATrade ekanligi isbotlangan. Ularning ikkalasi ham bepul signallarni taklif qiladi va ular taniqli, litsenziyalangan foreks brokerlari bilan hamkorlik qiladi. Bu ular oʻz bizneslarini adolatli va halol olib borishlariga ishonch bildirishingiz mumkinligini anglatadi.

Foreks signallari bilan treyding qilish uchun eng yaxshi broker

Biz RoboForex brokerini bugungi kunda foreks signallari bilan treyding qilish uchun eng yaxshi variant deb hisoblaymiz, chunki uning treyding platformasi va treyding shartlari signallar bilan savdo qilish uchun maxsus moʻljallangan.

RoboForex bilan ishlash orqali quyidagi imtiyozlarga ega boʻlasiz:

  • 0 punktdan boshlanuvchi spredlar

  • Ilgʻor signal xizmati – CopyFX

  • Uchinchi tomon signal provayderlari bilan ishlash imkoniyati

  • CySec litsenziyasi

Xulosa

Siz Foreks treyding signal provayderlaridan foydalanishning afzal jihatlari va eng mos variantlarni qanday tanlash kerakligi haqida bilib oldingiz, shunday ekan, umumiy foreks treyding daromadingizni yaxshilash vaqti ham yetib keldi. Umid qilamizki, ushbu qoʻllanma shaxsiy ehtiyojlaringiz va moliyaviy maqsadlaringizdan kelib chiqqan holda eng yaxshi foreks signal provayderini topishga yordam beradi.

Signal provayderlarining xizmatlaridan foydalanish shubhasiz umumiy foreks treyding tajribangizni yaxshilaydi. Lekin ishonchli va yaxshi muvaffaqiyat darajasiga ega foreks signal provayderini tanlaganingizni tekshirishingiz kerak. Shu asnoda kompyuter oldida oʻtkazish uchun koʻp vaqtingiz boʻlmasa ham, maʼlumot olishingiz va foydali treyding qarorlarini qabul qilishingiz mumkin boʻladi. Bundan tashqari, agar siz hozirda toʻliq yoki yarim bandlik asosida ishlayotgan boʻlsangiz va foreks savdosiga qiziqsangiz, u holda Foreks treyding signallaridan foydalanish siz uchun eng yaxshi yechim boʻlishi mumkin.

Savollarga javoblar

Qonuniy Foreks signallarini qayerdan olsam boʻladi?

Foreks signal provayderini tanlashda yodda tutishingiz kerak boʻlgan bir qancha muhim omillar mavjud (Provayder tajribasi, avtomatlashtirish, sondan sifatning ustunligi).

Foreks signallari qancha turadi?

Bepul va pullik signal provayderlari mavjud. Masalan, 1000pip Builder bepul signallarni taklif qilmaydi; barcha obunachilar signallarni olish uchun oyiga $97 toʻlashiga toʻgʻri keladi.

Foreks signallari uchun toʻlashim kerakmi?

Barcha signal provayderlari ham pullik xizmatlarni taklif qilmaydi. Ayrim kompaniyalar ushbu imkoniyatni bepul taqdim etadilar.

Qonuniy Foreks signallari bormi?

Ha! Bir qancha qonuniy foreks signal provayderlari mavjud, ammo ular orasida firibgarlari ham bor. Oz sonli foydalanuvchilar bildirgan fikrlarga asoslanib, barcha foreks signal provayderlari firibgar degan umumiy fikrga kelmang.

Foreks signallari sizni boy qilishi mumkinmi?

Siz sifatli foreks signallaridan katta daromad olishingiz mumkin, ammo pul yoʻqotish ehtimoli ham mavjud. Shuning uchun, foyda olish imkoniyatlariga har doim xavf hamroh boʻlishini unutmang.

Kim eng yaxshi treyding signallariga ega?

Bu savolga bitta soʻz bilan javob berib boʻlmaydi, chunki bir nechta provayderlar mijozlari uchun katta qiymat taklif etadi. Biroq, barcha provayderlar teng emas – ularning ayrimlari boshqalarga qaraganda yaxshiroq. Ehtiyojlaringizga mos keladigan provayderni toping va ularni sinab koʻring.

Foreks signallari bunga arziydimi?

Albatta! Siz oʻzingiz tanlagan provayderni, jumladan, ularning koʻp yillik tajribasini va boshqa omillarni hisobga olishingiz kerak. Siz haqiqatan ham foreks signallari treydingi orqali katta foyda olishingiz mumkin.